Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet105/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

6. Varlamov A.E.(1801-1848)
Aleksandr Egorovich Varlamov rus kompozitori xonanda, vokalist pedagog va dirijyordir. Muzika ta’limotini Peterburg saroy qoshidagi kapella direktori D.S.Bortnyanskiy sinfida olgan. 1819-yilda Gollandiyadagi rus xonandalik kapellasiga o’qituvchilik lavozimiga ishga qabul qilindi. Bu erda uning xor dirijeri, kamer xonandasi va gitaristlik faoliyati boshlandi. 1823-yilda Peterburgga qaytdi va teatr maktabida xonandalik sinfi bo’yicha o’qituvchilik qildi. 1843-yilda “Muzika kompozitorlari” unvoniga sazovor bo’lib, imperatorlar teatri kapelmeysteri yordamchisi bo’lib faoliyat yurgizdi. 1833-yilda “Xonandalik to’liq maktabi” vokal pedagogikasiga bag’ishlangan rus qo’shiqlari va romanslari uslubiy to’plamini chiqardi. Rus musiqa tarixida Varlamov, romanslar masteri (ustasi) sifatida o’rin olgan.Uning romanslarida rus xalq qo’shiqlari timsolini, tizimini, ohangdorlik afzalliklarini ko’rishimiz mumkin. Vokal san’atini mukammal bilishi kompozitorga ajoyib ohangdorlikka ega bo’lgan romanslarni yaratishda qo’l keldi. Varlamov romanslari asosan tso’gan (lo’li) kuy qo’shiqlari motiviga asoslanib yozilgan. Varlamov M.Yu.Lermontov, A.N Pleheev, A. A. Koltsov she’rlariga 200 dan ortiq romanslar va qo’shiqlar yozgan. Varlamovning rus qo’shiqari 2 ta janrga bo’linadi. Lirik va tez sur’atdagi sho’x qo’shiqlar. Uning “ Ax to’ vremya vremechko”( Ex zamonam, zamonaginam), “Chto to’ rano travushka” ( Nega erta, maysajon? ) qo’shiqlari lirikb mayin xarakterdadir. 2 ta sho’x tez sur’atdagi janrga “ Vdol po ulitse metelitsa metet»( Ko’chaning narigi betida shamol esmoqda), “Solovem zaletno’m” ( Bulbul kabi) qo’shiqlari kiradi. Rus xalqi folklor jamoalari uning “ Na zare to’ eyo ne budi” («Erta tongda uni uyg’otma»), To’ ne poy solovey «( Bulbuljon sen kuylama), « Ne shey to’ mne matushka sarafan» ( Oyi, menga ko’ylak tikmang) qo’shiqlarini hanuzgacha sevib ijro etishadi. Varlamovning “Odinochestvo” (Yolg’izlik) “, «Gorno’e vershino’» ( Baland tog’lar) qo’shiqlari Glinkaning va Dargomijskiyning elegiya lirikasiga yaqindir. Uning ayniqsa “ Beleet parus odinokiy “( Yolg’iz elkan oqarmoqda) Lermontov so’zlariga yozilgan romansi juda mashhurdir. Uning eng mashhur romanslari va asarlari: “Zabavo’ sultana ili Prodavets nevolnikov”, «Xitro’y malchik lyudoed». Varlamov 200 dan ortiq vokal ansambllari, xor jamoalari, drama spetakllariga yozilgan musiqa qo’shiq va romanslar muallifidir.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling