Navoiy viloyati Xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari
Download 45.75 Kb.
|
одоб ахлок коидалари илова
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Umumiy qoidalar
Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining 2019-yil “ __” dagi 219 -sonli buyrug‘iga 1-ILOVA Navoiy viloyati Xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq QOIDALARI Navoiy viloyati xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari (Etika kodeksi) (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 31-oktabrdagi 349-sonli buyrug‘iga muvofiq Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari xodimlarining (bundan buyon matnda boshqarma deb yuritiladi) odob-axloqi, xulq-atvori, o‘z xizmat vazifalariga vijdonan munosabatda bo‘lishi, ularni og‘ishmasdan va yuksak kasbiy darajada bajarish tartibini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar Odob-axloq qoidalari viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlarining egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar xodimlarning kasbiy odob-axloqi umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari yig‘indisidan iborat. Odob-axloq qoidalari huquqbuzarlikning oldini olishga, ularning sodir etilishi sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, xalq ta’limi tizimi xodimlarining yuksak huquqiy ongi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalariga ishga kirayotgan har bir shaxs Odob-axloq qoidalari bilan imzo qo‘ydirilgan holda tanishtiriladi. Xodimning Odob-axloq qoidalariga amal qilish majburiyati uning boshqarma yoki uning tizimidagi tashkilot va muassasaga ishga qabul qilingan kundan boshlab paydo bo‘ladi. Boshqarma tizimi xodimlari qonun hujjatlari va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishlari shart. Odob-axloq qoidalariga rioya etish boshqarma tizimi xodimlarining kasbiy faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. Download 45.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling