Ip manzil tushunchasi, ip haqida to`liq ma'lumot


Download 82.1 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi82.1 Kb.
#1246510
Bog'liq
IP manzil tushunchasi


IP manzil tushunchasi, IP haqida to`liq ma'lumot
Hozirgi vaqtda IP (Internet Protocol) haqida eshitmagan inson bo'lmasa kerak. Chunki internetga chiqadigan inson borki, IP haqida qandaydir tushunchasi mavjud. IP o'zi nima degan savolga javob bersak. IP bu biron ixtiyoriy qurilmaning internetdagi manzilidir. Ya'ni siz biron uyga borish uchun u uy manzilidan foydalanas. Sizdan chiqayotgan so'rov ham qaysidir manzilga yetib borib, sizning so'rovingizga javob qaytishi kerak bo'ladi. Mana shu manzil IP manzildir. Endi bugungi kunda biz IP ning IPv4 va IPv6 versiyalaridan foydalanamiz. IPv6 hali keng qamrovga ega emas. Lekin yaqin kelajakda uning qamrovi ancha keng bo'ladi. Biz hozirda IPv4 dan foydalanamiz. IPv4 uzunligi 32 bit. IPv4 manzillar soni 4 294 967 296 ga teng. Ya'ni shuncha qurilmaga IP manzil berish mumkin degani. IPv4 ning 5ta klaslari mavjud. IPv4 manzillarning klaslari 1969 yilda AQSH da yaratilgan. Ular quyidagilar:



Hozirgi kunda bu sinflar real hayotda ishlatilmaydi. Sababi bunday sinfga ehtiyoj mavjud emas.
Hozirda lokal tarmoq uchun quyidagi manzillar ishlatiladi.
1. 10.0.0.0 – 10.255.255.255 /8
2. 172.16.0.0 – 172.31.255.255 /16
3. 192.168.0.0 – 192.168.255.255 /24
4. 169.254.0.0 – 169.254.255.255 /16 — DHCP mavjud bo’lmagan vaqtda va static ip berish berilmagan vaqtda tarmoq ishlashi uchun beriladigan IP.
Bu IP lar ichki tarmoq uchun ishlatiladi (ya’ni kompyuter o’zining tarmoq kartasi ishlayotgani yoki yo’qligini aniqlash uchun)
5. 127.0.0.0 – 127.255.255.255 — loopback, localhost
Ma'lumot: /8, /16, /24 kabilar bular maska hisoblanib chegarani anglatadi. Bu haqda chuqurroq keyingi mavzularimizda yoritib boramiz.
Download 82.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling