Иоганн Себастьян Бах
-1870 yillarda musiqa janrlarining rivojlanishi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
3. 1860 -1870 yillarda musiqa janrlarining rivojlanishi.1860- 1870 yillarga kelib Musorgskiyning ”Boris Godunov” , “Xovanhina”, Borodinning “Knyaz Igor”, Rimskiy Korsakovning “Pskovityanaka”, Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin”, Borodinning birinchi va ikkinchi simfoniyalari, Chaykovskiyning 4 ta simfoniyalari kabi o’lmas musiqiy durdona asarlari yaratiladi. 1876-yilda Chaykovskiyning “ Lebedinoe ozero” (Oqqush ko’li) baletining yaratilishi rus klassik baletining boshlanish davri bo’ldi. 1870-yillarda Chaykovskiyning fortepiano uchun yozilgan birinchi kontserti va 1878- yilda skripka va orkestr uchun yozilgan kontsertlari kontsert janri davri ning boshlanishi bo’ldi. 1870- yillarda cholg’uchilik -kvartet janrining klassik rivojlanishiga Chaykovskiyning 1871-yilda yaratgan birinchi kvarteti va Borodinning 1879-yilda yaratgan birinchi kvarteti turtki bo’ldi. 60-70 yillar mobaynida rus musiqasida, o’zining ko’pjanrliligi bilan opera- dasturli simfonik musiqa va romans alohida ajralib turadi. Aynan mana shu janrlarda davrning musiqiy estetik muammolarini aks ettirish mumkin edi. Bu yillarda operaning turli ko’rinishlari rivojlandi, Glinka va Dargomijskiy ijodida operalar tarixiy- afsonaviy va lirik- maishiy turlariga bo’lingan. Musorgskiyning “Boris Godunov”, “Xovanhina” kabi tarixiy operalari XIX asr tarixiy janrining rivojlanishida katta cho’qqilarni egalladi.Rimskiy-Korsakovning “Pskovityanka” opera dramasini ham tarixiy opera janriga kiritish mumkin, chunki opera mavzusida Olga shaxsiy dramasi va shoh Ivan Grozno’yning tutashgan taqdirlari mavzusi yoritilgan. Borodinning “ Knyaz Igor” tarixiy- afsonaviy operasi Glinkaning “Ruslan va Lyudmila” operasi an’analariga amal qilgan holda yozilgan. A.G. Rubinshteynning “Demon” lirik- operasi o’zining dramatik- psixologik yo’nalishda yaratilganligi bilan ajralib turadi. Serovning A.N.Ostrovskiy qalamiga mansub “Vrajya sila “(Dushman kuchi) opera- qo’shiq janri o’zining rang barangliligi bilan ajralib turadi. Rimskiy- Korsakovning “Mayskaya noch”(May oqshomi) operasi lirik- fantastik, Musorgskiyning “Sorochinskaya yarmarka” operasi lirik-komedik, Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” operasi lirik-psixologik janrida yaratilganligi bu davrning opera janri yuksak cho’qqilarga ko’tarilganliligidan dalolat beradi. Bu yillarda kompozitorlar ijodida romans-qo’shiq, romans-monolog, romans-elegiya, ballada, qo’shiq keng yoritilgan. Musorgskiyning “Rayok” (ko’cha-ko’ylarda surat ko’rsatadigan quti) nomli o’tkir satirik qo’shig’i va Musorgskiyning “Zabo’to’y» (Unutilgan) fojeali balladasi shu davrning musiqiy hayotiga, ijtimoiy holatiga kinoyali qaratilgan edi. Shu bilan birga Musorgskiy ijodida boshqa tsikl turlari paydo bo’ldi. Bu bolalar dunyosi va taassurotlari xaqidagi “Detskaya”(Bolalarcha) tsikli va yolg’izlik xaqidagi “Bez solntsa” (Quyoshsiz) tsikllaridir. Bu davrda epik xarakterdagi “ Pesn temnogo lesa “(Qorong’u o’rmon qo’shig’i) qo’shig’i va “Spyahaya knyajna”(Uxlayotgan knyaz qizi) ertak-romanslari Borodin tomonidan yaratilgan. Romansning shakli, kompozitsiyasi, musiqiy tili rang-barangdir. Musiqiy tilning shahar va qishloq qo’shiqlari, maishiy-raqs janrlari bilan uyg’unligi yaqqol ko’rsatilgan. Kamer -cholg’uchilik janrida ham ko’plab yangiliklar paydo bo’la boshladi. Bu fortepiano uchun dasturli miniatyura, noktyurn, instrumental -romans tsikllaridir. Bu tsikl cho’qqisida Musorgskiyning V.A. Gartman rasomchisining ko’rgazmasidan hayratlanib yaratgan “Kartinki s vo’stavki»(Ko’rgazmadan suratlar) va Chaykovskiyning rus tabiati xaqidagi “Yil fasllari” poetik tsikllari shular jumlasidandir. Borodin va Chaykovskiy ijodidan kamonli-kvartet janri musiqiy tematizmning rivojlanishida salmoqli o’rin egalladi.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling