Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Romans va qo’shiqlari.
5. Simfonik musiqasi. Glinka simfonik orkestr uchun sanoqli asarlar yozgan. Ularning barchasi bir qismli uvertyura va fantaziyalardan iborat. Asosiylari ispan uvertyuralari “Kamarinskaya”, “Aragonskaya xota”, va “Noch v Madride””Vals fantaziya” va “Knyaz Xolmskiy”fojeasiga musiqadir. Hattoki mana shu asarlar ham rus klassik simfonizmida ancha tarixiy ahamiyatga egadir. Simfonik rivojlanishnig yangi printsiplari Glinkaning umumiy estetik printsiplari bilan uyg’unlashgan.”Kamarinskaya”simfoniyasi ikkita variatsiyali shaklda, “Aragonskaya xota “ simfoniyasi sonatali strukturada, “Vals fantaziya” rondo shaklida yaratilgan.
6. Romans va qo’shiqlari. Glinka butun ijodiy hayotiy davomida romans va qo’shiqlar yaratgan. 70 dan oshiq romanslari bor. Romanslarida turli xil hissiyotlar: sevgi muxabbat, hayratlanish, ko’ngil, qayg’u-alamga botish hissiyotlari ko’proq ifodalangan. Ba’zi romanslarida tabiatning go’zal manzaralari, yashash tarzining holatlari kuylangan. Glinka o’z asarlarida zamonaviylikka xos bo’lgan romansning barcha ko’rinishlarini ya’ni elegiya, serenada, ballada, ommaviy raqslardan vals, mazurka, polka elementlarini uyg’unlashtirgan. Boshqa xalqlar musiqasiga xos bo’lgan ispan bolerosi, va italyan barkarollalarining elementlarini rus romanslarida qo’llagan. Romanslarning ham ko’rinishlari turli xil; oddiy kupletli shaklda, 3 qismli rondo shaklida, murakkab shakldagi, epizod smenasining o’zgarib turishlari uzluksiz dramatik rivojlanishning bir maromda ketishi shular jumlasidandir. Kompozitor 20 dan oshiq shoirlar bilan hamkorlik qilgan. Shoirlarning o’zaro ijodiyoti mazmuniy jihatdan bir biridan farq kiladi shunga qaramay Glinka o’z romanslarida o’z printsipiga tegishli bo’lgan asosiy negizni o’zgartirmagan.Uning mashhur romanslaridan Kukolnik so’zlariga yozilgan “Somnenie” (Ikkilanish) ; Pushkin so’zlariga yozilgan” Krovi gorit ogon jelanya”(Qonimda hohish alangasi yonmoqda),” Ya pomnyu chudnoe mgnovenie” ( Ajib bir lahza hamon yodimda) . Glinka romanslarida fortepiano jo’rligi katta rol o’ynaydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling