Ыпррамитпартпрпат
Download 124.28 Kb.
|
6.Болгалаш-амалий
1-Аmaliy mashg`ulot
Mavzu: Bolg‘alashning metall strukturasiga va uning mexanik xossalariga ta’sirini o`rganish. Bolg‘alashda metallning makrostrukturasi va mexanik xossalari o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar, asosan: 1) bolg‘alashning temperatura sharoitlariga; 2) bolg‘alash darajasiga; 3) bolg‘alash usuliga; 4) po‘latning ximiyaviy tarkibiga bog‘liqdir. Bolg‘alash ta’siri ostida metall strukturasi qarama – qarshi ikki yo‘nalishda o‘zgaradi. quyma bolg‘alanganda uning strukturasi tolasimon tuzilishga ega bo‘lib qoladi. Bunday strukturaning hosil bo‘lishi shu bilan xarakterlanadiki, quymani bolg‘alashda likvasion zonalar, gaz ko‘piklar, shlakli qo‘shimchalar va boщqalar, past temperaturada bolg‘alashda esa, po‘latning donalari (dendritlar) metallning okish tomoniga qarab cho‘ziladi. Kristallarni bolg‘a zarbi yoki press bosimi maydalashi natijasida yirik donali quyma mayda donali quymaga aylanadi. 4 – rasmda quyma va bolg‘alangan metallning tuzilishi (makrostrukturasi) ko‘rsatilgan. Prokat qilingan metall bolg‘alanganda boshqa struktura o‘zgarishi yuz beradi. Metall donalari kam o‘zgaradi, chunki ular prokatka protsessida qisman yemirilgan bo‘ladi. Bolg‘alash prokatka qilishdan farqli o‘laroq metall tolalarining ko‘proq chalkashib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, odatda bolg‘alangan metallning mexanik xossalari prokatka qilingan. Metallning mexanik xossalariga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi. Metall yuqori temperaturada bolg‘alanganda kristallarning o‘zgarishi bilan bir vaqtda uning donalari o‘sadi, chunki bunda mayda donalarning birlashib, yirik donalarga aylanishi uchun sharoit vujudga keladi. Donalarining o‘sishi, ya’ni mayda donalarning yirik donalar bo‘lib birlashishiga yig‘adigan rekristallizatsiya deyiladi. Bolg‘alash temperaturasi qancha yuqori bo‘lsa, donalar shuncha ko‘p o‘sadi. Yig‘adigan rekristallizatsiya metallning deformatsiyaga qarshilik ko‘rsatish qobilyatini pasaytiradi. Demak metallni uning donalarining o‘sishi (rekristallizatsiya) ga imkon beradigan temperaturada bolg‘alash kerak bolg‘alashni esa, rekristallizatsiya bo‘lmaydigan temperaturada tamomlash lozim. Bu mexanik xossalari yaxshilangan, mayda donali pokovkalar olish imkonini beradi. Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, metallning strukturasi, shu bilan birga pokovkaning mexanik xossalari donalarning deformatsiya va rekristallizatsiya natijasida maydalanishiga bog‘liqdir. 135 – rasm bolg‘alashda kristallarningtuzilishi. a – quyma materialning makrostukturasi; b – metalni bolg‘alagandan keyingi makrostrukturasi. 136 – tirsakli val bolg‘alashning ikki usuli; a – tirsaklarni kesish yordamida; b – egish yordamida. Metallning strukturasi shuningdek uning bolg‘alapish darajasiga (cho‘zish vaqtida) bog‘liqdir. Bolg‘alanish darajasi (ukov) deb, tayyorlanma ko‘ndalang kesimining pokovka ko‘ndalang kesimining yuziga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.Bolg‘alanish darajasi (ya’ni cho‘zish kattaligi) qancha katta bo‘lsa, pokovka donalari ham shuncha mayda va aniq ko‘rinib turadigan yo‘l – yo‘l strukturaga ega bo‘ladi. Quymani bolg‘alash darajasi prokat qilingan tayyorlanmani bolg‘alash darajasiga qaraganda kattaroq qabul qilinadi. Uglerodli po‘latlar uchun eng kichik bolg‘alash darajasi tekis qismlarga 3,0 ga; flanes va chiqiq joylarida 1,75 ga; ligerlangan po‘latlar uchun tekis qismlarda 2,0 ga; flanes na chiqiq joylarda 1,5 ga teng qilib olinadi. Quymalarni bolg‘alashda bolg‘alash darajasi uning tekis qismida 3 – 4, flanes va chikik joylarida esa 1,5 – 1,75 qilib olinadi. Quymani bolg‘alashda metallning yirik kristallari yemiriladi, metall quyma ichidagi bo‘shliqlarning to‘lishi va gaz pufaklarining yo‘qolishi hisobiga zichlashadi, vaholanki, prokatka qilingan sortli tayyorlanmalardan iborat metallning kristallik strukturasi prokatka qilingan vaqtdayoq yemirilgan bo‘ladi. Metall bolg‘alash oldidan qancha yuqori temperaturada qizdirilsa uni bolg‘alash darajasi shuncha katta bo‘lishi kerak. Bolg‘alpash darajasi normadan ortib ketsa mexanik xossalarining cho‘zilish yo‘nalishida yaxshilangan, ko‘ndalang yo‘nalishida esa yomonlashgan hollar ham bo‘ladi. Misol. 300 x 300 mm kesimli tayyorlanmani 200 x 200 mm kesimli pokovka qilib cho‘zishda bolg‘alash darajasini aniqlash zarur. Pokovka kesimining yuzi Fpok = 20 x 20 = 400 sm2. tayyorlanma kesimining yuzi Ftay = 30 x 30 = 900 sm2. Bolg‘alash darajasi = 2,25 bo‘ladi. Pokovkaning mexanik xossalariga, shuningdeq uni tayyorlash usuli ham tasir qiladi. Bir detallning o‘zini turli usullar bilan tayyorlash va bunda turli mexanik xossalarga ega bo‘lgan pokovkalar olish mumkin. Pokovka tayyorlashda metall tolalarini kesib yubormaslikka intilish kerak. Tirsakli val tayyorlashni ikki usulini keltiramiz: birin usulda (2 – rasm, a) tirsaklar kesish yo‘li bilan, ikkinchi (2 - rasm, b) bukish yo‘li bilan tayyorlanadi. Bukish yo‘li bilan tayyorlangan valning hamma qismlari bir xil mexanik xossalarga ega bo‘ladi, chunki uning tolalari qirqib yuborilmagan va valning butun tanasi bo‘ylab cho‘zilgan bo‘ladi. Kesish yo‘li bilan tayyorlangan valning tolalari esa kesilib ketgan bo‘ladi. Shuning uchun bu valning mexanik xossalari bukib gayyorlangan valning mexanik xossalariga qaraganda yomon bo‘ladi. Download 124.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling