Ipakchilik va tutchilik


). 500 gramm 2). 250 gramm


Download 295.48 Kb.
bet18/21
Sana24.06.2023
Hajmi295.48 Kb.
#1653985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2

1). 500 gramm 2). 250 gramm
7-rasm: To‘rtbo‘rchak shaklda bo‘lingan 500 g namuna; 2- qarama-qarshi bo‘rchaklari olib tashlangan 250 g namuna urug‘.

Qoldirilgan urug‘lar qayta aralashtirilib yana 4 burchakka bo‘linadi bu safar (bu gal) ikki yon burchakdan urug‘lar olib tashlanib yuqoridagi va pastki burchakda urug‘lar qoldiriladi va shu tarizda to kerakli tekshiruv urug‘ qolguncha takrorlanadi. Oxirgi qoldiqdan 3-5 gramm tekshiruv urug‘i tortib olinadi.


Bu olingan namuna urug‘ yordamida tut urug‘ining quyidagi sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi:

  1. Urug‘ning tozalik darajasi. %

  1. Urug‘ning mutloq og‘irligi, g.

  1. Urug‘ning unib chiqish darajasi, %

  1. Urug‘ning xo‘jalik qiymati, %

  2. Urug‘ning 1 gektarga ekish me’yori, kg.



Tut urug‘ining tozalik darajasini aniqlash. Buning uchun 3-5 gr urug‘ maxsus taxta yoki qog‘ozga to‘kilib dastali igna yordamida ik­kiga, «yaxshi urug‘» va «aralashma» (puch urug‘lar, har xil chiqindilar)ga ajratiladi. Yaxshi urug‘ tortib olinib quyidagi formula bo‘yicha urug‘ning tozalik darajasi aniqlanadi:
P=P2x100/P1 ,
Misol, R=4,8x100/5=480/5=96%
Bu yerda R1- tekshiruv urugning ogirligi:
R2-yaxshi toza urug‘ning og‘irligi
Urug‘ni mutloq og‘irligini aniqlash. Urug‘ning mutloq og‘irligini aniqlash uchun ikki marta 1000 ta toza urug‘ sanab olinib ular alohida torozida tortiladi, ikkalasining o‘rtacha og‘irligi urug‘ning mutloq og‘irligi hisoblanadi. Misol :
1000 ta urug‘ning og‘irligi-1,46 g
1000 ta urug‘ning ogirligi- 1,54 g
mutloq og‘irlik 1,46+1,34g=3,00:2=1,5g., demak urug‘ning mutloq og‘irligi=1,5g.
Bir kilogramdagi urug‘ning o‘rtacha soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
n=1000x1000/1.5=666666 dona
Urug‘ni unib chiqish darajasini aniqlash.
Urug‘ning unib chiqish darajasi ikki usulda aniqlanadi: 1-urug‘ni termostatda undirish, 2-murtagini bo‘yash.
1-usul. Urug‘ni termostatda undirish.
Suv to‘ldirilgan vannacha ustiga oddiy oyna, ko‘ndalang qo‘yilib uning ustiga yetti-sakkiz qavat filtr qog‘ozi o‘rab ikki uchini suvga tekkizib qo‘yish kerak. Bu filtr qog‘ozni to‘rt bo‘lakka bo‘lib har bir bo‘lagida (qaytarilishi) 100 (yuz) donadan urug‘larni dastali uchi tumtoq igna bilan qilingan katakchalarga joylashtiriladi (3-rasm).


Download 295.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling