Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet20/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. To’y-marosim qo’shiqlari. To’y marosim qo’shiqlarining mavzui kelinni maqtash, er-xotinlik hayotiga taalluqli pand-nasihatlar, kelinning kuyov uyidagi odob qoidalari, sodir bo’layotgan marosimning ko’tarinkiligi haqidagi obrazli poetik taqqoslashlar bilan chegaralangan. Misol sifatida keltirilgan “Yor-yor” shakl tuzilishi jihatidan ikki qismli bo’lib, har bir she’riy misrani o’ziga qamrab olgan uchta tugallangan kuy tuzilmasidan iborat. Turlicha ohanglar asosida muayyan metr-ritmik tartibga solingan, tor diapazonli kuylarning bunday tuzilishi”Yor-yor” larning aksariyat mahalliy variantlari (toshkentcha, andijoncha, chimkentcha va boshqalar) uchun ham xarakterlidir. Yuqorida eslatilganlardan tashqari to’y marosimining u yoki bu jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa namunalar (“ Kelin salom” “To’y muborak” va shu kabilar) ham bor. Ularning har biri o’zining tuzilishi tartibi, ohang xarakteri, emotsional ta’sirchanligi bilan farq qiladi.
3. Marsiya va yig’i-yo’qlov. To’y marosimdagilardan farqli o’laroq marsiya va boshqa yig’i-yo’qlovlar uchun badiha tarzidagi rivoj va metr-ritmik erkinlik xarakterlidir. Ular uch xil bo’ladi:
A) muayyan metr-ritmik tartibga solinmagan melodik tuzilmaning badiha yo’li bilan rivojlanuvidan iborat marsiya va yig’ilar. Barcha badihago’yliklarda bo’lganidek, bu erda ma’lum hasratli ohanglardan foydalanilishi, rechitatsiyaning xarakterli usullari ijrochining o’z kayfiyati va imkoniyatini belgilovchi omil bo’ladi;
B) garchi ma’lum metr-ritmik erkinlikka yo’l qo’yilsada, ohangi deyarli o’zgartirilmay qaytariladigan kuplet tuzumli kuyga ega yig’i-yo’qlovlar. Bularda badihago’ylik faqat poetik matndagina saqlanib, kuylar asosiy melodik tuzilmalarning intonatsion va ritmik o’zgarishlariga asoslanadi:
Keltirilgan yig’ida tugal kuy tuzilmalarining kengayishi yoki torayishi, hamda bu jarayonning poetik matn tuzilmasi har bir she’riy misra yoki baytdagi bo’g’inning o’zgarishiga bog’liq ekanini sezish qiyin emas;
V) metr-ritmik jihatdan nisbatan tartibga tushganligi va o’ziga xos ijro uslubi bilan xarakterlanuvchi marsiyalar. Ulardagi yakkaxonlikka, unison, xor ( erkaklar yoki ayollar guruhi) jo’r bo’ladi. “ Sadr” yoki “Jahrxonlik” deb ataluvchi bu marsiyalar marosim bilan bog’liq bo’lib, odatda marhumning jasadini olib chiqish oldidan ijro etiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling