Ipakchilik va tutchilik
-jadval Termostatga qo‘yilgan tut urug‘larini unish darajasi
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Xulosa va AMALIY takliflar.
- “Urug‘lik ona tutzorlarni tashkil etish va urug‘ olish texnologiyasini tahlil qilish”
6-jadval
Termostatga qo‘yilgan tut urug‘larini unish darajasi.
Urug‘ning o‘rtacha tinchlik davri quyidagicha bo‘ladi: UTD=2x3+12x4+22x5+28x6+10x7+5x8+2x9+1x10/ 2+12+22+28+10+5+2+1=470/82=5,7 kun urug‘ni unish kuchi =0+0+2+12+22+28=64% Urug‘ni xo‘jalik qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. XQ = Tozalik % x unib chiqishi %/100=....% Agarda urug‘ning xo‘jalik qiymati 70% va yuqori bo‘lsa, u holda 800, 60% dan 70% gacha –900, 50 dan 60% gacha bo‘lsa,-1000 kilo foiz. Bir gektar urug‘ni ekish me’yori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. EM kilofoiz/XQ=kg IV. Xulosa va AMALIY takliflar. Respublikamiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va pillachilikning oziqa bazasini mustahkamlashni talab etadi. Shunga ko‘ra,pillachilikning oziqa bazasini yil sayin mustahkamlash uchun navdor ko‘chatlar yetkazish ehtiyojini qoplaydigan darajada tut urug‘ini tayyorlash talab etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tanlagan Bitiruv Malakaviy ish mavzusi “Urug‘lik ona tutzorlarni tashkil etish va urug‘ olish texnologiyasini tahlil qilish”mavzusi bo‘yicha bo‘lib ishning dolzarbligi, mazmuni, tartibi va olib borilgan ishlar reja asosida qilingan.Muxtasar qilib aytganda, o‘qish davomida olgan , bilimlarim va tanishuv, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotida ko‘rgan- bilganlarim, tutchilikka oid darslik hamda yangi avlod adabiyotlaridan foydalangan holda tayyorlagan bitiruv malakaviy ishim yuzasidan quyidagi xulosa va amaliy takliflarga to‘xtaldim. Urug‘lik tutzor uchun unumdor, relefi tekis, sho‘rlanmagan yoki kam sho‘rlangan, sizot suvlari chuqur joylashgan, maydoni kamida 1-2 ga li yerlar ajratilishi, kuzda 35-40 sm chuqurlikda haydalishi kerak bo‘ladi. Urug‘lik tutzorni barpo qilishda navdor urg‘ochi va erkak tutlarning qalamchasidan yoki payvand ko‘chatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Yuqorida aytilgan ma’lumotlarga ko‘ra urug‘lik tutzorlarda ko‘chatlarni joylashtirishda 75% ini urg‘ochi gulli va 25% ini erkak gulli daraxtlar tashkil etishi lozim. Urug‘lik tutzorlarni tashkil vilishda Respublikamizning janubiy va mo‘tadil iqlimli mintaqalarida ekish sxemasi qator va tup orasi 8x8 m, shimoliy mintaqalarda esa qator va tup orasi 6x6 sxemada ekish tavsiya etiladi. Har bir xududning iqlim sharoitiga qarab, urug‘lik tutzor birinchi-ikkinchi o‘sish yillari 6-8 marta sug‘orilishi va tutzorning har gektariga yiliga sof o‘g‘it hisobida 180 kg dan azot va fosfor, 40 kg kaliy, unumdor tuproqli urug‘lik tutzorga esa 120 kg dan azot va fosfor, 40 kg kaliy o‘g‘itlari ikki muddatda solinishi lozim. Tut daraxtida tut mevalarining yetilishi va pishishi uning yoshiga, naviga , ekilish qalinligiga, hamda ayniqsa iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lib, may oyining ikkinchi yarmidan boshlab terilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tut urug‘ining sifati Davlat urug‘ini nazorat qilish uchastkasida Davlat standarti bo‘yicha olingan namunani tekshirish orqali aniqlanib, yetishtirilgan tut urug‘ini sifati ikki muddatda birinchi marta urug‘ni omborga qo‘yish oldidan 10 kun ichida va ikkinchi marta urug‘ning belgilangan talablarga to‘liq javob beradigan muddati tugashidan bir oy oldin tekshirilishi kerak. Laboratoriyada tut urug‘ni xo‘jalik qimmatini tahliliy ravishda o‘rganganimda tozaligi va unib chiqish foizi, urug‘ning ko‘karish kuchi, urug‘ning o‘rtacha ko‘karish davri urug‘ning og‘irligi, urug‘ning sog‘lomligi tekshiriladi va urug‘ga xo‘jalik qimmati haqidagi guvohnoma berilishi zarur hisoblanadi. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling