Иоганн Себастьян Бах


Rus romanslari lirikasining yuksalishi


Download 0.91 Mb.
bet104/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4. Rus romanslari lirikasining yuksalishi. Alyabev, Gurilev, Varlamov singari kompozitorlar asosan mana shu rus qo’shiqlari janrida ijod qilishgan. Ularning romans qo’shiqlari mazmunan boy va musiqa tomonidan juda go’zaldir. Asosan romantizm oqimida ijod qilayotgan kompozitorlarning asarlari Pushkin she’riyati bilan uzviy bog’liq. Pushkin so’zlariga bitilgan “Pogaslo dnevnoe svetilo”( Kunning yoritgichi so’ndi) Genishtning elegiyasi, Barato’nskiy so’zlariga yozilgan “ Ne iskushay” (“ Vasvasaga tushma”) nomli Glinkaning balladasi juda mashhur. Asosan rus romantizmi vokal xonandalik ijodiyoti asarlari rus xalqining oddiy turmush tarzi, dasturxon atrofida kuylanadigan xalq qo’shiqlari, o’rmon sayllarida, gulxan atrofida kuylanadigan qo’shiqlar, vatanparvarona-qahramonlik xarakteriga ega bo’lgan qo’shiqlar va shu bilan birga sevgi-muxabbat ,insonning ichki hissiyotlari ifoda topgan xarakterli, turli xil ko’rinish va timsollarni o’z ichiga olgan.


5. A.A Alyabev ( 1787-1851)
Aleksandr Aleksandrovich Alyabev Tobolsk shahrida dunyoga keldi. Ko’pchilik zamondoshlari singari dvoryan (oqsuyak, zodagon) oilasida tug’ilgan. Shuning uchun ham yoshligidan har taraflama a’lo ta’lim yo’nalishini o’zlashtirgan. Uni yoshligidan ijodiy qobiliyatlari namoyon bo’la boshladi. 1812- yilda Alyabev o’z xohishi bilan gusar polkiga qabul qilindi. Ko’pgina urushlarda qatnashib, yaralanib, harbiy xizmatlari uchun ordenlar bilan mukofotlangan. 1823-yildan boshlab Moskvada yashagan. Verstovskiy va Sholts bilan “Torjestvo muz” (“Ilhom parisi tantanasi”) prologiga musiqa yaratadi. 1825- yilda qotillik sodir etganlikda ayblanib, dvoryanlik nomi va barcha haq-huquqlaridan ayrilib, Sibirga surgun qilinadi. Bunday keskin hukmning sababi uning dekabristlar bilan yaqinligida edi. 1828- yilda Alyabev Tobolsk shahriga jo’natildi. Bu erda u dirijyor va pianinochi sozanda sifatida xor jamoasi va simfonik orkestriga rahbarlik qila boshladi.Salomatligiga ancha putur etgan bo’lsa-da, o’z ijodiyotini to’xtatmadi.U bilan birga rus romanslari mavzulariga vatanparvarlik, erksevarlik xarakteri kirib keldi. Uning uchun dekabristlar shoiri Griboedov, Dargomijskiylarning munosabati juda muhim edi. Alyabev kamer-instrumental musiqasiga ham o’z hissasini qo’shgan. U tomonidan uch torli kvartet, ikkita fortepiano triosi, fortepiano kvintet, kvartet, pesalar va dramatik spektakllar uchun yozilgan turli xil variatsiya turkumlari, “Lunnaya noch ili Domovo’e» (“Oydin kecha va uy ajinalari”), «Burya» (“Bo’ron”), “Edvin va Oskar”, «Ro’bak i Rusalka» (“Baliqchi va suv parisi”) operalari yaratilgan. Alyabev o’zining zamondoshlari Glinka va Dargomijskiy ijodini kuzatib, o’z asarlarida ularning uslubiga tayangan holda ijod qilgan. Kompozitor ijodining asosiy o’rnini rus qo’shiqlari va romans monologlari egallaydi. U Pushkin so’zlariga yozilgan ko’pgina romanslarni yaratgan ilk kompozitorlardan biri hisoblanadi. «Ya vas lyubil» (“Men sizni sevardim”), «Probujdenie» (“Uyg’onish”), «Zimnyaya doroga» (“Qishki yo’l”) shular sirasidandir. Romans monologlarida asosiy o’rinni yolg’izlik, quvg’inlik, og’ir darbadarlik mavzulari egallaydi.
40-yillarda yaratilgan asarlarida kompozitor jamiyatga ahamiyatli syujetlarga o’z e’tiborini qaratadi. “Kabak” (Qovoqxona), «Izba» (“Kulba”), «Derevenskiy storoj» (“Qishloq qorovuli”), «Nihaya» (“Faqir ayol”) asarlarida mazlumlar timsoli ko’rsatilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling