Ыпррамитпартпрпат


Download 124.28 Kb.
bet5/7
Sana11.10.2023
Hajmi124.28 Kb.
#1697514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6.Болгалаш-амалий

Pokovka chizmasi
Pokovka chizmasi konstruktor tomonidan tuzilgan tayyor de­tal chizmasi asosida tuziladi, Bunda chizmada ko‘rsatilgan o‘lchamlar detallarning sirtiga mexanik ishlov beriladigan joylardagi joylardagi quyim hisobiga kattalashtiritiriladi; bundan taщqari bolg‘alash uchun chetga chiqishlar belgilanadi. Ba’zan murakkab detallar tayyorlashda quyimlar yordamida ularning konfi­guratsiyasi soddalashtiriladi.
Pokovkalar chizmasini tuzish detallar sof konturini ingichka chiziqlar bilan chizishdan boshlanadi. Bunda asosiy sof o‘lchamlar ko‘rsatiladi. Shundan keyin DS 7829 – 55 yoki DS 7062 – 54 jadvallari asosida ortiqcha quyim, pokovkalarning tipiga qarab, mexanik ishlov berish uchun qo‘yimlar va pokovka nominal o‘lchamlari uchun dopusklar belgilanadi. So‘ngra detalning sof konturi atrofida yo‘g‘on chiziq bilan po­kovka konturi chiziladi, pokovka o‘lchamlari va dopusklar qo‘yiladi. Pokovkalarning nominal o‘lchamlari detal tayyorlash aniqligiga belgilangan dopusklar bilan o‘lcham chiziq qo‘yiladi, qavslar ichidagi o‘lcham chiziqlari ostiga esa ishlov berilgan detal o‘lchamlari qavs ichi qo‘yiladi. Pokovkalarning nominal o‘lchamlari, agar ular presslarda tayyorlanadigan bo‘lsa, 5 yoki O bilan tugaydigan sonlarga yaxlitlanadi. Bu barcha pokovkalar o‘lchami, agar u sonlar 3, 4, 6 va 7 bi­lan tugaydigan bo‘lsa 5 gacha, 1,2,8 va bilan tugaydigan sonlar 0 gacha yaxlitlanadi. Masalan, 282 va 288 mm bo‘lgan pokovka o‘lchamlari 280 va 290 mm gacha yaxlit­lanadi.
Pokovka proba bilan, ya’ni sinalayotgan namuna qo‘shimcha metall quyimi bilan bolg‘alanayotganda, bu proba ham pokovka chizmasiga kiritiladi.
Pokovkalarning ayrim turlari o‘ziga quyidagi elementlarni ham kiritadi: burt – pokovkaning ko‘ndalang kesimi katta qismidir; uning uzunligi 0,3 D ga teng bo‘lgan yoki undan kam bo‘ladi (D – burtning diametri yoki katta tomonidir); pog‘on a – pokovkaning ko‘ndalang kesimi kichik bo‘lgan qismi; chiqiq (vistup) – pokovkaning yondosh qismga qaraganda katta ko‘ndalang kesimli qismi; chuqurlik (vviemka) – pokovka­ning shunday uchastkasiki, uning diametri yoki tomonlari yondosh ikki uchastka diametrlaridan yoki tomonlaridan kichikdir; ularning hosil bo‘lishi DS da alohida aytib o‘tiladi.

4-rasm. Pokovka tiplari


Biz endi quyim detalning nominal o‘lchamiga belgilanishini bilamiz. Uning kattaligi pokovkaning ikki tomondan ishlanishiga hisoblanib belgilanadi va u, pokovka qayta ishlangandan keyin undan yaroqli detal olish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Quyim, dopuskva ortiqcha quyimlarningg kattaligi pokovka tipiga va ularnining o‘lchamlari nisbatiga bog‘liqdir. Shu sababli barcha pokovkalar quyim va dopusklar belgilash uchun, konfiguratsiyasi va kesimiga qarab DST ga nisbatan 16 tipga bo‘lingan. PokovkalarningDST 7829 – 55 bo‘yicha tiplari 4 – rasmda keltirilgan.
1 – tip pokovkalar; tekis, yumaloq va to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli bo‘ladi;
2 – tip pokovkalar; pog‘onali yumaloq kesimda bo‘ladi;
3 – tip pokovkalar; flanesli yumaloq kesimda bo‘ladi;
4 – tip pokovkalar; burtli yumaloq kesimli bo‘ladi;
5 – tip pokovkalar; chuqurligi bor yumaloq kesimli bo‘ladi;
6 – tip pokovkalar; pog‘onalari to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli va yumaloq kesimidagi pokovka tipida bo‘ladi.
7 – tip pokovka; pog‘onasi turli konfiguratsiyada bo‘lgan, yumaloq va to‘g‘ri to‘rtburchak kesimda bo‘ladi.
8, 9, 10, 11, 12, 13, 14 – tipdagi pokovkalar – silindr, brusok, kubik, plastina, disk, teshikli disk, teshikli plastina, halqa, pog‘onali yaxlit va teshigi bo‘lgan vtulka shaklida bo‘ladi.
Pokovkalar uchun chizma tuzish, quyim va dopusklar belgilashning ba’zi bir misollarini keltiramiz.

Download 124.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling