Navoiy viloyati Xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari


-bob. Komissiyaning maqsadi va vazifalari


Download 45.75 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1622345
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
одоб ахлок коидалари илова

2-bob. Komissiyaning maqsadi va vazifalari

  1. Komissiyaning maqsadi boshqarma xodimlarining odob-axloqi, xulq-atvori, o‘z xizmat vazifalariga vijdonan munosabatda bo'lishi, ularni og‘ishmasdan va yuksak kasbiy darajada bajarishini, xizmatdagi xulq-atvor talablariga rioya etishini nazorat qilish, odob-axloq qoidalari normalarining buzilishini oldini olishdan iborat.

  2. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. “Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xodimlarining odob-axloq qoidalari” loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun boshqarma boshlig‘iga kiritish;

  2. boshqarma xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalarini ko‘rib chiqish va nazorat qilish;

v) boshqarma xodimlari o‘rtasida qoidabuzarliklaming oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
g) boshqarma xodimlari tomonidan xizmatdagi xulq-atvor talablariga rioya qilinishi tahlil qilish;

  1. manfaatlar to‘qnashuvi talablarini tartibga solish;

  2. odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlash;

j) odob-axloq qoidalarining buzilishi, boshqarma obro‘sini to‘kadigan va uning nufuziga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish;
z) boshqarma xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni ко‘rib chiqish;
i) boshqarma xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish;
k) odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
1) viloyat xalq ta’limi tizimida sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
3-bob. Komissiya tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish

  1. Komissiyaning tarkibi boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Unga komissiya raisi rahbarlik qiladi.

  2. Komissiya raisi:

  1. komissiya ishini tashkil etadi;

  2. komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;

v) komissiya a’zolariga topshiriqlar beradi;
g) komissiyaning maqsadi, vazifalari, huquqlari va uning faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalaridan kelib chiqqan holda komissiya a’zolariga, shuningdek jalb qilingan mutaxassislar va ekspertlarga topshiriqlar berish;

  1. yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, boshqarma xodimiga nisbatan odob-axloq qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirish berish;

  2. odob-axloq qoidalari buzilishini sodir etgan xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida boshqarma boshlig’iga taklif kiritish;

j) komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha komissiya a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish.

  1. Komissiya raisi o‘rinbosari va a’zolari:

  1. komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berishga;

  2. komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga;

v) qarorlar tayyorlanishida, muhokamasida, qabul qilinishida, shuningdek ularning amalga oshirilishini tashkil etish hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga;
g) ko‘rib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa zarur axborot bilan tanishib chiqishga;
d) komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli. Komissiya raisi o‘rinbosari va a’zolari ushbu Nizomga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Komissiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan komissiyaning har qanday a’zosining manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita qiziqishi bo‘lishi mumkinligi aniqlansa komissiya a’zosi yig‘ilish boshlangunga qadar bu haqda xabar qilishi lozim. Bunday holatda komissiya a’zosi ushbu masalani ko‘rib chiqishda ishtirok etmaydi.

  2. Komissiya raisi zarurat tug’ilganda har qanday jismoniy shaxsni komissiyaning ish faoliyatiga ovoz berish huquqi bilan ekspert sifatida jalb qilishi mumkin. Jalb qilinayotgan shaxslar komissiya faoliyatida ish boshlagunga qadar ushbu nizom bilan tanishtirilishi shart.

  3. Komissiya a’zolari va majlisda ishtirok etayotgan shaxslar komissiya ish faoliyati davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishlari ta’qiqlanadi. Komissiya faoliyati jarayonida olingan ma’lumotlar faqat axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish sohasidagi qonun xujjatlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.

  4. Komissiya majlisi zarurat bo'lgandagina o‘tkazilishi mumkin.

Komissiya majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi. Zarur hollarda Komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

  1. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yo‘qligida esa, uning topshirig‘iga binoan Komissiya raisi o‘rinbosarlari yoki a’zolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, uni raislik qiluvchi imzolaydi.

  2. Komissiya yig'ilishi komissiya a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

  3. Komissiya kotibining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. komissiya faoliyatini tashkillashtirish;

  2. komissiya yig'ilishini o‘tkazish to‘g‘risida uning a’zolariga xabar berish;

v) komissiya ishini yuritish, komissiya faoliyati bilan bog‘liq hujjatlami saqlash va yig‘ilishga tayyorlash.
4-bob. Odob-axloq qoidalari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni

Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling