Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet115/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Tayanch iboralar:

  1. Interpretatsiya.--- Muzika asarining ijodiy ijro etilishidagi talqin.Muzika asarining interpretatsiyasi ijro-sozanda yoki xonandalarning xarakter va mazmunini bayon qilishiga bog’liq.

  2. Rechitativ.---Vokal bir turi bo’lib intonatsiya va ritm jihatidan deklamatsiyali so’zga yaqin bo’ladi. Rechitativ ritm jihatidan erkin holda yozilib, hech qanday muzika tuzilishlariga (davriya, jumla va b. ) bo’ysunmaydi. Ko’proq operadagi ariyalar oldidan berilib, bunga qarama-qarshi qo’yiladi va ariyaning ohangdorligi oshiriladi. Rechitativ opera, oratoriya, va kantatalarda alohida ahamiyatga egadir. O’zbekiston kompozitorlari operalarida rechitativ, katta ashula yo’llaridagi ohanglardan foydalanilmoqda.

  3. Melodeklamatsiya. --- muzika ( odatda fortepiano, ba’zan orkestr) jo’rligida badiiy o’qish (aksari she’rlar o’qiladi).Bu ko’proq melodramatik xarakterda bo’ladi.

Adabiyotlar:
1. Pekelis M.S. “Dargomijskiy i ego okrujenie t.1.M.1966. t.2 M.1973.
2. Asafev. Dargomijskiy Izbranno’e trudo’.t.1.M.1955.
3. O.Levasheva,A Kandinskiy .”Istoriya russkoy muzo’ki».vo’p.2.M1987.
4. Muzo’kalnaya entsiklopediya .M.1978.
5. “Operno’e libretto”t.1.M.1982 g.
6. “ 100 oper” Istoriya sozdaniya. Syujet.Muzo’ka. Izdanie 8-e Leningrad “ Muzo’ka” 1987 g.


MA’RUZA№4 “XIX asrning ikkinchi yarmida rus musiqa madaniyati”.

1. XIX asrning ikkinchi yarmida musiqiy hayot.


2. 1860-1870 yillardagi asosiy ijodiy yo’nalishlar.”Qudratli to’da”
3. 186 -1870 yillarda musiqa janrlarining rivojlanishi.
4. 1880 va 1890- yillarda rus musiqasi.
5. XIX asr oxiri va XX asr boshlari.
1. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyadagi musiqiy hayot. XIX asrning ikkinchi yarim yilligida rus klassik musiqasi maktablari Rossiya xududidan tashqari bo’lgan xududlarda o’z ahamiyatini tasdiqladi. XIX asrning ikkinchi yarim yilligidagi rus musiqasi musiqa madaniyatida ilg’or va evropa musiqa san’atining kelajakda rivojlanishiga ulkan o’z hissasini qo’shdi desak mubolag’a bo’lmas. Rossiyaning XIX asrning ikkinchi yarim yilligidagi davri jamiyatda va madaniyat hayotida dongdor davrlardan bo’ldi. 1861- yildagi fevral oyi, amaldorlar xuquqini bekor qilinishi kabi yangi reformani(islohotni) olib kirdi. Har qaysi madaniyat javhalari xalq ozodligi, g’oyalari oldida chekkada qolmadi. 60-yillar rus adabiyoti, rassomchilik san’ati, teatri va aniq fanlarining “gullab yashnash”davri. Rossiyaning musiqali hayotida ham ulkan o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Musiqa keng doiradagi tinglovchilar afzalliligiga aylandi. 1859-yildagi Peterburgdagi “Rus musiqa jamiyati” tashkiloti va 1860-yildagi Moskva “Rus musiqa madaniyati”tashkilotlari bu davrda katta ahamiyat kasb etar edilar. Bu tashkilotlarning uyushtirayotgan kontsert namoyishlarida rus kompozitorlarining musiqalari ijro etilar va rus artistlarining namoyishda qatnashishlari uchun imkoniyatlar yaratilar edi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling