Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari


Valyuta ayirboshlash amaliyotlari maxsus boshqarmasi


Download 431.06 Kb.
bet7/16
Sana22.06.2023
Hajmi431.06 Kb.
#1646419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank

Valyuta ayirboshlash amaliyotlari maxsus boshqarmasi
G'aznachilik boshqarmasi
Narx siyosati va pul bozori operatsiyalari bo'limi
Bank aktivlari-passivlarini tahlili bo'limi
Korporativ va qurilish korxonalarini kreditlash boshqarmasi

  • Bank kafolatlari bo'limi

  • Qurilish ishlarini kreditlash bo'limi

Xodimlar bilan ish olib borish boshqarmasi

  • Bosh bankda ishni tashkil qilish bo'limi

  • Filiallar bilan ishni tashkil qilish bo'limi

  • Mehnat muhofazasi sektori

  • Boshqaruv Raisining maslahatchilari

  • Boshqaruv Raisi yordamchisi




  1. Ipoteka-bank faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar

    1. Bank kuyidagi xuquqlarga ega:

  • omonatchilar va karz oluvchilar bilan tuzilgan shartnoma asosida, bozor k "‘yunkturasini xisobga olgan xolda depozitlar va beriladigan kreditlar buyicha foiz stavkalarini mustakil belgilash. Markaziy bankning kredit resurslari xamda Moliya vazirligining kredit liniyasi xisobidan beriladigan kreditlar buyicha foiz stavkalari markazlashtirilgan resurslar uchun tulanadigan xak va Bank xarajatlarini xisobga olgan xolda belgilanadi;

  • kredit, investitsiya, dividend, emissiya va boshqa siyosatlarni mustakil oslgalash va amalga oshirish;

  • boshqa banklar bilan bir-birining mablagini shartnoma asosida kredit shaklida jalb etish va joylashtirish;

  • talabdan voz kechish to‘g‘risidagi shartnoma yoki konun asosida kredit va boshqa aktiv operatsiyalar bo‘yicha xar kanday xajmdagi talab (xuquq)larni boshqa shaxslarga o‘tkazish (voz kechish), shuningdek kredit va boshqa aktiv operatsiyalar buyicha uchinchi shaxslarning talab (xuquq)larini olish (ega bo‘lish);

  • tashkil etilgan xisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari [rkali xisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • mijozlarga kursatilgan xizmatlar uchun vositachilik mikdorini milliy va chet el valyutasida mustakil belgilash;

  • barcha solik va majburiy tulovlar to‘langandan keyin Bank ixtiyorida k sof foyda xisobidan zaxira va fondlar tashkil etish;

  • o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bulgan konunchilikda ta’kiklanmagan bitimlar va boshqa xo‘jalik sub’ektlari bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish:

  • o‘zining xo‘jalik, moliyaviy va tijorat faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtirish va tashkil etish. Bank xodimlariga ish xaki mikdori va tizimini mustakil belgilash.

2. Moliyaviy barkarorlikni ta’minlash, kreditorlar va omonatchilarning cha-faatlarini ximoya qilish maksadidagi Bankning burchlari:

  • Markaziy bank belgilagan iqtisodiy me’yorlarga rioya etish;

  • o‘z kapitali va likvidli resurslarini etarli darajada saklab turish;

  • Markaziy bank belgilagan tartibda aktivlarni tasniflash asosida ular 5 extimoliy yukotishlarni koplash uchun zaxira yaratish;

  • yukotishlar xatarini kamaytirish maksadida uz aktivlarini diversifikatsiyalash;

Quyidagi xolatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tegishli shartlarga rioya etish:

  • amalga oshirilgan investitsiyalarning turi va shakllari; ko’chmas va boshqa mol-mulk sotib olish va egalik qilish;

v) boshqa yuridik shaxslarning ustav fondi (kapital)larida ishtirok
egish:

  • amaldagi bank konunchiligi asosida kredit, investitsiya, dividend, echassiya va boshqa siyosatlarni, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doyr oosza ichki me’yoriy xujjatlarni ishlab chikish;

  • investitsiyalar (kimmatli kogozlar, kreditlar) kiritiligan ajrztilgan) korxonalar faoliyati monitoringini amalga oshirish;

So‘nggi paytlarda bank faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida bir qator farmon va qarorlar qabul qilinyapti. Bular jumlasiga “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (26.11.2011 y.N PQ-1438) qabul qilindi.
Ushbu qarorda respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o‘zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash maqsadi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi TIF milliy banki 1991 yil 7 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan.
O‘z faoliyatining dastlabki yillaridayoq Milliy bank Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng katta investitsiya muassasasi hamda butun sobiq sovet fazosidagi eng yirik shunday muassasalardan biri sifatida e’tirof etilgan edi. U xalqaro hisob-kitoblar yuzasidan xizmatlar ko‘rsatdi, hukumatning valyuta aktivlaridan samarali foydalanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va mijozlarga keng doiradagi bank xizmatlari ko‘rsatish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy o‘zgartishlarni amalga oshirishda faol qatnashib, Milliy bank bir necha marotaba istiqbolli loyihalarning tashabbuskori bo‘ldi va yangi moliyaviy marralarni birinchi bo‘lib zabt etish vazifasini bajarib keldi.
Bank jiddiy sherik sifatida obro‘ orttirgani va jo‘shqin rivojlanib kelayotganligi Bank aktivlari o‘sishida, mijozlar bazasi ko‘payishida, vakillik munosabatlari tarmog‘i kengayishida yordam berdi.
BANKNI BOSHQARISH
Bankni boshqarish organlariga quyidagilar kiradi:

    • Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi;

    • Bank Kengashi;

    • Bank Boshqaruvi.

BANK OPERATSIYALARI
Bank operatsiyalarni bajarish va pul mablag‘larini saqlash uchun Markaziy bank muassasalarida vakillik hisobvaraqlariga ega. Bank boshqa banklarda vakillik hisobvaraqlari ochishi mumkin.
Bank o‘z faoliyatida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;

  • omonatlarni jalb etish;

  • kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;

  • mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;

  • chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shaklarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;

  • pul mablag‘lari, vekcellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;

  • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

  • uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;

  • qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

  • bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;

  • moliyaviy lizing;

  • xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar.

Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshirish huquqiga ega.
Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas.
Bank yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qiladi va ularni depozit hisobvaraqlarida (talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa turdagi depozit hisobvaraqalarda) va boshqa majburiyatli hisobvaraqalarda saqlaydi.
Bankning mijozlar va boshqa kontragentlar bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida quriladi.
Bank tomonidan kreditlar jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, ta’minlanganlik, to‘lovlilik, foizlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. Kreditlarni berish qarz oluvchilar bilan tuziladigan kredit shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Kreditlash shartlari Bank tomonidan belgilanadi.
Bank tomonidan ajratiladigan kreditlar amaldagi qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mulk garovi, kafolatlar, kafilliklar va bank amaliyotida qabul qilingan boshqa usullar bilan ta’minlanadi. Bank mazkur ta’minotlarning etarliligini Markaziy bankining tavsiya va tartiblarini hisobga olgan holda belgilaydi.

  • Chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda, Bank mazkur litsenziya va Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.

  • Bankning mablag‘lari va kredit resurslari. Bankning o‘z mablag‘lari: ustav kapitalidan; zaxira fondidan; taqsimlanmagan foydadan; foydadan tashkil topuvchi boshqa fondlardan hosil bo‘ladi Bankning zaxira fondi Bank ustav kapitalining 15 foiziga etguniga qadar har yili sof foydadan 5 foiz miqdordagi ajratmalar o‘tkazish orqali tashkil etiladi.

  • Bank jamg‘armalarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar Bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

  • Zaxira fondidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

  • Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobiga shakllanadi:

  • bankning o‘z mablag‘lari (sotib olingan asosiy vositalar qiymati, banklar va boshqa yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok ulushiga qilingan qo‘yilmalar va o‘zga immobilizatsiya qilingan mablag‘lardan tashqari);

  • yuridik shaxslarning Bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lari;

    • fuqarolarning muayyan muddatga va talab qilib olinguncha jalb qilingan omonatlari;

    • boshqa banklarning kreditlari;

    • imzolangan bitimlar va shartnomalarga muvofiq jalb qilinadigan boshqa davlatlarning korxonalari va banklari mablag‘lari;

    • obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarish natijasida olingan mablag‘lar;

    • jalb qilingan boshqa mablag‘lar.

  • Bankning moliya yili mobaynida taqsimlanmagan foydasidan kredit resurslari sifatida foydalanilishi mumkin.

  • Bankning ustav kapitali aksiyadorlar sotib olgan bank aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi.

  • Qonunchilikka muvofiq Bank ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish mumkin.

  • Bankning ustav kapitali aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.

  • Bankning ustav kapitalini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish va Bank ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.

  • Bankning ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini Bankning o‘zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin.

Ustav kapitalini kamaytirish va Bank ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qaror Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.
Bankning huquq va majburiyatlari. Bank quyidagi huquqlarga ega:

  • omonatchilar va qarz oluvchilar bilan kelishuvga muvofiq depozitlar va beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilash;

  • shartnoma asosida mablag‘larni depozitlar, kreditlar shaklida boshqa banklardan jalb etish va boshqa banklarga joylashtirish;

  • tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash;

  • barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘lab bo‘lingandan keyin bank tasarrufida qoladigan sof foyda hisobidan zaxiralar va fondlarni tashkil etish;

  • kredit ajratilayotgan yuridik shaxs hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan hisobotlar, balanslar va ularning to‘lov qobiliyatini, shuningdek berilgan kreditlar ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;

  • o‘z mablag‘lari yoki Bank kreditlari ishtirokida ob’ektlarni qurish, texnika bilan qayta jihozlash va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha mo‘ljallanayotgan loyiha echimlari ekspertizadan o‘tkazilishini talab qilish;

  • qarzdorning to‘lovga qodir emasligi e’tirof etilganda, u kreditni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganda, kreditdan maqsadli foydalanish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganda, hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda yoki buxgalteriya hisobida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganda, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda kreditni bundan buyon berishni to‘xtatish, berilgan summalarni muddatidan oldin undirib olish;

  • o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, qonun hujjatlarida, litsenziyada va Ustavda nazarda tutilgan boshqa harakatlar va operatsiyalarni bajarish.

Bankning majburiyatlari:

  • Markaziy bankda mablag‘lar zahirasini yaratish hamda belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya etish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan talablarini bajarish;

  • kreditlar va lizing bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi Markaziy bank tomonidan belgilangan miqdorlarda va tartibda zahiralar tashkil etish;

  • Markaziy bankning topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajarish;

  • beriladigan kreditlarni ta’minlash bo‘yicha garov, kafolat, kafillik va majburiyatlarning etarliligini hisobga oluvchi ichki normativ tartibni o‘rnatish;

  • o‘z faoliyatiga doir axborotni Markaziy bank belgilaydigan tartibda oshkor qilishni amalga oshirish;

  • bankda ichki audit xizmati mavjud bo‘lishini ta’minlash;

  • o‘z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, hisobvaraqlari hamda jamg‘armalariga doir ma’lumotlarni, shuningdek bank sirini tashkil etuvchi boshqa ma’lumotlarni sir saqlash.

Mijozlarning Bankdagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatliklari faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda xatlanishi yoki ularga undiruv qaratilishi mumkin.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar sudga, sud ijrochisiga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek davlat soliq xizmati organlariga qat’iy ravishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalari to‘g‘risidagi axborot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.

  • Bankning mansabdor shaxslari va xizmatchilari bank sirini oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

  • Bankning tijorat siri toifasiga kiritilgan axborot bilan Bankda ishlash tartibi va u bilan ishlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik Bank Boshqaruvi tomonidan belgilanadi.

  • Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun xoxlagan banklarida milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari hamda depozit hisobvaraqlarning boshqa turlarini ochishlari mumkin. Bunda, mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida rasmiylashtiradi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka ariza bilan birgalikda boshqa zaruriy (hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha) hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar ochishlari va keyingi ish kunidan kechiktirmay, hisobvaraqlar ochilganligi to‘g‘risida tegishli soliq organiga yozma ravishda xabar beradi. Mijozlar tomonidan xorijiy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va depozit hisobvaraqlarning xorijiy va boshqa milliy valyutadagi turlarini ochish uchun bankka yuqoridagi hujjatlar taqdim qilinadi. Bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan hisobvaraq mavjud bo‘lsa, faqat hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qilinadi.

  • Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlariga xoxlagan banklarda hisobvaraqalar ochishlari uchun tegishli hujjatlar bilan birga, imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha notarial yoki yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Agar bank operasiya qismlarini joylashtirish shartlari bo‘yicha zarur bo‘lsa, ushbu bankda bittadan ko‘p hisobvaraqqa ega bo‘lgan hisobvaraq egalaridan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchaning qo‘shimcha nusxalari talab qilinishi mumkin. Bunda qo‘shimcha nusxalar bank bosh buxgalteri yoki uning o‘rinbosari tomonidan varaqchaning asosiy nusxasi bilan solishtirgandan keyin tasdiqlanadi. Varaqchalarning bunday nusxalarini qo‘shimcha tasdiqlash talab qilinmaydi. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Imzo namunalari varaqchasiga yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri imzolari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslarning imzolari kiritiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Xo‘jalig rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning asosiy muhri bo‘lmagan holda ular faqat o‘zlarining imzolari namunalarini taqdim qiladilar.




  1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligini belgilivchi omillar tahlili” nomli bitiruv malakaviy ishi bog’liq bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar

Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo‘jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda raqobat to‘g‘risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan shug‘ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi. Xususan mamlakatimizda O'zbekiston RespublikaSI Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo'mitasi tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar, shu jumladan, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga yo‘naltirilgan.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xususida so‘z yuritishdan oldin, avvalo raqobat tushunchasi, raqobatbardoshlik kabi tushunchalarga to‘talib o‘tamiz. Xususan raqobat tushunchasi asosan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon xisoblanadi. Faqat uning iqtisodiy mohiyatini va amal qilishining ob’ektiv asoslarini chuqur anglab etish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish sharoitida raqobatni rivojlantirish shart-sharoitlarini aniqlash va ularni ta’minlash yo‘llarini o‘rganish mazkur mexanizmdan maqsadga muvofiq foydalanish, uning ijobiy ta’sirlari samarasini oshirish imkonini beradi. Ayniqsa, o‘tish davri iqtisodiyotida raqobat kurashining namoyon bo‘lish shakllari va usullari o‘ziga xos xususiyat kasb etib, ulardan to‘g‘ri foydalanish iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish va erkinlashtirish jaryonlariga hamda milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirishda ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatbardoshlik –ko‘p qirrali tushuncha, uning zamirida tovar va xizmatlarning bozor sharoitlariga va iste’molchining talablariga o‘zining nafaqat sifat, iqtisodiy, texnik, estetik, ergonomik jihatlari bilan muvofiqligi, balki uning bozordagi savdo-sotiq sharoitlarining (etkazib berish muddati, narxi, sotish kanallari, servis, reklama) mos kelishligi kabi jihatlar ham yotadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshliligi bu – halol raqobat sharoitida jahon bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o‘sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hamda o‘rta va uzoq muddatga iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyatidir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirmasdan, raqobatdosh iqtisodiyot, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, o‘rta muddatli istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishdek strategik vazifani amalga oshirish mumkin emasligi Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Darhaqiqat, hozirgi sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta’minlash orqaligina mamlakatni barqaror rivojlantirish mumkin.
Raqobatbardoshlik bo‘yicha olimlar tomonidan turli xil nazariyalar va qarashlar ilgari surilgan bo‘lib, ularning mazmuni keyingi qismda to‘liq yoritilgan. Jumladan M.Porterning “Millatlarning raqobat ustunligi” nomli kitobida raqobat nazariyasi, D.S. CHo raqobat to‘g‘risida izlanishlari, Jon Key “Mamlakatlarning qanday raqobatlashishi masalasi” nomli asari, P.Krugman, R.J.Piterson, Xin Li “Milliy raqobatdoshlik tarkibiy tuzilmasi sari” kabi ishlarida iqtisodiyot raqobatbardoshligi to‘g‘risida nazariyalarni ilgari surganlar.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbarjoshligini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilish va o‘rganishda mamlakatimiz hamda xorijlik olimlarimizning o‘rni beqiyosdir.
Iqtisodchi olimlar A. O‘lmasov va A.Vahobovlar raqobatbardoshlikka quyidagicha talqin etadilar. YAni, “raqobatbardoshlik – bu raqobatga chidamli bo‘lish, unda g‘olib kelish qobilyatiga ega bo‘lishdir”. Bu uch narsa bilan belgilanadi:

  • muayyan tovarning raqobatbardoshligi;

  • firmaning raqobatbaroshligi;

  • milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi.1

Bizga malumki, tovarlarning raqobatga chidamli bo‘lishi firmalar g‘alabasining asosiy sharti hisoblanadi. Firmaning raqobatbardoshligi uning tovarning sifati va narxi jihatidan bozorbop bo‘lishini belgilaydi. SHu bois, firma strategiyasida raqobatbardosh tovarlarni chiqarib bozorni egallashga alohida etibor beriladi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi esa mamlakatdagi uy xo‘jaliklari, firmalar, korxonalarning mamlakatdagi barcha tarmoq va sohalarning uzviy, bir biri bilan bevosita munosabatlari taminlangan holda raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishlari orqali va bir-biri bilan raqobat qilishi natijasida jahon boxzorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
Mamlakatning raqobatbardoshligini mamlakatning erkin va halol raqobat sharoitida jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – iqtisodiyotning muhim ko‘rsatkichlarini tashqi omillarga nisbatan yalpi baholashni o‘zida mujassamlantirgan qiyosiy tavsif, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo‘ladi. Tarixan mamlakatlarning raqobatbardoshligi konsepsiyasi milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti va har bir mamlakatning xalqaro savdodagi rolini asoslab beruvchi qiyosiy ustunliklari (arzon mehnat, boy tabiiy resurslar, qulay geografik, iushm, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.
Malumki, raqobatbardoshlikni ikki turi ajratib ko‘rsatiladi. Makro va mikrodarajadagi raqobatbardoshlik. Makro darajadagi raqobatbardoshlikni mutaxassislar aholi turmush darajasini oshirishda va xalqaro iqtisodiy andozalarga amal qilishda milliy iqtisodiyotning boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bilan raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish qobiliyati sifatida ta’riflashadi. Mikrodarajadagi raqobatbardoshlik omillarning ikkita guruhi bilan aniqlanadi: milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi, shuningdek, makroiqtisodiy biznes-muhitning sifati bilan. Forum ma’ruzasining mualliflari firmalar darajasidagi raqobatbardoshlikni to‘rtta asosiy omil bilan bog‘laydilar: resurslar, tashqi raqobat, talab, tarmoqlararo aloqalar.
O‘zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni alohida ajratish mumkin:
1) mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
2) insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo‘yilmalar;
3) aholi hayot kechirishining uzoqligi;
4) mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;
5) mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qiyosiy ustunliklarga ega bo‘lish bilan birga respublika milliy iqtisodiyotining raqobat jihatdan (qo‘lga kiritilgan) ustunliklarini ham rivojlantirish zarur. Mazkur holatda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatbardoshligi va mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Shunday qilib, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklarini ishlab chiqarishning asosiy omilari: tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi va mamlakat mavqei va hududi bilan belgilanadigan qulayliklar hisobidan shakllantirish mumkin, ana shunda ushbu ustunliklar biz O‘zbekistonda ularning mavjudligini kuzatgan omillarning qiymati bilan belgilanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobat jihatdan ustunliklari innovatsiyaga tayanishi mumkin, bu yaqin kelajakda respublika milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi va u milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining ichki salohiyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu holatda mamlakat texnologiyalarining rivojlanishi va joriy etilishi yuz beradi hamda, eng asosiysi, korxonalar (firmalar) global strategiyalarni ishlab chiqishni boshlab, chet elda keng ko‘lamli investitsiyalarni amalga oshiradi.
Shuningdek mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishda ma’lum bir shart-sharoitlar asosida quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zaruriyati;

  • iqtisodiѐtni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish muhimligi;

  • ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalangan holda yuqori iqtisodiy o‘sishga erishilishi;

  • yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirish;

  • inflyasiyaning past sur’ati saqlab qolinishi;

  • ichki bozorni tovar va xizmatlar bilan to‘yintirilishi;

  • ishlab chiqarish jarayonida yuqori takomillashgan texrologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga e’tiboor berilishi;

  • faoliyat ko‘rsataѐtgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash;

  • yalpi ichki mahsulotning energiya va material sig‘imini kamaytirilishi kabi tamoyillar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishda mamlakatning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va h.k.lar mavjud bo‘lishi bilan birga ishlab chiqarishni samarali tashkil qilgan holda mavjud strategiya, reja va tamoyillarga amal qilinishi iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.


  1. Download 431.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling