Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet111/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Tayanch iboralar :
1.Dramatik musiqa –Dramatik xarakterdagi muzika. Dramatik ko’rinishlar bilan bog’langan musiqa.
2. Opera-muzikali dramatik asar.Operada nutqning ma’lum bir qismi yoki deyarli hammasi kuylanadi. Unda muzika san’atining bir necha turi bo’lishi mumkin.Boshlanilishidagi uvertyura (muqaddimasi)pardalar oralig’ida chalinadigan antraktlardan tashqari ariya, ariozo, duet, tertset ,xor, rechitativlarni o’z ichiga oladi.Dramaturgiya tasviriy san’at (dekoratsiya kostyum) va xoreografiya operada salmoqli o’rin egallaydi.
3.Prolog-Operaning to’liq mazmunini so’zlab beruvchi kirish kismi.
4. Epilog-Tugallanish xarakteriga hos operaning so’nggi bo’limi.
MA’RUZA№3 “Aleksandr Sergeevich Dargomijskiy ( 1813- 1869)”
1. Dargomijskiyning badiiy printsiplari.
2. Dargomijskiy hayot va ijod yo’lining asosiy bosqichlari.
3. Dargomijskiy ijodiga xarakteristika.
4. Dargomijskiy romanslari .
5. Dargomijskiy opera ijodiyoti.


1. Dargomijskiyning badiiy printsiplari. Aleksandr Sergeevich Dargomijskiy - M.I.Glinka ijodining asosiy printsiplarini davom ettirgan birinchi rus kompozitoridir. Dargomijskiyning dunyoqarashi va estetik printsiplari XIX asrning 30-40 yillarida shakllangan. Bu yillar rus madaniyatining adabiyotga, rassomchilik san’atiga va musiqaga yangi yo’nalishda, yangi izlanishlarda izchillik bilan kirib kelgan “gullab- yashnash” davriga to’g’ri keladi. Bu davr san’at arboblarini shu davrning “tahqirlangan va xaqoratlangan xalqi va ularni shu ahvolga solayotgan zulmkorlar “ mavzusi umumiy ijod tomonidan birlashtirib turar edi.
San’atdagi bu yo’nalish “tanqidiy realizm”(tanqidiy xaqqoniy tasvirlash) deb atalar edi. Muzikadagi “Tanqidiy realizm”ning birinchi namoyondalardan biri Dargomijskiy edi. Uning ijodidagi ulkan siljishlar jamiyatdagi badiiy-g’oyaviy doiralarida o’z ifodasini topdi. Uning ilk asarlaridayoq shu zamonning ilg’or g’oyalari bilan uzviy bog’langan ijodiy aloqa ko’rinib turar edi. Dargomijskiy o’z ijodida Pushkin, Gogol, Lermontov kabi ilg’or yozuvchilar bilan juda yaqin edi. Kompozitorning kelajakdagi ijodiga M.I.Glinkaning ta’siri ham katta edi. Glinkaning ijodiy asoslariga yondashgan holda, Dargomijskiy o’z asarlarida o’zgacha talqinni ifoda etgan. Glinka o’z asarlarida xalqni bir butun tarzda va qahramonlarida esa umuxalq fe’l-atvorining xususiyatlarini ifodalagan bo’lsa, Dargomijskiy esa aksincha, o’z asarlarida zamonaviy hayotning qarama-qarshi, ziddiyatli tomonlarini xaqiqat ila ko’rsatadi. U turli xil ijtimoiy tabaqalarda bo’lgan insonlarni aks ettirgan ( hokim, dehqon, askar, amaldor). Dargomijskiy dunyoqarashining shakllanishida A.S.Pushkinning ham roli katta. Kompozitorning ijodi adib ijodi bilan uzluksiz bog’langan.
Balakirev to’garagining a’zolari Dargomijskiyni “Musiqiy xaqiqatning buyuk ustozi” deb atashgan. Uning ijodiy printsiplari rus musiqa san’atining kelajakdagi rivojlanishida katta rol o’ynaydi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling