Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari
Download 105.39 Kb.
|
Dorivor amaliy qismi (0)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-amaliy ish
- 14-a maliy mashg’ulot Mavzu
- Umumiy ma’lumot: Sassiq kovrak
Ishning bajarilishi:
1-amaliy ish: Kiyiko’tning yer ustki qismidan qaynatma va damlama tayyorlashni o’rganish. Damlama tayyorlash: yangiligida olib maydalangan kiyiko’tdan damlama tayyorlash uchun uning yer ustki qismlaridan 2 osh qoshiq ogo’zi yopiladigan idishga solinadi va ustiga 400 ml qaynoq suv solib, 4 soat damlab qo’yiladi. Keyin dokadan suzib olinadi. Qaynatma tayyorlash uchun poyali qismidan olib sirli idishga solinadi va sovuq solib, 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatmani xona haroratida sovutiladi va iliq holatida isteo’mol qilinadi. Kiyiko’t qaynatmasini yoki choy qilib damlanganini ichish ko’krakdagi va o’pkadagi quyilib qolgan moddalarni chiqaradi, ishtahani ochadi, ko’ngil aynishini to’xtatadi hamda yomon kayfiyatni yozadi. Qaynatmasi yoki damlamasi qulunji kasalida foydalidir, buyrak va siydik qopidagi toshlarni yo’qotadi. 2-amaliy ish: 2 osh qoshiq yalpiz barglari ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 20 minut damlab qo’yiladi-da, suzib olinadi. Ovqatdan 15 minut ilgari 1-2 stakandan kuniga 3 mahal ichish uchun buyuriladi. Yalpizning barglaridan damlama tayyorlash uchun 2 osh qoshiq bargni idishga solinadi va ustiga 0,5 l qaynoq suv solib, 15 minut damlanadi. Stenokardiyadan azob chekuvchi kishilar uchun loaqal bitta yaprog’ini choyga damlab doimiy ravishda ichib turish juda foydalidir. Yoki yalpizning qaynatmasini ichish mumkin: bir osh qoshiq yalpiz ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va kun mobaynida hammasi ichiladi. 14-amaliy mashg’ulot Mavzu: Sassiq kovrakdan foydalanish usullari Dars maqsadi: Talabalarning sassiq kovrakning dorivorlik xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Umumiy ma’lumot: Sassiq kovrak (Ferula assa foedita) soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga mansub, bo’yi 1 m ga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. 8-9 yildin so’ng poya chiqaradi. Poyasi tik o’suvchi, yo’hon, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari bandli, cho’ziq yoki lantsetsimon uch bo’lakka bo’lingan. Poyadagi barglari maydaroq, bir necha marta patsimon qirqilgan bo’lib, qini bilan ketma-ket o’rnashgan. Och sariq rangli, besh bo’lakli gullari murakkab soyabon to’pguliga yig’ilgan. Mevasi qo’shaloq pista. Mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel-mayda yetiladi. Geografik tarqalishi. Sassiq kovrak O’rta Osiyodagi dashtlarda, yalangliklarda, qumli cho’llarda, sogo’ tuproqli yerlarda, ba’zan tog’ oldi tekisliklarida o’sadi. Qo’llaniladigan qismi. Tibbiyotda sassiq kovrakning ildizidan olinadigan yelimi — asfetida ishlatiladi. Uni olish uchun poya chiqarmagan o’simlikning ildiz atrofi chuqur kavlanadi va ildizning yuqori tomonidan ozgina joyi kesib qo’yiladi. Shu yerdan oqib chiqqan yelim ertasiga qotgandan keyin yig’ib olinadi. Kimyoviy tarkibi. Sassiq kovrakning ildizi tarkibida 67,31% gacha kraxmal va 9% smola, 0,4% gacha efir moyi bor. Ildizidan olingan asfetida 9,35-65,15% smolalar, 12-48% yelim, 5,8-20% efir moyi va boshqa birikmalardan (umbelliferon kumarini, ferula kislotasi va uning smola spirtlari bilan hosil qilgan efirlari) tarkib topgan. Yelim-smola efir moyi tarkibida o’simlikka sarimsoq hidini beruvchi organik sulfidlar (65% gacha), pinen, π-oksikumarin va boshqa birikmalar bo’ladi. Ishlatilishi. Sassiq kovrakning yelim-smolasi qadimdan xalq orasida turli kasalliklarni davolash uchun qo’llanib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu yelim-smolani meo’da, buyrak, taloq, jigar kasalliklarini davolashda hamda bachadondan qon oqishini to’xtatuvchi, ishtaha ochuvchi, siydik haydovchi, bo’g’inlar ogo’riganda og’riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatgan. Sassiq kovrak yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, o’pka sili, o’lat, zaxm, ko’kyo’tal, tish ogo’rig’i, asab kasalliklarini davolash uchun hamda quvvat beruvchi, balg’am ko’chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo’llaniladi. Sassiq kovrakning yosh novdalarini yanchib, qatiqqa aralashtirilib, xavfli shishlar va zaxmga davo qilinadi. Yelim-smola nastoyka va emulsiya holida tibbiyotda astma, tomir tortishishi va asab kasalliklarida ishlatiladi. Download 105.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling