Iqisodiy indekslar


Download 88.45 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi88.45 Kb.
#1009756
Bog'liq
Iqisodiy indekslar (1)

Iqisodiy indekslar

Statistika fanida

Radjapov Murodjoning

MUSTAQIL ISHI

Reja:

  • Reja:
  •  
  • Iqtisodiy indekslarning mohiyati va ahamiyati.
  • Iqtisodiy indekslarni tasniflari.
  • Guruhiy indekslar va ularni iqtisodiyot samaradorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilishda qo`llash
  • O`zaro bog`langan indekslar
  • Sanoat mahsuloti indekslari


 

O’tgan davr

Joriy davr

Tovarlar qiymati, mln. so’m

Tovarlar turi

Bir birli-gining

Miqdo-ri, ming dona

Bir birli-gining

Miqdo-ri, ming dona

O’tgan davr

Joriy davr

SHartli

 

bahosi, so’m (Ro)

(q0)

bahosi, so’m (R1)

(q1)

R0q0

p1q1

p0q1

p1q0

A
B
B

300
700
1200

40
50
100

350
800
1150

45
52
106

12,0
35,0
120,1

15,75
41,60
121,00

13,5
36,4
127,2

14,0
40,0
115,0

Jami:

-

-

-

-

q 167
 R0q0

q
179,25
 R1q1

q
177,1
 R0q1

q
169,0
 R1q0

1 - Masala. Berilgan ma’lumotlar asosida individual va umumiy fizik hajmi, baho qiymati indekslarini hisoblang:
1. Individual indekslar (A tovar uchun) quyidagicha hisoblanadi:
Baho
Fizik hajmi
Qiymat
Demak, A tovar uchun joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baho 16,6% ga, fizik hajm 12,5 % ga va qiymat 31,25 % ortgan.
Indeks ko’p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo’llanib, ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy ko’rsatkich ma’nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko’rinishda o’rganilayotgan iqtisodiy hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo’l bilan o’lchashdan hosil bo’lgan ko’rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir. Bu natija solishtirma ko’rsatkich bo’lib, turli shakllarda: nisbiy, o’rtacha va mutlaq miqdorlar va ularning yagonaviyligida namoyon bo’ladi.
Hodisalarning ikki holati orasida iqtisodiy jarayon kechadi, rivojlanish yuz beradi. Indekslar ana shu rivojlanish jarayonining me’yori bo’lib xizmat qiladi, ular hodisalarning nisbiy, o’rtacha va mutlaq o’zgarishlarini bir butunlikda ifodalaydi. qiyoslash uchun hodisalar holatlarini turli jihatdan olib qarash mumkin va natijada rivojlanish jarayonining har xil qirralari oydinlashadi, jumladan ularning vaqt bo’yicha o’zgarishi, ob’ektlar va hududlararo yoki halqaro nisbatlari, reja, shartnoma yoki iqtisodiy normativlarni bajarish darajalari, iqtisodiy tuzilmalardagi ichki siljishlar namoyon bo’ladi.
Bu esa indekslarni dinamik, hududiy, halqaro, reja yoki shartnomani bajarish, tuzilmaviy o’zgarishlar indeksi kabi turlarga tasniflash uchun nazariy- uslubiy zamin yaratadi. SHu bilan birga ular boshqa belgilar, masalan, to’plam birliklarini qamrab olish, tuzilish shakli, hisoblash uslubi va hokazolarga qarab ham tasniflanadi. Natijada indekslarning murakkab, ko’p pog’onali turkumlarining oilasi vujudga keladi.
Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo’lishi uchun ularning asosida yotadigan ko’rsatkichlar predmetlik, moddiylik xarakteriga ega bo’lishi kerak. Aks holda ular mavhum, absolyut son bo’lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor chegarada ko’rsatkichlarning bir o’lchamligini yuzaki ta’minlash ma’nosida talqin etish noto’g’ridir. Indekslar real hodisalar o’zgarishini ma’lum sharoitda va jihatdan kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy talabga javob beradi. Ushbu bobda ko’rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni qoniqtiradi.
Sanoat mahsuloti indekslari
1991 yilgacha sobiq sovet tuzumi vaqtida sanoat mahsulotining jismoniy hajmi indeksi taqqoslama(o`zgarmas) baholarda hisoblangan yalpi sanoat mahsulotiga asosan hisoblanilgan edi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan beri sanoat yalpi (tovar) mahsuloti joriy bozor baholarida hisoblanadi. Bundan tashqari joriy yil boshiga bo`lgan bozor baholarida ham aniqlanadi. Birinchi ko`rsatkichni ikkinchisiga bo`lib, baho indekslari aniqlanadi. Joriy baholarda hisoblangan yalpi bozor mahsuloti (korxonalar to`plami ko`rsatkichi) indeksini bu baho indeksi asosida deflyatsiyalash yo`li bilan sanoat mahsuloti jismoniy hajmi indekslari hisoblanadi. Ammo bu indekslar katta kamchiliklarga ega, chunki ularga mahsulot tarkibi, uning yangi ishlab chiqarilayotgan turlari, mahsulotlarning material talabchanligi, ishlab chiqarish boshlang`ich nuqtasining o`zgarishi va h.k. salbiy ta`sir etadi.
.
Shu sababli halqaro standart va talablarga asosan, sanoat mahsuloti indekslari markazlashgan holda respublika va viloyatlar davlat statistika tashkilotlari tomonida boshqa usulda ham tuziladi.
Bu usulga ko`ra sanoat ishlab chiqarishi indeksi hisobi, tovarlar—vakillar to`plami bo`yicha keyinchalik bosqichma –bosqich tarmoqlar va umum sanoat indekslariga bo`linadi, ular esa sanoatning natura — ashyoviy ko`rsatkichlari dinamikasi ma`lumotlariga asoslanadi. Hisoblash uchun butun sanoat tarmoqlarga, har bir tarmoq esa elementar tarmoqlarga (tarmoq ostilariga) bo`linadi.
Har bir tarmoq osti uchun profil bo`yicha tovar — vakil savati shakllantiriladi. Hisoblash 3 bosqichda o`tkaziladi.
Tarmoq ostilar (sof oddiy tarmoqchalar) uchun indekslarni shakllantirish
  • Hosil bo`lgan ma`lumotlarni tarmoqlar indekslariga agregatsiyalash (umumlashtirish);
  • Tarmoq indekslarini umumsanoat indekslariga agregatsiyalash (umumlashtirish) .

  • Birinchi bosqichda sanoat ishlab chiqarish indeksi hisobot davrining t vaqtidagi mahsulot qiymati oldingi t-1 davrga nisbatan har bir tarmoqosti uchun quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Bu yerda itt-1 – berilgan tarmoqosti bo`yicha ishlab chiqarish indeksi, foizda; Qt, Qt-1 – mos ravishda hisobot va bazis davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulot vakillarning natural miqdorlari.
Pb – bazis davrda mahsulot birligining o`rtacha yillik bahosi;
n –tarmoqosti indekslarni hisoblashda qatnashadigan tovar – vakillar soni.
Ikkinchi bosqichda ayrim yiriklashtirilgan sanoat tarmoqlari bo`yicha umumlashtirilgan indekslar olish maqsadida ularga qarashli barcha tarmoqosti indekslari agregatlashtiriladi. Buning uchun tarmoqosti indekslari har bir tarmoqostida yaratilgan qo`shimcha qiymat miqdori bilan tortib olinadi, vazn sifatida esa bazis yilning qo`shimcha qiymati olinadi. Umumlashgan indeksni tuzish quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
Bu yerda Itt-1 – sanoat tarmog`ining ishlab chiqarish indeksi.
D – tegishli sanoat tarmog`iga mansub tarmoqostilarda bazis davrda yaratilgan qo`shimcha qiymat. m – tarmoqostilar soni.
Xulosa
Indeks ko`p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo`llanib, ma`lum maqsad uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy ko`rsatkich ma`nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko`rinishda o`rganilayotgan iqtisodiy hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo`l bilan o`lchashdan hosil bo`lgan ko`rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir.
Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo`lishi uchun ularning asosida yotadigan ko`rsatkichlar predmetlik, moddiylik xarakteriga ega bo`lishi kerak. Aks holda ular mavhum, arifmetik son bo`lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor chegarada ko`rsatkichlarning bir o`lchamligini yuzaki ta`minlash ma`nosida talqin etish noto`g`ridir. Indekslar real hodisalar o`zgarishini ma`lum sharoitda va jihatdan kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy talabga javob beradi. Ushbu bobda ko`rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni qoniqtiradi.
.
Download 88.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling