Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet103/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. Teatr musiqasi. Musiqa olamida ham o’ziga yarasha ildam keskin o’zgarishlar tus oldi. Teatr janrida ilk ertak-operalari yaratildi.” Knyaz-nevidimka”(Ko’rinmas knyaz) va ”Ilya – bogato’r»(Ilya bahodir), vatanparvarona opera “ Ivan Susanin”lar shular jumlasidandir. Rus musiqa san’atiga A.N Verstovskiy, A.A Alyabev. A.E Varlamov. A.L. Gurilev kabi kompozitorlar ulkan o’z hissalarini qo’shdilar. A.A Alyabevning yirik shakldagi kontsert uvertyurasi, 1 qismli simfoniyalari rus musiqa san’atida o’z ahamiyatini kasb etadi. A.L. Gurilev turli xil janr avtorlari sifatida ancha musiqa asarlarini yaratgan. 1820 –yillarda Mixail Ivanovich Glinka o’z ijodiyotini boshlaydi. Bu davr yillarini Glinka davri deb atasa ham bo’ladi.Glinka rus musiqa madaniyatini yangi rivojlanish pog’onasiga olib chiqdi. Glinka nafaqat rus klassika operasi va rus klassika romanslari yaratuvchisi sifatida, balki rus klassika simfonizmi asosiga ham o’z hissasini qo’shgan.Glinka ijodiyotining boshqalardan ajralib turishi uning dunyoga chuqur nazar bilan qarashi va o’z davriga chuqur aloqadorligi va o’z xalqiga muxabbat bilan qarashi bilandir. 1830- yillarga kelib rus musiqa olamida yangi ism Dargomo’jskiy kompozitori o’z ijodiyotini yuritadi.


3. Evropa va rus romantizmi orasidagi farqlilik. XIX asr boshlarida Rossiyada butun Evropa mamlakatlarini qiziqtirib qo’ygan yangi okim rivojlanishi ya’ni –Romantizm yo’nalishi paydo bo’ladi. Romantizm oqimida inson shaxsining erkinlikka, ozodlikka intilishi,insoniyatning bu hayotda iqtisodiy va ma’naviy tomondan barkamollikka etishishi ideologiyalari o’z aksini topgan. Romantizm yo’nalishida ijod qilgan kompozitorlar , yozuvchilar,shoirlar ya’ni romantiklar xalqni o’z hayotiga bo’lgan tarixiga , xalq qo’shiqlariga, afsona va milliy ma’naviy qadriyatlariga bo’lgan qiziqishga, muxabbatga undashgan. Romantizm davri Glinka, Alyabev ijodiyotining romanslarida, Verstovskiyning operalarida, Varlamovning jo’shqin lirikalarida biz oddiy xalqning yashash tarzi, turli xil qaxramonlar timsolini,insoniyatning ichki his-tuyg’ularini aks etilishini jonli ko’z o’ngimizda gavdalanishini his etamiz. Rus musiqa madaniyatida yozuvchi va shoir Aleksandr Sergeevich Pushkinning tutgan o’rni katta ahamiyatga ega.Glinkaning xalq-qaxramonlik tarixiy dramasi “ Ivan Susanin”operasining drama matnini Pushkin yaratgan.Pushkin yaratgan she’riyat ijodi rus klassik romanslarining asosiy negizi bo’lib qoldi. Pushkin asarlari asosida yaratilgan “ Ruslan va Lyudmila”,” Rusalka” operalari shular jumlasidandir.
Rus romantizmi oqimida va ijodiyotidagi yaratilgan yirik asarlarga nafaqat rus musiqalari, balki ukraina,janubiy g’arbiy Evropa musiqalari sho’x, o’yinbop, ritmlar, rechitativ ohanglar, nemets, frantsuz, italiya musiqalari ustamonlik bilan kompozitorlar tomonidan kiritilgan. Turli xil musiqalarning yirik bir asarda mujassamlanishi asarni ya’nada qiziqarli tarzda boyitadi. Romantizm ballada ko’rinishida ham yaratila boshladi. Verstovskiy, Alyabev, Varlamovlarning ajoyib balladalari yaratildi. Balladalar bo’sh shakllda yaratilgan bo’lib, orasida dramatik monologlar uchraydi. Asosan Vertovskiy ballada-romans janrida ijod qilgan. Uning “ Chyornaya shal” ( Qora harir mato), Pushkin so’zlariga yozilgan balladasi juda mashhur.“Bedno’y pevets”( Bechora hofiz) balladasi, so’zlari Jukovskiyniki. XIX asrning birinchi yarmida xalq musiqa ohanglariga talqin qilingan janr “ rus qo’shiqlari” janri ijodiyoti keng tarqala boshladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling