Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
4. Romanslari. Dargomijskiy tomonidan 100 dan ortiq romanslar yaratilgan. Romans janrida Dargomijskiy buyuk novator va ajoyib rassom sifatida o’zini ko’rsatdi. Uning ilk romans va qo’shiqlar to’plami shu davrning maishiy -romanslari qatorida Glinka romanslarining ahamiyati sezilib turadi. Shu bilan birga Dargomijskiyning ham shaxsiy o’z individual qarashlari ham yoritilgan. “To’ xoroshenkaya” (Sen yaxshisan),«Liletta», «Golubo’e glaza» (Moviy ko’zlar) kabi romanslari shular jumlasidandir. O’z romanslarini Dargomijskiy rus qo’shiqlari ohangdorligiga, maishiy, lirik -romans va vodevil kuplet asoslariga tayanib yaratgan. Dargomijskiy Glinka bilan romanslarida kompozitsiyaning ba’zi bir sharqiy va ispan ohangdorligini qo’llashda hamfikr bo’lgan. Qator romanslari Pushkin she’rlariga yozilgan. Bular “ V krovi gorit ogon jelanya» «Nochnoy zefir» kabilardir. O’zining sevimli adibi Pushkin she’rlariga yozilgan romanslari bir talaydir. Dargomijskiy ijodining o’ziga xoslik xarakteri Pushkin she’riga yozilgan “Ya vas lyubil” ilk romansida paydo bo’ldi. Romans- elegiya ko’rinishiga yaqin. Shakli kupletli . Kuplet ohangi bir yo’nalishda bo’lgani bilan qisqa ,kuychan iboralar qaytarilib turishidan iborat.
Pushkin bilan bir qatorda Lermontov ham Dargomijskiyning sevimli adiblaridan biri edi. Lermontov she’rlariga yozilgan romanslardan “Mne grustno” “ I skuchno i grustno” lirik- monologik romanslari ifodali kuychan, deklamatsion- vokal partiyalaridan iborat. Lermontovning “I skuchno i grustno” she’riy asari lirik, o’ychan, savol va javob monologidan iborat. “I skuchno i grustno” lirik- monolog romansi mavzusi davomi “Mne grusto” To’ skoro menya pozabudesh” kabi romanslarda davom ettirilgan. Bir qator romanslari esa xalq qo’shiqlari ruhida yozilgan. Bular Koltsov so’zlariga yozilgan “Bez uma, bez razuma”(Aqlsiz va idroksiz), xalq so’ziga yozilgan “Lixoradushka”(Isitma bezgak kasali), Pushkin she’riga yozilgan “Melnik”(Tegirmon) romanslaridir. Dargomijskiyning vokal va qo’shiqchilik ijodiyotida yaratilgan romanslari ijtimoiy va siyosiy xarakterga ham egadir. Ularda kinoyali satira bor. Romanslar asosan “ kichkina odamlar” xaqida. Dargomijskiyning “ Chervyak” (Chuvalchang) qo’shig’ida amaldorning amaldorlarga xos ohangi aks ettirilgan. P.I. Veynberg so’zlariga yozilgan “Titulyarno’y sovetnik”(Titulyar maslahatchi) ( 9 chi darajali fuqarolik mansabi) qo’shig’ida oddiygina titulyar maslahatchisi va generalning o’ziga bino qo’ygan qizi obrazlari orasidagi munosabat yoritilgan. Oddiy titulyar maslahatchisiga xos samimiy xususiyat va o’ziga bino qo’ygan general qizining xususiyatlari musiqa orqali aniq va ishonchli musiqa ohangdorligida aks ettirilgan. Frantsuz adibi P.Beranji qalamiga mansub “Staro’y kapral” (Qari askar), (kichik komandirlar yoki askarlar unvoni) dramatik qo’shig’ida,ofitserni xaqorat qilgan va o’lim jazosiga mahkum qilingan qariya- askarning qalb kechinmalari jamiyat tizimiga g’azabli ayblov sifatida musiqa ohangdorligida yaqqol ifodalangan. Bu qo’shiq dramatik sahna- monologdir. Qo’shiq kuplet va naqoratli shaklda yozilgan. Bu qo’shiqda qariya- askar o’z birodarlariga hayot va qalb alamlari o’tmishi va o’tmishdagi uyini eslab ularga hikoya qiladi. Ammo musiqa ohangida uning mard, jasurlik kabi xislatlarini ta’kidlagan holda musiqa marsh usulida yozilgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling