Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet143/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. Ijodiga xarakteristika. Raxmaninov rus kompozitoridir. “Musiqada kompozitorning Vatani, uning muxabbati, ishonchi, taassurot qoldirgan kitoblari, sevimli kartinalari aks ettirilishi kerak”. “Men rus kompozitoriman, mening Vatanim menda dunyoqarash va ehtirosni aniqlab berdi, mening musiqam-mening ehtirosim farzandidir, chunki u ruschadir”, deb musiqa ijodiga shunday deb ta’rif bergan ekan. Raxmaninov turli janrlarda opera va simfoniya, kamer-instrumental va fortepiano asarlari, romans va xor janrlarida ijod qilgan. Raxmaninov musiqasini birinchi taktdan bilsa bo’ladi. Raxmaninov o’z iste’dodida simfonistdir. Simfonik boshlanish nafaqat uning orkestr uchun yozilgan asarlarida, balki opera, fortepiano p’esalari va romanslarida ham bordir.
Raxmaninov asarlari tabiiy yangraydi. Ularni birinchi bor eshitganimizda badihago’ylik improvizatsiya seziladi, shu bilan birga shaklining xushbichimliligi, qism-detallarning o’ylanganligi bilan ajralib turadi. Asarlarining tuzilmasi rus qo’shiqlari uslubidagi melodik kuychanlikka xos. Raxmaninov musiqasi hayotga ishonch hissini tug’diradi. So’nggi asarlarida ma’yus, g’amgin obrazlar bo’lsada pessimizm hissini tug’dirmaydi.
Raxmaninov XIX asr oxiri XX asar boshlarida paydo bo’lgan modernizatsiyaga (san’at va adabiyotda realizmga zid yo’nalish nomi) qarshi edi. O’z do’stlaridan biriga “ Modernistlarni chalmayman” deb yozgan ekan.
“Katta kompozitorlar doim birinchi navbatda musiqadagi ohangga e’tibor qaratganlar. Butun musiqa asosiy boshi bo’lgan musiqa-bu ohangdir. Mukammal ohang hayotga bo’lgan o’zining garmonik uyg’unlik shaklini chaqiradi. Ohang ixtirosi kompozitor hayotidagi asosiy maqsaddir. Agarda kompozitor uzoq muddat yashashga xaqli bo’lgan ohanglarni yarata olmasa, unda u kompozitorlik mahoratiga erishish imkoniyatlariga qodir emas. Shu sababli ham avvalgi kompozitorlar o’z mamlakatining xalq kuylariga qiziqish bilan qaraganlar. Rimskiy-Korsakov, Dvorjak, Grig va boshqalar xalq eposi-dostonlariga tabiiy ilhom chashmasiday qaraganlar. Men o’z maqsadi yo’lida ohang va garmoniy uyg’unlikni rad etib, o’z asarlarida shovqin va dissonansga mukkasidan ketgan zamonaviy kompozitorlar musiqasini oqlamayman. Barcha kompozitorlar rus xalq qo’shiqlari ruhidan chuqur oziqlanishlari kerak”, deb yozgan ekan Raxmaninov.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling