Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet125/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2 . Ijodiga xarakteristika. Rimskiy - Korsakov rus klassik operasida janr turlarini kengaytirib rus va jahon musiqasini ajoyib yorqin simfoniyalar bilan boyitgan kompozitordir. U bir talay klassik musiqa ishlarining muallifidir: “Prakticheskiy uchebnik garmonii” “Osnovo’ orkestrovki» «Letopis moey muzo’kalnoy jizni» 1909-yil nashriyoti va maqolalar.
Rimskiy-Korsakov rus xalq qo’shiqlaridan ikkita to’plam kitoblarini to’plagan. U havaskor xonanda T.Filippovdan 40 ta qo’shiqni yozib olib, ularni garmoniyalashtirgan. Bundang so’ng “ 100 russkix narodno’x pesen” to’plamiga kirgan qo’shiqlar orqali qadimiy udumlar va raqsbop qo’shiqlarga qiziqa boshlagan.
Dargomijskiy, “Qudratli To’da” a’zolari Musorgskiy va Borodinning tugallanmagan asarlarini nihoyasiga etkazish va orkestrlash ishlari uning ancha vaqtini olib, holdan toydirib qo’ydi. Rimskiy-Korsakov xotirasi fenomental (noyob, kamdan kam uchraydigan) darajada, ya’ni bir marta eshitganini eslab qoladigan darajada edi.
Rimskiy-Korsakoving ijodiy me’rosi juda ham kattadir: 15 ta opera (“Pskovityanka” musiqali dramasi, lirik-komik “Mayskaya noch”, sehrli opera-balet “Snegurochka”, afsonaviy-cho’pchak “Mlada”, opera-cho’pchak “Noch pered Rojdestvom”, opera-cho’pchak “Sadko”, kamerli “Motsart va Saleri”,”Kahey bessmertno’y”, tarixiy syujetga ega “ Tsarskaya nevesta”, “Skazka o tsare Saltane “, bir aktli operalar “Boyaro’nya Vera Sheloga», «Servilya», «Pan Voevoda», « Skazanie o nevidimom grade Kiteje i deve Fevronii», «Zolotoy petushok») , 3 ta simfonik syuitalar («Antar», «Shexerezada», «Ispanskoe kaprichchio») 3 ta simfonik kartina ( «Sadko», «Skazka», «Svetlo’y prazdnik») simfoniyalar, simfonik uvertyuralar, fortepiano va orkestr uchun kontsert, kamer -cholg’u ansambli uchun asarlar, 80 ta romanslar. Romanslari ichida mashhurlari «Zvonche javoronka pene», «Na xolmax Gruzii»,«To bo’lo ranneyu vesnoy»,«O chyom v tishi nochnoy»,»Oktava», «Anchar».
Kompozitor o’z asarlarida go’zallikni, muxabbatni, xaqiqatga ishonchni, xalq donishmandligini, rus tabiati go’zalligini va shu bilan birga hayotning salbiy tomonlarini, nohaqlik, befarosatlik, bosqinchilik, rahm-shafqatsizlik,eb-to’ymaslik kabi xususiyatlarni mohirlik bilan ko’rsata olgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling