Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. XIX asr cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixi.
2. Shashmaqom. Musiqachilikda olti turkum asarlardan iborat Shashmaqom ayniqsa mashhur bo’lgan. U O’rta osiyo xalqlari syuita (turkum) shaklidagi professional musiqasining uzoq taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. I.Rajabov yozadi: “Shashmaqom olti turli lad sistemalaridan iborat, ularning har biri o’z navbatida mushkulot (cholg’u) va nasr (ashula) bo’limlaridan iborat bo’lgan quyidagi maqomlarga(qismlarga) bo’linadi; “Rost”, “Buzruk”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq”.
Har bir maqom 20 tadan 40 tagacha katta-kichik qismlarni o’z ichiga oladi. Hammasi bo’lib turkumda 250 ga yaqin mushkulot va nasr qismlari bor. Bir maqomning ijrosi bir necha soat davom etadi”. Maqomlar asosan saroy a’yonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan sharoitda ijro etilgan. Hatto mohir qo’shiqchilarning o’ziga xos musobaqasi (ayniqsa avjlarni ijro etishda, shuningdek yangi qismlarni to’qishda) tashkil etilgani ma’lum. XIX asr oxiri va XX asr boshida mashhur xonanda va sozandalar Domla Halim Ibodov, Usta Shodi Azizov, Levi Boboxonov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Sodirxon Bobosharipov, Boboqul Fayzullaev, Shonazar Sohibov, Fazliddin Shahobovlar Shashmaqomga yangi hayot baxsh etishdi. O’zbek xalq cholg’ularining ijrochilik imkoniyatlari ham kengaydi va takomillashdi. Turli xil xalq cholg’u ansambllarining tashkil etilishi, yakkanavoz cholg’uchilikning rivojlanishi, musiqa ustalaridan cholg’ularni yanada mukammallashtirishni talab etdi. Biroz vaqtdan so’ng, xalq musiqasi ansambllarida qashqar rubobi va chang singari cholg’ularning ovozi yangitdan yangradi. XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo’shnay, surnay, karnay, bo’lamon, chang, qashqar, rubob, tanbur, dutor, do’mbra, g’ijjak, sato, doira, qayroq, safoyil kabi cholg’ular mustahkam o’rin oldi. 3. XIX asr cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixi. Cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixida ham XIX asr bir qator musiqa ustalarini etishtirib chiqargan davr bo’ldi. Bular: To’ychi Hofiz, Shorahim Shoumarov, Shobarot tanburchi, Abdusoat dutorchi, Usta Usmon Zufarov (Toshkent), Rustambek (Andijon), Ro’zimatxon changchi (Namangan), Abduqodir naychi, Usta Masaid doirachi va changchi Usta Olim Komilov, Yusufjon Qiziq (Marg’ilon) va boshqalardir. Bu san’atkorlar o’zbek xalq musiqasi xazinasi boyliklarini saqlab qolishda, yosh iste’dodlarni tarbiyalashda, qadimiy cholg’ularning tuzilishini takomillashtirish va yangilarni yaratishda katta rol o’ynashdi. Yangi musiqa cholg’ulari asta-sekin turmushga kirib kelib, o’tgan yuz yillik oxirida ansambllardan mustahkam o’rin oldi. Musiqa cholg’uchilar tomonidan qo’shiq va raqslarga jo’r holda ham keng foydalanildi, ohanglarning ta’sirchanligi metroritmik bezak qochirimlar bilan to’ldirildi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling