Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 8. LOKAL MAHALLIY USLUBLAR Reja
7. Xorazm maqomlari. Birinchi qarashda Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomidan farq qilmaydi. Xorazm maqomlari ham Buxoro maqomlari kabi tsiklli ( majmuaviy) bo’lib, asosan olti maqom:Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh va Iroqdan tashkil topgan. Bu erda Buxoro maqomiga taqqoslaganda ma’lum maqomlarning o’rni almashtirilganini ko’rish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar yaqin vaqtlargacha Xorazmda mustaqil ettinchi maqom--Panjgoh ham mavjud deb hisoblashardi. Bu fikr tasdiqlanmadi. Faqatgina cholg’u bo’limidan iborat Panjgoh aslida Rost maqomi ayrim qismlarining varianti ekan.
Xorazm maqomlari kuy jihatdan Buxoro maqomlariga yaqin va hatto, ular bilan birday tuyilsada o’z original qismlariga ham ega. Tuzilishlarida ham o’zaro farq bor. Masalan, Tarona qismi Xorazm maqomlarida ko’pincha birinchi sho’’ba ---- Tani maqom ( Buxoro maqomining Saraxboriga mos keladigan)dan keyingina qo’llaniladi. Boshqa sho’’balardan keyin kamdan-kam ishlatiladi. Sho’’balarning o’zida bir muncha boshqacha tartib hamda Buxoro maqomlariga nisbatan ularning miqdori chegaralanganini ko’rish mumkin. Bundan tashqari, Buxoro tsiklidan joy olgan ikkinchi guruh sho’’balari Xorazm maqomlarida umuman yo’q. Ayni vaqtda ularda Buxoro maqomlarida bo’lmagan yangi qismlar (Naqsh, Faryod va boshqalar) mavjud. Xorazm maqomlari O’zbekistondagi boshqa mahalliy nohiyalarda sezilarli darajada farq qiladigan Xorazm dostonlari kabi o’zining yorqin mahalliy bo’yoqlari va rangdorligi bilan ajralib turadi. Mavzu 8. LOKAL MAHALLIY USLUBLAR Reja: 1. Qashqadaryo-Surxondaryo mahalliy uslubi. 2. Buxoro-Samarqand mahalliy uslubi. 3. Xorazm mahalliy uslubi. 4. Farg’ona-Toshkent mahalliy uslubi. Adabiyotlar: 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y. 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y. 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y. O’zbek xalqining musiqa merosida asosan to’rtta mahalliy uslub doiralari ---Xorazm, Buxoro-Samarqand, Farg’ona-Toshkent, Surxondaryo-Qashqadaryoni ko’rsatish mumkin. Bu vohalarda mahalliy uslublarning bunyodga kelishi ma’lum etnik birlik hamda umumijtimoiy-iqtisodiy sharoit natijasidir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling