Иоганн Себастьян Бах
O’zbek qo’shiqchiligining ohang tuzilmalari
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
7. O’zbek qo’shiqchiligining ohang tuzilmalari. O’zbek qo’shiqchiligi janrlarining barchasi o’z xarakterli intonatsion- ohang tuzilmalari, lad-tonall xamda metr-ritmik asoslarini saqlab qolgan variantlariga ham ega bo’lishi mumkin. Cholg’u variantlarida har bir sozga xos ijrochilik imkoniyatlar ham xarakterli xususiyatlardan tashqari, kuy tuzilishini soz xususiyati bilan bog’liq bo’lgan talqin, xamda rasm bo’lgan ijro shakli ( ansambl yoki yakkanavoz) o’z aksini topadi. Ayrim qisqa diapazonli kuylar esa ko’pincha cholg’u p’esalariga xos shaklga ega bo’ladi. Bundan tashqari sof cholg’u kuylari ham mavjud bo’lib, ular o’z boy tasviriy imkoniyatlari bilan ajralib turadilar, xamda turli janrlarga bo’linadilar. O’z navbatida cholg’u musiqasiga mansub janrlari mansub janrlari ham ikki turda--ma’lum sharoit ( tantanavor shodiyonalar, tomosha o’yinlar, harbiy marosimlar) bilan bog’langan, xamda barcha joyda ijro etiladigan turlarga bo’linadi. Ular ansambl yoki yakkanavoz ijrosida eshitish uchun mo’ljallangan rang-barang janrlarni tashkil etadilar.
O’zbek xalq musiqasining lad tomoniga nazar tashlaganda, shuni ta’kidlash kerakki, bu erda kuylarni seksta, kvinta, kvarta va ulardan to intervallar diapazonidagi lad tuzilmalari xamda kuylari ikki-ikki yarim oktava diapazonidagi etti pog’onali diatonik ladlar o’rin olgan. O’zbek xalq musiqasida “oraliq xromatizm” deb ataluvchi tusga xos xromatizm elementlari mavjud . Xromatik o’zgarishlar ko’pincha ladning II, III, VI va VII pog’onalarida kuzatiladi. Natijada turli xil diatonik ladlar aralashmasi yuzaga keladi jumladan ioniy va ioliy ( III pog’ona xromatik o’zgarishi natijasida), ioniy va miksolidiy ( VII pog’ona xromatik o’zgarishi natijasida), ioliy va doriy (VI pog’ona xromatizmi ), ioliy va frigiy ( II ikki pog’ona xromatizmi ), doriy va miksolidiy lad aralashmalarini ko’ramiz. Shuningdek, o’zbek kuylarida turli xil modulyatsiyalar (og’ishmalar) ham mavjudki, ular juda boy tasviriy ahamiyat kasb etadi. O’zbek xalq ashula qo’shiqlari va cholg’u kuylari deyarli hamma vaqt pastki tonika bilan tugallanadi. O’zbek xalq kuylarida pasayib boradigan xarakat bilan muvozanatlanmaydigan kuy ohang rivojini uchratish qiyin. Kuy harakatining pog’onama-pog’ona siljishi aksariyat hollarda ma’lum tovushlarning yuqori tomon keng intervallarga sakrashi bilan birgalikda kuzatiladi va ko’pincha ular kuy tuzilmasining o’rtasiga emas, balki uning boshlanishi yoki qo’shni tuzilmalar chegarasiga to’g’ri keladi. Ashula-qo’shiq va cholg’u kuylarining strukturasiga kelganda esa, o’zbek xalq musiqasining rang-barang shakllari uchun uyg’unlik, aniqlik va bo’limlarda tsezura ( chegara) lar muayyanligi bilan ajaralib turishini ko’ramiz. Monodiya doirasida ( ikki ovozlikka ega dutor, do’mbira xamda qisman tanbur p’esalarini mustasno etganda) rivojlangan o’zbek musiqa merosida kuylarning o’ziga xosligi, avvalo uning zaminida yotgan asosiy kuy tuzilmalarining xarakteri, xamda bu tuzilmani rivojlantirish usullarining aksariyat pog’onama-pog’ona pasayib boruvchi kuy harakatiga mos qo’llanishlari bilan xarakterlanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling