I,,O’ZMilliybank aj shahrisabz filiali filialining faoliyati to’g’risida


Download 330.11 Kb.
bet1/8
Sana14.02.2023
Hajmi330.11 Kb.
#1198364
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jalilov Javohir


Reja:
Kirish
I,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filialining faoliyati to’g’risida.

  1. ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filialining mulkchilik shakli va bankning iqtisodiy tavsifi.

  2. Bank faoliyatini strategik boshqarishni tashkil etish. Tashkilot boshqaruv strategiyalarini rejalashtirish bo`limlari faoliyati.

  3. ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filiali faoliyatini tahlil qilish(SWOT)

  4. “,,O’ZMilliybank AJ»”AJ Navoiy filiali faoliyatining diversifikatsiyalashish jarayonlari tahlili.

II Mustaqil ish

  1. Konversion kartalar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filialini tashkil qilishdan maqsad, bank faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, foyda olish uchun O`zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank faoliyatiga doir xizmatlar ko`rsatish, shu bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga ko`maklashish maqsadida, O`zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllantirish va chuquqrlashtirish hamda barqaror moliya-kredit tizimini barpo qilish hisoblanadi.


Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobAJardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Zero, davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Tijorat banklari rahbarlatining bosh vazifasi – bundan keyin o`z ish uslublarini tubdn o`zgartirib, fuqarolarimiz va tadbirkorlarning haqiqiy ishonchini qozonishga va ularga haqiqiy ko`makdosh bo`lishga erishishdan iborat.1
,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filiali missiyasi bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi.
O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filiali professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Bank mijozlarga xizmat ko’rsatishning eng oliy standartlariga intiladi va bunda ularning har bittasining manfaatlarini himoya qiladi. Bank o’zining sodiqligini ochiq-oydin e’lon qiladi va halol raqobat, jinoiy yo’l bilan olingan daromadlarning legalizatsiya (yuvib ketilishi) qilinishiga qarshi turishda faol ishtirok etish tamoyillariga rioya qiladi.
Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun “,,O’ZMilliybank AJ»” AJ Navoiy filiali bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida.
Tadbirkorlarning yaqin va ishonchli hamkoriga aylangan bank tizimi ishbilarmonlarning ishonchini to‘la qozonishni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi. Ayni paytda mamlakatimiz banklari moliyaviy xizmat ko‘rsatishning barcha sohasida samarali faoliyat yuritayotgani va bank tizimini yanada rivojlantirish yo‘lida salmoqli natijalarga erishayotganini alohida qayd etish joiz.
O‘zbekiston bank tizimi doimiy ravishda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining “Barqaror” reyting darajasiga sazovor bo‘layotgani “,,O’ZMilliybank AJ»”AJ Navoiy filiali xalqaro mezonlarga mos ish olib borayotganligini ko‘rsatadi. Banklar barqarorligi ularning mijozlar talablari asosida zamonaviy xizmatlar sifati va ko‘lamini oshirishga xizmat qilmoqda.
Amaliyotni o‘tash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan quyidagi Farmonlari va Qarorlari bilan tanishdim:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli Qarori;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli Qarori;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni.


1-REJA. ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali FILIALINING MULKCHILIK SHAKLI VA BANKNING IQTISODIY TAVSIFI.

O`zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko`rsatishi mumkin. O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan tijorat banklari turli mulkchilikka asoslangandir.


Chet el kapitali ishtirokidagi ",,O’ZMilliybank AJ»" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 27 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bank 190 dan ortiq xizmat koʻrsatish shoxobchalariga ega boʻlib, 40 ta filial, 158 ta mini-bank. Shuningdek, bank 6 ta shu’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotgani Bank ishonchliligi va barqarorligi koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonch tobora oʻshib borayotgani dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va Gollandiya banki (FMO) tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.
Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.
Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Chet el kapitali ishtirokidagi ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filiali jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko`lamda bank xizmatlari ko`rsatishni tashkil etish maqsadida O`zbekiston Respublikasininng “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonun, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankning tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari hamda Bank Ustavida belgilangan tartibda tashkil qilingan.
Filial o`z faoliyatida O`zbekiston Rspublikasining qonun hujjatlariga va o`z Nizomga amal qiladi, ularning bajarilishini ta’minlash maqsadida hamda o`z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi.
Filial yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansda hisobga olingan o`z mol-mulkiga ega, o`z faoliyatini bank ustaviga muvofiq, xo`jalik hisobidan o`zini o`zi moliyalashtirish hamda qonunda belgilangan tartibda jalb qilingan mablag`lar asosida amalga oshiradi. Filial o`z majburiyatlari yuzasidan o`ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi, o`z nomidan qonunda belgilangan tartibda mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga eg bo`ladi, ularni amalga oshiradi, majburiyatlarga ega bo`ladi va ularni bajaradi, sudlarda da’vogar va javobgar bo`la oladi.
Filial Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya, Nizom va Bank tomonidan berilgan ishonchnoma asosida bank faoliyati deb nomlanadigan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;

  • qabul qilingan mablag`lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;

  • to`lovlarni amalga oshirish.

Bank tarixi quyida yillar bilan berilgan:

Download 330.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling