“Ipak yo‘li banki” taqdim etmoqda Bundan tashqari, “Saderatbank da 3 yil


Download 58.27 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi58.27 Kb.
#1557438
  1   2
Bog'liq
Nazariya 4


Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev O‘zbekiston bank tizimi holati haqida umumiy ma’lumot berib, uni rivojlantirishning istiqbolli bosqichlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, dollarlashuv darajasini pasaytirish maqsadida Moliya vazirligi huzurida xedj-fond tashkil etilmoqda, valyuta kreditlarini jalb qilishda esa «ehtiyotkorlik siyosati» olib boriladi. 2025 yilda bank sektoridagi hukumat ulushini 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston bank tizimida 32 ta bank, jumladan, 12 ta davlat ulushiga ega, shuningdek, 15 ta xususiy va 5 ta xorijiy banklar mavjud. 1 noyabr holatiga ko‘ra, banklar aktivlari 39 mlrd dollarni (419 trln so‘m) tashkil etib, ularning 82 foizi davlat banklariga tegishli. Banklarning majburiyatlari 33 mlrd dollarga (352,6 trln so‘m) yetdi, shundan 40 foizini depozitlar tashkil etadi.


Banklarning umumiy kapitali 6,2 mlrd dollar (66 trln so‘m) darajasida bo‘lib, shundan 81 foizi davlat banklari kapitaliga to‘g‘ri keladi.
«Banklarning moliyaviy barqarorligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan davrida risk darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarning o‘sishi 21 foizga — 317 trln so‘mdan 383 trln so‘mga, jami kapitalining o‘sishi 14 foizga — 66 trln so‘mga yetdi. Kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti 1,2 foizga tushib, 17,2 foizni tashkil etdi, bu minimal talablarga javob beradi», — dedi Abrorxo‘ja Turdaliyev.
Hozirda mavjud 32 ta bankdan 17 tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin bo‘lib, kreditning maksimal miqdori 200 mln so‘mni, minimal foiz stavkasi 23%ni tashkil qiladi

Maksimal kredit summasini 200 mln so‘m bilan “Ipak yo‘li banki” taqdim etmoqda
Bundan tashqari, “Saderatbank"da 3 yil muddatga 600 mlngacha iste’mol krediti taqdim etiladi. Mazkur iste’mol kreditini olishda talab qilinadigan shartlardan biri — oylik ish haqi 25−30 mln soʻmni tashkil qilishi kerak.



Download 58.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling