“ipak yo‘LI” turizm xalqaro universiteti turizm menejmenti fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 391.37 Kb.
Sana26.04.2020
Hajmi391.37 Kb.
#101630
Bog'liq
2-mavzu

“IPAK YO‘LI” TURIZM XALQARO UNIVERSITETI

TURIZM MENEJMENTI FAKULTETI

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI HAMDA IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

Fan: “BUSINESS UZBEK” (“TADBIRKORLAR UCHUN O‘ZBEK TILI”)

MAVZU: “ISH YURITISH TILI VA USLUBI. RASMIY USLUB”

(2-mavzu)


SAMARQAND – 2020

O‘qituvchi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent SULTONOV TO‘LQIN ERGASHEVICH

O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.

  • O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.

Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi.

Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar tashqi hujjatlar sanaladi



Ish yuritish

Kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchillikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatdir

Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman faoliyati ish qog‘ozlarini tuzish bilan bog ‘liq kishi o‘zbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishi kerak.

Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman faoliyati ish qog‘ozlarini tuzish bilan bog ‘liq kishi o‘zbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishi kerak.

‘‘ish yuritish’’ atamasi ruscha ‘‘делопроизводство’’ so‘zidan tarjima qilinib tilimizga kiritilgan. Tariximizda esa saroy va yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar ‘‘munshiy’’ deb atalgan.

‘‘munshaot’’ So‘ZI ARAB TILIDAN O‘ZLASHGAN BO‘LIB, ‘‘ISH YURITISH’’ DEGAN MA’NONI BILDIRADI.

  • Mahmud Koshg‘ariyning guvohlik berishicha, o‘sha davrda davlat tilida ish yuritish ‘‘munshiy’’ deb yuritilgan.

Yusuf xos hojibning ‘‘qutadg‘u blig’’ (XI asr) asarida‘‘YORLIQ, NOMA’’ MA’NOSIDAGI ‘‘BILDIRGULIK’’ SO‘ZI QO‘LLANGAN. BU SO‘Z SOF TURKIY ‘‘BILMOQ’’ FE’LIDAN YASALGAN.

Yusuf xos hojibning ‘‘qutadg‘u blig’’ (XI asr) asarida‘‘YORLIQ, NOMA’’ MA’NOSIDAGI ‘‘BILDIRGULIK’’ SO‘ZI QO‘LLANGAN. BU SO‘Z SOF TURKIY ‘‘BILMOQ’’ FE’LIDAN YASALGAN.


‘‘RAPORT’’ SO‘ZINI O‘ZBEK TILIDA ‘‘BILDIRISH’’ SO‘ZI BILAN NOMLASH MUMKIN.

‘‘SPRAVKA’’ SO‘ZINI ‘‘MA’LUMOTNOMA’’ SO‘ZI BILAN IFODALASH MUMKIN.

‘‘AKT’’ hujjatini o‘zbek tilida ‘‘DALOLATNOMA’’ so‘zi bilan atash mumkin.

‘‘AKT’’ hujjatini o‘zbek tilida ‘‘DALOLATNOMA’’ so‘zi bilan atash mumkin.

‘‘DALOLATNOMA’’da biror hodisa yoki biron-bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi. Dalolatnoma so‘zidagi ‘‘noma’’ qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi.

    • o‘zbekcha ‘‘YO‘RIQNOMA’’ so‘zini ishlatish mumkin

‘‘ИНСТРУКЦИЯ’’ so‘zi o‘rnida

Hujjatlar matniga qo‘yiladigan

Hujjatlar matniga qo‘yiladigan

eng muhim talablardan biri xolislikdir.


Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim.

Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud.


Rasmiy uslubda

  • kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar,
  • shevaga oid so‘zlar
  • tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar
  • o‘xshatish
  • jonlantirish
  • mubolag‘a
  • istiora
  • tashxis
  • kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.


Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.

Hujjatlarda tilning ikki vazifasi xabar berish va buyurish vazifalari amalga oshadi.

Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi.

Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari

  • Buyruq
  • Farmoyish
  • Ko‘rsatma
  • kabilar birinchi shaxs tilidan bo‘ladi.

ayrim shaxs tomonidan yoziladigan hujjatlar




Ariza

Tushuntirish xati

shu kabi hujjatlar birinchi shaxs birlik sonda yoziladi.

Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi.

‘‘…ga ruxsat berishingizni so‘raymiz’’, ‘‘…deb hisoblaymiz’’;

‘‘ma’muriyat talab qiladi’’, ‘‘boshqarma so‘raydi’’ kabi.

Hujjatdagi fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xatboshi (abzas)ning ahamiyati ham katta.

Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshidan ikkinchi xatboshigacha bo‘lgan matn 4-5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq.

Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Hujjatning nomidan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas.

Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Hujjatning nomidan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas.


.

Ish yoki faoliyat qog‘ozlarini yoza bilish olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita qo‘llash demakdir.

E’TIBORINGIZ UCHUN

RAHMAT


E’TIBORINGIZ UCHUN

RAHMAT!!!

Download 391.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling