Ipoteka banki Reja: Ipoteka banki missiyasi
Download 12.28 Kb.
|
10 mavzu Korxonalarda ishlab chiqarishni rejalashtirish va prog1
Ipoteka banki Reja: 1.Ipoteka banki 2.Ipoteka banki missiyasi 3.Bank operatsiyalar 1.Bugungi kunda "Ipoteka-bank" АTIB filiallari qoshida ochilgan barcha chakana kassalar oʼz faoliyatini doimiy rejimida davom ettirmoqda. Chakana kassalarda chet el valyutasini ayirboshlash va xalqaro pul oʼtkazmalari boʼyicha operatsiyalar ham belgilangan tartib asosida cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bankimiz tomonidan bugungi kunda aholi va mijozlarga yana qulaylik yaratish maqsadida, bank kassalariga kelmasdan turib, mobil ilova orqali xalqaro pul oʼtkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan ham tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro pul o‘tkazmalari — jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini qisqa vaqt ichida butun dunyo bo‘ylab ko‘chirishga imkon beruvchi o‘ziga xos bank xizmati. Agar sizda qandaydir mablag‘ni xorijdagi do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringizga yuborish zarurati tug‘ilib qolsa, Ipoteka-bank sizga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Sizning pullaringiz sanoqli daqiqalar ichida jo‘natiladi. Ipoteka-bank MDH davlatlari va uzoq xorij mamlakatlari bo‘yicha pul o‘tkazmalari tizimlarining keng tanlovini taklif qiladi. O’tkazmalarni Ipoteka-bankning pul o‘tkazmalari shahobchalaridan birortasida amalga oshirish mumkin. O’tkazmani jo‘natish yoki olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etilishi lozim. O’tkazmani olishda yana nazorat raqami, o‘tkazma summasi hamda jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va jo‘natilgan mamlakatni ham bilish zarur. 2.Ipoteka-Bank missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi. O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir. Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun Ipoteka-Bank bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida. Ipoteka-bank hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator xizmatlarni taklif etadi. Siz bizning bankda turli valyutada hisobraqam ochishingiz va u orqali naqd pulsiz amaliyotlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bizning bankda hisob-kitob-kassa xizmatlarini amalga oshirish – ishonchli, tez va qulay bo‘lib, bank tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy ta’minot to‘lovning tezligi va havflizligini ta’minlaydi. Ipoteka-bank tomonidan kompleks hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish – bu kundalik biznes faoliyatingizdagi maqbul yechimdir. 3. Bank operatsiyalari — banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga boʻlinadi (qarang Banklar). Bugungi kunda valyuta liberiliziatsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga ham ko‘plab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish maqsadida bankning barcha filiallari tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishi bilan bog‘liq mas’ul xodimlari uchun joriy yilning 14 sentyabr kuni “Ipoteka-bank” ATIB Mehnat filialida “Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va monitoring qilish” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi. Seminarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi: - Valyuta amaliyotlarini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarga kiritalyotgan o‘zgartirishlar; - Tashqi savdo shartnomalari monitoringi; - Xorijiy valyutadagi to‘lov topshiriqnomalarni ijro etish tartibi; - Xorijiy valyutani sotish va sotib olish bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish; - Savdoni moliyalashtirish va hujjatli akkreditiv amaliyotlari xususida. Seminar yakunida erkin muloqot uyushtirilib, bunda asosiy e’tibor filiallar tomonidan ish jarayonida vujudga kelayotgan muammoli vaziyatlar bo‘yicha savollarga javoblar berildi hamda mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. O‘tkazilgan seminar mashg‘uloti filiallarda tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yuzaga kelgan ba’zi qiyin vaziyatlarning echimini topishga sabab bo‘lish bilan bir qatorda, kelgusida ushbu yo‘nalishda mijozlarga sifatli va malakali xizmat ko‘rsatishda yana bir omil bo‘lib xizmat qiladi. Ipoteka-bank hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator xizmatlarni taklif etadi. Siz bizning bankda turli valyutada hisobraqam ochishingiz va u orqali naqd pulsiz amaliyotlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bizning bankda hisob-kitob-kassa xizmatlarini amalga oshirish – ishonchli, tez va qulay bo‘lib, bank tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy ta’minot to‘lovning tezligi va havflizligini ta’minlaydi. Ipoteka-bank tomonidan kompleks hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish – bu kundalik biznes faoliyatingizdagi maqbul yechimdir. Download 12.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling