Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet109/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4.Opera dramaturgiyasi. Glinka tomonidan 2 ta etakchi opera janridagi xalq tarixiy musiqali dramasi” Ivan Susanin”,xamda ertak-epik operasi “Ruslan va Lyudmila” yaratildi.”Ivan Susanin” Glinkaning etilgan ijodiy davridagi mahsulotidir. Opera syujeti Jukovskiy tomonidan yozilgan. Bu syujetda 1612-yilda bosqinchilar tomonidan Rossiyaga qilingan bosqinchilik davrida qaxramonlik bilan jasorat ko’rsatgan dehqon Ivan Osipovich Susanin xaqida tarixiy fakt kiritilgan. ”Ruslan va Lyudmila“ operasi an’anaviy ertak syujetida yozilgan bo’lib, Glinka bu operada fantastik, sehrli, turli xil personaj va obrazlarni yaratish uchun musiqaning turli xil variatsion shakllaridan foydalangan.Bu operada turli xarakterdagi obrazlar,personajlar galereyasi mavjud . Ular orasida olijanob,mard ro’tsar Ruslan, latofatli Lyudmila, ilhomlangan Bayan, sadoqatli Gorislava, sahiy Fin,makkora Naina, qahrli Chernomor obrazlari shular jumlasidandir. “ Ruslan va Lyudmila“ertak-epik operasining yangi janri musiqali dramaturgiyada o’z afzalliklari bilan ajralib turadi.Musiqiy tanqidchi Stasov, Glinka asarlarida xalq eposiga bo’lgan qiziqishni, rus badiiy san’atiga keng ko’lamda yo’naltirilgan xalq poeziyasini yuksak darajada baholagan.
Ivan Susanin” operasi mazmuni: Domnino qishlog’i dehqonlari ko’ngilli askarlarni jo’shqin kayfiyatda kutib olmoqdalar. Faqatgina Antonida g’amgin. U o’zining ko’ngilli qo’shin bilan polyak mayda dvoryanlarini (zodagonlarini) yakson qilish uchun ketgan kuyovi bo’lmish Bogdan Sobininni kutmoqda. Susaninga qizining hissiyotlari tushunarli bo’lsada, u qizini og’ir yil sinovlariga bardosh berishini hohlaydi.Hozirgi og’ir paytda to’y xaqida o’ylash mavridi emas. To’satdan daryo tomonidan qo’shiq ovozi kela boshlaydi. Sobinin ko’ngilli qo’shin bilan qaytib kelmoqda. Ular yaxshi xabar olib keldilar . Minin va Pojarskiylar rus qo’shiniga etakchilib qilib, har tomondan ularga harbiy askarlar oqib kelmoqda.Dehqonlar ozodlikka erishish yaqin qolganidan shodlanmoqdalar.Susaninning to’yni keyinga qoldirish fikri Sobininni ranjitmoqda,axir u to’y uchun jonajon qishlog’iga qaytib kelgan edi. Avval Susanin gapida qattiq turib oldi, ammo Moskvada dushmanlar qamal qilinganini eshitib to’y o’tkazilishiga ruxsat beradi.
Qirol Sigizmund III eski polyak qasrida mayda polyak zodagonlari o’zining g’alaba qilishlariga ishongan holda beparvo ziyofat bazm qilmoqdalar.Yorug’ zal quvnoq mehmonlarga to’la. To’satdan paydo bo’lgan chopar sababli raqslar to’xtatildi. Chopar Moskvada polyak qo’shinining tor-mor qilingaligi xaqida xabar beradi. Polyak zodagonlari sarosimaga tushgan. Ro’tsarlar( Feodalizmlar davrida harbiy zamindorlar tabaqasiga mansub kishilar) o’z qurollarini maqtanchoqlik bilan jaranglatib, nafrat ila, oddiy avom xalqni bo’ysundirishga so’z berib jangga otlanadilar.
Susanin xonadonida Antonida va Sobinin to’yiga tayyorgarchilik ketmoqda. Susaninning asrandi o’g’li Vanya Sobinin bilan birga polyaklarga qarshi kurashishda qatnashishni orzu qiladi. Kirib kelayotgan dehqonlar kelin-kuyovni tabriklashmoqda. Susanin ularni to’y kechasiga taklif qiladi. To’satdan otning dukur-dukuri eshitiladi. Eshik ochilib kulbaga polyaklar kirib keladi. Ularga Moskvaga o’tkazuvchi yo’l kerak. Dushmanlar Susaninni yo’l ko’rsatishga ko’ndirmoqchi bo’ladilar, ammo Susanin xoin emas. Shunda polyaklar Susaninga oltin taklif etadilar. Kutilmaganda Susanin rozi bo’ladi. Unda, polyaklarni o’rmon changalzori botqog’iga olib borish fikri tug’iladi. Dushmanlardan sir tutgan holda o’g’li Vanyani xavf xatardan voqif qilish uchun Minin yoniga jo’natib, o’zi polyaklar bilan ketadi. Bo’lib o’tgan voqeadan xabar topgan Sobinin o’zining ko’ngilli qo’shini bilan dushmanlar ortidan quvib ketadi. Vanya rus jangchilariga polyak qo’shini tashrifi xaqidagi xabarni etkazadi. Jangchi askarlar dushmanlarni yakson qilib, Susaninni qutqarishga astoydillik bilan kirishadilar. Minin boshchiligida ular dushman ro’parasiga chiqadilar. O’rmon changalzorlarida holdan toygan va muzlagan polyaklar alahlab yuribdilar. Susaninning yo’ldan adashganligiga gumonsirab yurishibdi. Nihoyat polyak qo’shini yo’lda dam olish uchun to’xtashib, uyquga ketishadi. Faqat Susanin uyquda emas. U o’zining o’limi yaqin ekanligini va polyaklar uning hiylasini tushunayotganlarini sezmoqda. O’lish og’ir, ammo u o’zining burchini ado etdi. Bo’ron ko’tarilib, shamol hushtagi orasida bolachalarning ovozi seziladi. Tong otadi. Uyg’ongan polyaklar vahima bilan ular hech qachon bu changalzordan chiqib keta olmasliklarini tushunib etadilar. Susanin tantana bilan ularga xaqiqatni ochadi. G’azab o’tiga mingan polyaklar uni o’ldiradilar.
Moskva Qizil maydonida xalq rus qo’shinini sharaflamoqda. Bu erda Vanya, Antonida va Sobininlar ham bor. Xalq ozodlikni bayram qilib, g’alaba uchun jonini fido qilgan qahramonlarni xotirlab, sharaflamoqda.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling