I,,O’ZMilliybank aj shahrisabz filiali filialining faoliyati to’g’risida


-rasm. ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filialining so`nggi besh yillikda aktivlar miqdori.3


Download 330.11 Kb.
bet3/8
Sana14.02.2023
Hajmi330.11 Kb.
#1198364
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jalilov Javohir

1-rasm. ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filialining so`nggi besh yillikda aktivlar miqdori.3
Rasmda ko`rib turganimizdek, filial aktivlari miqdori faqat o`sish sur’atini ko`rsatgan. Oxirgi 2017-yilga kelib, 2013-yildagiga nisbatan deyarli 5 barobarga oshgan.

2-rasm. ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filialining so`nggi besh yillikda sof foydasi miqdori.4
“,,O’ZMilliybank AJ» ” AJ Navoiy filiali sof foyda miqdori 2013-2014-yillarda o`sish ko`rsatkichini qayd etmagan bo`lsa-da, 2015-yildan keskin o`sgan. Bu bank xizmatlari tarkibiga yangidan-yangi xizmatlar qo`shilayotganligi va yangi texnologiyalardan foydalanib mijozlari sonini ko`paytirib borayotganligi tufaylidir.
Bugungi kunda “,,O’ZMilliybank AJ»” AJ O‘zbekiston bank tizimida jismoniy shaxslar omonatlari, sof foyda, shoxobchalar va xodimlar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Shuningdek, bank jami kapital hajmi, qimmatli qog‘ozlar savati, jami depozitlar qoldig‘i, aktivlar va kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi beshlikka kiradi.
Filial tomonidan jismoniy shaxslar uchun omonatlar, yuridik shaxslar uchun har xil shartlardagi depozit sertifikatlari, jismoniy shaxslar va xo‘jalik yurituvchilarga ko‘plab turdagi kreditlar, akkreditivlar bilan amallar, bank kafolatlari berish, hisobraqam ochish va yuritish, milliy va xalqaro plastik kartalar chiqarish va xizmat ko‘rsatish, jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi ochish va hisobini yuritish, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa bir qator bank mahsulotlari va xizmatlari taklif qilinmoqda.
Rivojlanish strategiyasiga muvofiq 2017 yilda aktivlar, depozitlar, kapital va daromad bazasi miqdori kabi barcha asosiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi davom ettirildi.
Hisobot davrida jami aktivlar miqdori 26,3 % ga o‘sib, 5 535,2 mlrd. so‘mga yetishiga erishilindi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha bozordagi o‘rnini tijorat banklari orasida 3,32 % ulush bilan 8 o‘rinni egallab kelmoqda.
Hisobot yilida kredit qo‘yilmalari 29,2 % ga ko‘payib, jami 3 040,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi, natijada 19,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Belgilangan maqsadlarga muvofiq, “,,O’ZMilliybank AJ» ” AJ resurslar bozorida o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qoldi. Ya’ni, aholi va xo‘jalik yurituvchilar omonatlari xajmi 3 613,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, banklar o‘rtasida 6,08 % ulush bilan 5-o‘rinni egalladi. Shunday bo‘lsada, aholi omonatlari bo‘yicha muntazam barqaror ravishda 1-o‘rin saqlab qolindi.
Aholiga xalqaro kartalaridan naqd valyutani yechib olishlari uchun sharoit yaratildi. Shuningdek bankda yangi xizmatlar joriy qilish bo‘yicha tahliliy guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bankning mobil ilovasi orqali masofadan turib ko‘rsatiladigan yangi onlayn xizmatlar, xususan overdraft kredit, plastik kartadagi va omonatdagi mablag‘lar hisobiga xorijiy valyuta sotib olish va sotish xizmatlari joriy etildi.
Shuningdek, plastik kartadagi va omonat mablag‘larni muddatli omonatlarga masofadan qo‘yish xizmatlari ishga tushirildi.
Mazkur tizimning afzalligi shundan iboratki, bank mijozi filial jamg‘arma kassasida navbat kutib omonat qo‘yishi yoki omonat foizlarini olish uchun bankka kelishi talab etilmaydi, bank ish kunidan qat’iy nazar 24 soat davomida mijoz plastik kartadagi va omonatdagi pul mablag‘larini xohlagan vaqtda omonatga qo‘yishi va boshqarishga ega bo‘ladi.

2-REJA. BANK FAOLIYATINI STRATEGIK BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH. TASHKILOT BOSHQARUV STRATEGIYALARINI REJALASHTIRISH BO`LIMLARI FAOLIYATI


“,,O’ZMilliybank AJ»” AJning bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlari turlarini joriy etish, eng ilg‘or tajriba va xalqaro standartlar asosida ish yuritadigan, moliyaviy jihatdan barqaror va raqobAJardosh muassasaga aylantirish, to‘lovlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni, jumladan, bevosita muloqotsiz va mobil ilovalarni rivojlantirish maqsadida rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi.


Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan:

  • Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish;

  • Ichki nazorat tizimini takomillashtirish;

  • Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish;

  • Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish;

  • Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish;

  • Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish;

  • Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish;

  • Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish

Shuni qayd etish lozimki, strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal etishda, bank o‘zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan — eng keng qamrovli bo‘linmalari tarmog‘idan to‘laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo‘linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi, va uning natijalari bo‘yicha rentabelli bo‘linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo‘linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi.
Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi.
Chakana bank xizmatlari bozorini yanada takomillashtirish va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlarini ta’minlashda, eng muhimi, bankimiz filiallarida xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarni 3 ta idoraviy bo‘linmaga ajratish, ya’ni Front-ofis, Back-ofis va Middle-ofislarni tashkil qilishdan iborat.
Front-ofis - bu birinchi o‘rinda faqat mijozlar (tadbirkorlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar) uchun xizmat ko‘rsatadi.
Back-ofis o‘z navbatida statistik va analitik hisobotlarni yuritadi, kredit qo‘yilmalarini monitoring qiladi, muddatida so‘ndiradi va kreditga oid hisobotlarni tayyorlaydi.
Middle-ofis, Front –ofis va Back ofisni bog‘lab turuvchi zveno bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat funksiyasini bajaradi. Jismoniy shaxslarga alohida chakana xizmatlar bo‘limida xizmat ko‘rsatilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu masala bo‘yicha bankimiz va uning filiallarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3620-sonli qarorida barcha tijorat banklari oldiga aniq vazifalarni belgilab berildi.
,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali filialida mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi front-ofis ikki yo‘nalishga ajratildi, ya’ni jismoniy shaxslar va xo‘jalik subyektlariga alohida xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bankka kelayotgan mijozlar reception xizmati xodimi tomonidan kutib olinib, ular bank xizmatlaridan foydalanish uchun zarur ma’lumotlar va to‘g‘ri yo‘llanmalar olmoqdalar.
Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank filiallarida uzluksiz (tushliksiz) bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Bunda fuqarolar bank ish kunida xohlagan vaqtda bank chakana to‘lovlar bo‘yicha amaliyotlarini bajarishi mumkin bo‘ladi.
“,,O’ZMilliybank AJ»” AJ 2 turdagi bank kartalarini emissiya qiladi:
1. “VISA” xalqaro plastik kartochkalari.
2. Maxalliy “Uzcard” plastik kartochkalari.
“,,O’ZMilliybank AJ»” AJ “VISA” xalqaro to‘lov tizimiga printsipial a’zo bo‘lgani bois xalqaro plastik kartochkalari emissiyasi va xalqaro protsessing xizmatini o‘z mijozlari bilan bir qatorda hamkorlik shartnomasi tuzgan xamkor banklar va ularning mijozlariga ham ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kunda Bank tomonidan mijozlar uchun milliy va xorijiy valyutadagi Visa Electron, Visa Classic va AQSh dollaridagi Visa Electron, Visa Classic, Visa Gold hamda yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan milliy va xorijiy valyutadagi Visa Business korporativ plastik kartochkalari muomalaga chiqarilmoqda.
Visa Electron - kartasi “,,O’ZMilliybank AJ»” AJning milliy valyutadagi Visa Electron kartochkalari Respublika hududida ishlatish uchun va xorijiy valyuta (AQSh dollari)dagi Visa Electron kartalari Respublika xududi va chet elda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Visa Classic – universal to‘lov vositasi bo‘lib, Visa logotipi mavjud bo‘lgan dunyoning barcha savdo shahobchalarida qabul qilinadi. Uning vositasida elektron va mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda hamda orqali to‘lovlar o‘tkazish mumkin. Bu kartochka bank kartochkalaridan foydalanish tajribasiga ega bo‘lgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.
Visa Gold – eksklyuziv to‘lov vositasi bo‘lib, uning imkoniyatlari Visa Classic kartasidan kengroq hisoblanadi. Visa Gold kartasi bankning VIP mijozlari uchun qulaylik va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi. VISA Gold plastik kartasidan foydalanuvchi mijozga VISA kompaniyasi hamkori bo‘lgan yirik korxonalarning savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida chegirmalar beriladi. Mazkur plastik karta dunyo bo‘yicha savdo va pullik hizmat ko‘rsatish shahobchalarida naqd pulsiz to‘lov o‘tkazish va bankomat yoki bank bo‘linmalarida naqd pul olish uchun foydalaniladi.
Visa Business – kartochkasi korporativ mijozlarga mo‘ljallangan bo‘lib, tashkilot ishchilarining xarajatlarini nafaqat ish jarayonida, balki xizmat safarlari davomida ham nazorat qilish imkonini beradi.
Visa Picture - bu Visa Electron va Visa Classic karta turlaridan iborat bo‘lib, ushbu xizmat plastik kartochkada mijozlarning istagiga ko‘ra individual dizayn va rasm bosmasini plastik kartochka yuz qismiga tushirilishi mumkin. Bunda, mijoz yoki uning oilasi, xamkasblarining suratlari yoxud mijoz tanlagan istalgan rasmni qo‘yishda Visa Xalqaro to‘lov tizimining shartlariga rioya qilingan bo‘lishi lozim.
2018 yilning 20 aprelidan boshlab “,,O’ZMilliybank AJ»” AJning milliy valyutadagi Visa plastik kartochkalarini dunyoning istalgan mamlakatida ishlatish mumkin, ya’ni so‘mni konvertatsiya qilishning zarurati bo‘lmaydi. Milliy valyutadagi Visa plastik kartochkalari mamlakatimizda, ham uning tashqarisida xaqiqiy universal to‘lov vositasiga aylandi.
Bank tizimida Yagona Umumrespublika Protsessing markazi bilan birgalikda 2012 yil noyabr oyidan boshlab, qo‘shimcha xizmat turi sifatida milliy banklararo «Uzkard» tizimining plastik kartalarni muomalaga chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim «Visa» tizimi singari bajarilgan barcha bank amaliyotlar on-line rejimida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur tizim plastik kartasi yo‘qolgan taqdirda uni bank tomonidan to‘xtatish mumkin bo‘ladi.
www.uzkart.uz sayti shaxsiy kabinetida «Uzcard» plastik karta egalari o‘z plastik karta hisobvarag‘i holatidagi barcha ma’lumotlarini olish, to‘lovlar amalga oshirish xamda plastik kartochkani blokirovka qilishi mumkin.
«Uzkard» tizimidagi plastik kartochkalarini «Uzkard», «Click», «Raume», «Mbank» va boshqa mobilь to‘lov tizimlariga ulab foydalanish bilan bir qatorda, tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarilgan mobilь ilovalarga ulab masofada turgan holda bir qator to‘lovlarni (uyali aloqa xizmatlari, internet xizmati, televidenie va telefoniya, komunal to‘lovlar va h.k.) uyali telefon orqali amalga oshirish mumkin.
Xususan, bankimiz tomonidan ishlab chiqarilgan Hamkor mobile bank ilovasining afzalliklariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu ilova orqali mobil aloqa, elektr energiyasi, internet, telefoniya, kabelli televideniya, byudjet hamda kommunal to‘lovlarni amalga oshirish bilan bir qatorda mablag‘larni bir kartadan boshqa kartaga ko‘chirish, overdraft kreditlarini olish, kreditlarni so‘ndirish kabi amaliyotlarni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan paytda masofadan turib amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, bankdagi mablag‘laringizni masofadan turib jamg‘armalarga qo‘yishingiz, konversiya amaliyotlarini bajarishingiz mumkin.
Jismoniy shaxslar uchun bank kartasi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan bo‘lsa, jismoniy shaxs tomonidan pasport hamda STIR nusxasini ilova qilgan holda, taqdim qilgan yozma arizasiga asosan filial bilan jismoniy shaxs o‘rtasida shartnoma imzolanadi.
Ish haqi loyihasi bo‘yicha yuridik shaxs uchun bank kartasi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan bo‘lsa ish xaqi loyihasi joriy qilinayotgan korxona, tashkilot tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatiga asosan filial bilan korxona, tashkilot o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Korxona, tashkilotning har bir xodimi tomonidan pasport hamda STIR nusxasini ilova qilgan holda, taqdim qilgan yozma arizasiga asosan filial bilan xodim o‘rtasida shartnoma tuziladi.

3-REJA. ,,O’ZMilliybank AJ» SHahrisabz filiali FILIALI FAOLIYATINI TAHLIL QILISH (SWOT)


“,,O’ZMilliybank AJ»” AJ ayni davrda banklar tarmog`ida o`z o`rnini ancha mustahkamlab oldi. O`zida iste`molchi sifatida aholining katta qismini birlashtirib, yirik korxona va kompaniyalarga moliyaviy, kridet, jamg`arma va yana turli xil bank Xizmatlarini taklif qilmoqda. Quyida uning faoliyatini turli xil tahlil usullaridan foydalanib o`rganib chiqamiz.



Download 330.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling