Ipakchilik va tutchilik


-rasm: Tut urug‘ini suv to‘ldirilgan vannacha ustida joylashtirilgan filtr qog‘ozga ekish va ko‘karuvchanligini tahlil qilish


Download 295.48 Kb.
bet19/21
Sana24.06.2023
Hajmi295.48 Kb.
#1653985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2

8-rasm: Tut urug‘ini suv to‘ldirilgan vannacha ustida joylashtirilgan filtr qog‘ozga ekish va ko‘karuvchanligini tahlil qilish.
Namuna urug‘lar hammasi joylashtirilib bo‘lgach vannacha termastat ichiga qo‘yiladi. Termostatni harorati 30-32°С bo‘lishi kerak.
Har kuni urug‘lar kuzatilib boriladi. Bo‘laklarda (to‘rt qaytarilishda) unib chiqqan barcha urug‘lar soni hisoblanib jurnalga yozib boriladi. Masalan: qaytarilishlar (bo‘lakchalar) bo‘yicha 90,86,70 va 80 dona urug‘ unib chiqqan
Urug‘lar unishi to‘xtagandan keyin namuna uchun olingan urug‘larning unib chiqish foizi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
Ch=Ch2x100/Ch1=90 + 86 + 70 + 80/4=326x100/400 = 81,5%
Tut urug‘ining unib chiqish darajasini murtagini bo‘yash yo‘li bilan aniqlash:
Buning uchun distillangan suvda 1-2 sutka ivitilgan urug‘dan dastali igna yordamida juda ehtiyotkorlik bilan lupa tagida murtagi chiqarib olinib, Petri kosachasiga joy­lashtiriladi. Chiqarilayotgan murtaklar toza suvga solib qo‘yiladi. Namuna uchun olingan 400 ta urug‘ murtagi chiqarilib bo‘lgach, asta sekinlik bilan suvga to‘kiladi. So‘ngra indigokormin (konsentratsiyasi 1:500) eritmasi murtak turgan idishga quyiladi Bu eritmada murtaklar bir sutka saqlanadi, keyin toza suv bilan yuviladi.
To‘liq bo‘yalgan, kam bo‘yalgan va butunlay bo‘yalmagan murtaklar alohida sanaladi. Urug‘ning unish darajasi bo‘yalmagan murtaklar soniga qarab chiqariladi. Masalan: 400 ta murtakdan 360 tasi bo‘yalmagan bo‘lsa, u holda urug‘ning unib chiqishi darajasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ch=Ch2x100/Ch1=360x100=90%
bu yerda Ch1-tekshirish uchun olingan namuna urug‘lar soni.
Ch2-bo‘yalmagan namuna urug‘lar soni.
O‘rtacha tinchlik davri - kunlar albatta asosiy unib chiqqan urug‘lar soniga qaratiladi. Urug‘ning o‘rtacha tinchlik davri kunlari bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi.
TD= a1t1+a2t2+….+antn/a1+a2+…..an
bu yerda:TD — urug‘ni tinchilik davri
t1,t2...tn — urug‘ni unib chiqishi uchun qo‘yilgan kundan boshlab oxirgacha.
a1,a2...an —shu kunlarda ungan urug‘lar soni.
Urug‘ yaxshi unib chiqish kuchi dastlabki 5-6 kun davomida unib chiqish darajasi bilan baholanadi.

Download 295.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling