Ipak ishlab chiqarish sanoatini holati va istiqbollari


Download 271 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi271 Kb.
#142035
Bog'liq
Ipak ishlab chiqarish sanoatini holati va istiqbollari


Ipak ishlab chiqarish sanoatini holati va istiqbollari

Reja:




  1. Kirish.

  2. To’qimachilik sanoatining dunyo bo’yicha xom ashyosining balansini tahlil qilish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o’zining qator risolalarida, ayniqsa O’zbekistonni xom ashyo boyliklaridan samarali foydalanib, uni tayyor mahsulotlarga aylantirib engil sanoatni jadallik bilan rivojlantirish vazifalari qo’yilgan va uning yo’llari ham ko’rsatilgan.



  1. Bozor talablariga tezda javob bera olmaydigan, dastgohlari eskirib qolgan gigant, katta korxonalarni aksionerlik kompaniyalariga aylantirish, ular bazasida qo’shma korxonalar tuzib yangi zamonaviy texnologiyalarni o’rnatish.

  2. Bozor iqtisodiyoti talablariga tezda javob bera oladigan, mahsulot assortimentlari turlarini tez kunda yangilash qobiliyatiga, yan‟i texnologiyasiga ega bo’lgan kichik, xususiy, qo’shma korxonalarni rivojlantirish.

  3. O’zbekistonning paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotga etkazishni bugungi (1990-7%, 2000-12%) o’rniga 2015 yillarda 40-50% ni respublikada (to’qimachilik va engil sanoat korxonalarida) qayta ishlash vazifasi.

  4. Ipakchilik sohasida tubdan o’zgarish asosida – tutchilikni, pilla qurti urug’chiligini, pilla etishtirish, ipak ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, dunyo andozalaridarajasiga ko’tarish.

  5. Ilmiy asoslangan texnologiyalarni, tayyor mahsulot assortimentlarini yangi ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir turlarini yaratish. Mahalliy xom ashyolardan, tabiiy va kimyoviy tola, iplardan sof, aralashma, teksturlangan va shakldorlarini hosil qilish asosida xaridorgir mahsulotlar turlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish.

  6. Dunyo andozalari va bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan zamonaviy texnika va texnologiyalarni tezda o’zlashtira oladigan, xaridorgir tayyor mahsulotlarni marketing asosida tezda ishlab chiqarishni tashkil qilib boshqara oladigan bakalavr, magistrlar bir so’z bilan aytganda zo’r bilimdon to’qimachilik va engil sanoat uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash.

Yillar davomida dinamikasi, istiqboli 2050 yillar uchun. Paxta, sintetik tola, sellyuloza, jun, tabiiy ipak va boshqa yangi turdagi o’zini xususiyatini o’zgartiradigan tolalar, iplar.

Dunyoda to’qimachilik xom ashyolaridan pilla etishtirish va ulardan xom ipak ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.

Ipak tabiiy tolalar ichida eng yuqori pishiqlikka, fizik-mexanik, gigienik xususiyatlarga ega. Ammo dunyo to’qimachilik xom ashyo balansida 0,5-0,2% ni tashkil etadi xolos. Pilla etishtirish xom ipakni ishlab chiqarishda o’tgan asrning o’rtalarida Yaponiya davlati birinchilikni boshqargan bo’lsa, 80-yillardan boshlab Xitoy va Hindiston jadallik bilan rivojlana boshladi. O’zbekiston Respublikasida o’tgan asrning 90-yillarigacha har yili 35000 tonna ho’l pilla etishtirib undan 2500 tonnaga yaqin xom ipak ishlab chiqarib dunyoda 3-4- o’rinni egallab turgan.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan kolxozlarni inqirozga tutilishi, tut ozuqa bazalarini kamayib borishi natijasida pilla etishtirish ikki barobar xom ipak ishlab chiqarish deyarli 5-6 barobarga kamayib ketdi.

1995 yillarga borib xom ipak ishlab chiqarish 400 tonnaga etgan xolos.

Prezidentimiz tomonlaridan 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-son «20112015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi», shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 avgustdagi 234-son «2012-2015 yillarda nooziq-ovqat iste‟mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish va turlarini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» chiqarilgan qator qarorlarini hayotga tadbiq etib borib yangi tut ko’chati plantatsiyalari tashkil etilib pilla etishtiruvchi fermer xo’jaliklardagi xodimlarni maoshini o’sishi orqali manfaatdorligini oshirish natijasida hozirgi davrda pilla etishtirish 25-26 ming tonna, xom ipak ishlab chiqarish esa 800-900 tonnaga etkazildi.

Hozirgi davrda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir milliy matolardan: xonatlas, beqasab, adras, shoyi to’qimalarini olish va ulardan zamonaviy tayyor kiyimlarni ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilib rivojlanmoqda.

“O’zbekengilsanoat” aksionerlik jamiyati tomonidan mumtoz ipak to’qimalari krepshifon, krepdeshin, krep-jorjet matolarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qurish va ishga tushirish mo’ljallangan.

O’zbekiston 2,500 tonna har yili, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida 400 tonna yiliga, hozirgi vaqtda 800 tonna xom ipak ishlab chiqarmoqda.

Dunyo miqyosida xom ipakni ishlab chiqarish va rivojlanish holati 1jadvalda keltirildi.



1-jadval Dunyo miqyosida xom ipakni ishlab chiqarish holati

Group 257101

Group 257105

Group 257109

Group 257113

Group 257117

Group 257121

Group 257125

Group 257129

Group 257133

Group 257137

Group 257141

Group 257145

Group 257149

1983

28,140

5,681

1,362

-

-

3,899

12,456

2,292

0,825

0,331

1,590

56,576

1984

28,140

6,895

1,458

-

-

3,999

10,800

2,088

0,800

0,357

1,594

56,131

1985

32,000

7,029

1,558

-

-

4,000

9,592

1,850

0,800

0,301

1,762

58,892

1986

34,700

7,905

1,780

-

-

4,000

8,240

1,650

0,975

0,319

1,800

61,369

1987

37,600

8,455

1,740

-

-

4,000

7,864

1,608

0,989

0,292

1,950

64,498

1988

34,400

9,300

1,749

1,000

300

4,000

6,840

1,343

0,100

0,334

0,990

61,256

1989

40,700

9,757

1,696

1,000

400

4,000

6,078

0,936

0,100

0,306

1,000

66,873

1990

44,000

10,20

1,693

1,200

550

4,000

5,800

0,972

0,900

0,357

0,900

70,572

1991

48,480

10,80

1,903

1,300

0,700

4,000

5,527

0,900

0,800

0,300

0,900

75,610

1992

54,480

13,00

2,296

1,200

900

3,600

5,100

0,883

0,500

0,200

0,600

82,759

1993

69,300

13,20

2,326

1,200

1,000

3,000

4,254

0,840

0,450

0,190

0,700

96,76

2000

102,46

13,00

2,000

-

1,100

1,200

2,5

0,750

0,390

0,200

0,900

124,5

2010

104,15

18,20



-

1,120

1,500

2,0

0,720

0,400

0,185

1,0

129,2

2015

113,92

19,10



-

1,130

1,700

1,7

0,690

0,370

0,190

1,2

140,0

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xom ipakni ishlab chiqarish va uning rivojlanishi ko’p mamlakatlarda bir xil kechmayapti. Buning asosiy sabablaridan biri dunyoda aholining jadallik bilan rivojlanib borishi hozirgi davrda (2015 y) 7 mlrd. bo’lsa, 2050 yilga borib 10 mlrd. bo’lishi bashorat qilinmoqda. Buni 1rasmdan ko’rishimiz mumkin.

O’sib borayotgan aholini 1-navbatda oziq-ovqat, uy-joy bilan ta‟minlash bo’lsa, tabiiy tolalarni o’stiradigan er maydonlari tobora qisqarib boradi. Tabiiy tolalar shu jumladan pilla etishtirish va ipak ishlab chiqarishni ko’paytirish asosan yuqori hosil beradigan yangi zot va duragay qurt urug’larini yaratishni taqozo etadi.

Xom ipakning inson tanasiga rohat bag’ishlashini asosiy sabablaridan biri uning tarkibidagi jonivorlar uchun zaruriy aminokislotalar barchasi mavjudligidan iborat.

Ipak tabiiy konditsioner bo’lib, namlikni yutgani bilan iplar diametri yo’g’onlashadi, ammo ipak mato o’zi ho’l bo’lmaydi. SHuning uchun ham qishda issiqlikni saqlaydi, yozda esa tana namligini tashqariga uzatadi.



Group 257895

Group 257894

Ro’yxatda 5 mlrd. odam. Ro’yxatda 10 mlrd. odam.

1-rasm. Dunyo aholisini o’sishi

Pilla etishtirish xom ipakni qayta ishlab turli noyob matolar ishlab chiqarish jarayonida ipakning tolali chiqindilari paydo bo’ladi. Ulardan yigirilgan ipak iplari olinadi. Dunyo bozorida 1 kg xom ipakni va 1 kg chiqindilardan yigirib olingan ipak ipining narxi bir xil turadi.

Yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarishda esa yana ikilamchi ipakning tolali chiqindilari paydo bo’ladi. Bu tolalarni pishiqliklarini paxta va jun tolalari bilan solishtirilganda ularga nisbatan bir necha bor yuqoriligi isbotlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ipakni qayta ishlashda uni chiqindisiz texnologiyasini yaratishni chuqur o’rganish maqsadga muvofiq.



Adabiyotlar ro’yxati:

1. Алимова X. Безотходная технология переработки шѐлка. Ташкент. “Фан”, -1994. 2.Усенко А., Заболоцкий Л.М. Технология шѐлкопрядения. М.Тизлекнром. 1961.-392 с.



З.Совершенствование технологии подготовки шѐлковых отходов к чесанию

(обзор). Туйчиев Д., Мухамедов М.М., Бурнашев И.З. Ташкент: ГФНТИ, 1993.

4.Алимова Х.А. О проблемах рациональпого использования отходов переработки коконного сырья. Шѐлк: РС/ УзНИИНТИ. 1992. - № 6. -С.18-19.

5.Дерягин Б.В. Что такое грение? М: АН 1963. -230 с.

6.Махкамов Р.Г. Основы процесса взаимодействия поверхностей твердых тел с волокнистой массой. Ташкент: Фан - 1979.
Download 271 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling