Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari
Ipoteka-bank ATIB Toshkent viloyati filiali tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari
Download 431.06 Kb.
|
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank
Ipoteka-bank ATIB Toshkent viloyati filiali tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari
1. Bank faoliyatining asosiy yunalishlari: • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar kabul qilish xamda kabul kilingan mablag‘lardan tavakkal kilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foylalanish: • to‘lovlarni amalga oshirish. Bank foyda olishni asosiy maksad kilib olgan tijorat tashkiloti bulib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doyr karorlar kabul qilishda mustakildir. Bank universal bank bulib xisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi. 2. Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan lipenziyaga muvofik kuyidagi bank operatsiyalarni amalga oshiradi: • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar buyicha xisob-kitob qilish; • omonatlarni jalb etish; • kreditlarning kaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar xisobidan uz nomidan kreditlar berish: • mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish; • pul mablag‘larini, veksellar, to‘lov va xisob-kitob xujjatlarini inkassatsiya qilish; • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tltuvchi kafolatlar berish; • uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish xuquqini olish (faktoring); • qimmatli qog‘ozlar chikarish, xarid qilish, sotish, xisobini yuritish va ularni saklash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan kimmatli kogozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; • bank faoliyati yuzasidan maslaxat va axborot xizmati ko‘rsatish; • jismoniy va yuridik shaxslarga xujjatlar va boshqa boyliklarni saklash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi pulat sandiklarni ijaraga bernsh: • moliyaviy lizing. Bankning jamg‘arma kassalari axolidan davlat byudjeta daromadi xisobiga, korxona, tashkilot va muassasalar foydasiga to‘lovlar kabul qilishni amalga oshiradi, tuzilgan shartnomalar asosida ularning topshiriklariga kura axoliga nakd pul beradi, shuningdek boshqa turdagi chakana bank xizmat turlarini ko‘rsatadi. Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan «CHet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun» Bosh litsenziyaga muvofik chet el valyutasida kuyidagi operatsiyalarni amalga oshirish xuquqiga ega: • ochik valyuta mavkei (pozitsiyasi) limiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi xududida vakolatli banklar va uz mijozlari bilan, valyuta birjalari orkali, shuningdek, xalkaro bozorlarda chet el valyutasini sotib olish va sotish, shu jumladan xosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish; • yuridik va jismoniy shaxslarlarga - chet el valyutasida hisobvaraqlarini ochish va yuritish; • mijozlarning eksport-import operatsiyalari bilan boglik xisob-kitoblarini chet el valyutasida xujjatli akkredetiv, inkasso, bank junatmasi shaklida shuningdek xalkaro bank amaliyotida kullaniladigan boshqa shakllarda amalga oshirish; • chet el valyutasidagi mablag‘larni kredit, depozit, omonat xamda xalkaro bank amaliyotida kabul kilingan boshqa shakllarda jal b etish va joylashtirish xamda Bankning chet el valyutasidagi mablag‘lari mikdori chegarasida kafolat berish. • amaldagi konunchilikka muvofik valyuta ayirboshlash shoxobchalari orkali nakd chet el valyutasini, chet el valyutasidagi to‘lov xujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish; • bank hisobvaraqlarini ochgan xolda yoki bunday hisobvaraqlarni ochmay turib xalkaro pul junatmalarini o‘tkazish. Chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun Bankka O‘zbekiston Respublikasi banklari xamda boshqa chet el banklarida vakillik va boshqa hisobvaraqlarga ega bo‘lish, ular bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish. Bank strategiyasi Bankning mamlakat iqtisodiyotidagi salohiyatini oshirish: iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish; investitsion xarakterga ega bo‘lgan kreditlari hajmini yanada oshirib borish; iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarni, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan tajribani yanada mustahkamlash, yosh oilalar, qishloq xududlarida servis sohasini rivojlantirishni kreditlashga alohida e’tibor qaratish; Bankning universal faoliyatini rivojlantirib borish, chakana xizmatlar ko‘lamini oshirish: Ipoteka-bank mijozlariga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etish, yangi bank xizmatlarini joriy etish; korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda chakana bank xizmatlarini ham rivojlantirib borish; chakana bank xizmatlariga axborot texnologiyalarni joriy qilib borish; aholidan kommunal to‘lovlarni yig‘ish bo‘yicha erishilgan natijalarni mustahkamlash, kommunal tashkilotlar bilan elektron axborotlarni bevosita almashuvini tashkil qilish; Uy-joy qurilishi sohasidagi faoliyati: aholi uchun shaharlarda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini moliyalashtirish hajmlarini oshirish; respublikamiz aholisiga jalb etiladigan mablag‘lar evaziga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishni rivojlantirish; Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish: chet el banklari va xalqaro moliya institutlari bilan yangi aloqalar bog‘lash, mavjudlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va ularni loyihalarni moliyalashtirishga keng jalb etish, chet el banklari va milliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vositachilik qilish; uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berishda chet el kredit liniyalarini jalb etish; jahonda zamonaviy bank amaliyotida qo‘llaniladigan bank xizmatlarini o‘rganib borish va bank faoliyatiga moslashtirgan holda joriy etish; Kadrlar siyosatining ustuvorliklari: xodimlarni doimo malakasini oshirib borish, chet tili va zamonaviy dasturiy ta’minotni o‘rgatib borish; mehnat staji katta tajribali xodimlar, rahbarlar va yosh mutahassislar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish orqali, Ipoteka-bank tizimida to‘plangan tajribalarni keyingi avlod xodimlarida ham saqlab, rivojlantirib borishini ta’minlash; kadrlarga bo‘lgan talabni oldindan o‘rgangan holda oliy o‘quv yurtlaridan muvaffaqiyatli bitiruvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va birinchi navbatda filiallarni ular bilan ta’minlash; IPOTEKA-BANKINING STRUKTURASI Boshqaruv raisi tarkibida: KOTIBIYAT Devonxona Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish va ijro intizomini nazorat qilish bo'limi. Download 431.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling