Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari
Download 105.39 Kb.
|
Dorivor amaliy qismi (0)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-a maliy mashg’ulot Mavzu
- Dars jarayonining mazmuni: Umumiy ma’lumot
- Mo‘jizaviy ichimlik ortiqcha toksinlarni chiqarib tashlaydi va organizmni tozalaydi. Hozir bu suvning bir necha foydali xususiyatlarini sanab o‘tamiz
Ishning bajarilishi:
Sassiq kovrakning poyasidan damlama tayyorlash uchun qaynab turgan 1 l suvga 2 osh qoshiq maydalangan va quritilgan poyasi solinadi va 15-20 minut davomida qaynatiladi. Erta bahorda sassiq kovrakning yosh o’simligini ildiz bo’ynidan kesib olib, yaxshilab yuviladi. Toza o’simlikni mayda to’go’rab, suyultirilgan qatiqqa aralashtiriladi va gijjasi bor bolalarga yediriladi. 15-amaliy mashg’ulot Mavzu: Aloedan foydalanish usullari Dars maqsadi: Talabalarning aloening dorivorlik xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Dars jarayonining mazmuni: Umumiy ma’lumot: Asli vatani Afrika bo‘lgan bu o‘simlik yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Hozir diyorimizda aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o‘simlik sifatida xonadonlarda o‘stiriladi. Ushbu o‘simlikning qariyb 180 turi ma’lum. Aloe bargidan olib quritiladigan shira-sabur sifatida, konservatsiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitni davolashda ishlatiladi. Xalq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarni, o‘pka silini va boshqalarni davolashda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko‘payishining oldini oluvchi modda bor. SHuning uchun ham uning bargidan ari chaqqanda, terini pichoq yoki boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini o‘rtasidan uzunasiga yorib, dardmand joyga qo‘yib bog‘lanadi. Arining zahrini ham ketkazadi. Tibbiyotda qo‘llash uchun aloening yangi yig‘ilgan bargidan shira olinadi va spirt bilan konservalanadi. SHira bakteritsid xususiyatiga ega bo‘lib, kuygan joyni, yuqumli va boshqa yaralarni hamda me’da va ichakning ba’zi kasalliklari (kolit, gastrit va h.k.) davolashda ishlatiladi. Aloening suvli ekstrakti immunostimullovchi xususiyatga ega bo‘lib, organizmni turli kasalliklardan himoya qiladi. SHuningdek, biogen stimulyatorlarga boy aloe barglaridan kanakunjut yog‘i hamda ekvalipt efir moyi qo‘shib, aloe emulsiyasi tayyorlanadi. Ushbu preparatlar organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. SHuning uchun aloe bargidan tayyorlangan stimulyatorli suyuq ekstrakt ko‘z kasalliklari (konyunktivit, ko‘z shishasimon tanachasining xiralashishi va h.k.)ni surunkali artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasini ham davolashda keng qo‘llaniladi. Aloe emulsiyasi teri kasalliklarini (quruq va ho‘l epidermit) hamda nur bilan davolash natijasida 2-3 darajali kuygan joylarni tuzatishda ishlatiladi. Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi shirasidan bachadon eroziyasi kasalligiga qarshi davolanadi. U nafaqat dorivor o‘simlik balki ishtaha ochuvchi hamdir O‘zbek urf-odatlarini oilaviy marosimlar, to‘y va tantanalar, nahorda tortiladigan oshsiz tasavvur qilish qiyin. Biroq xilma-xil taomlarning birin-ketin tortilishi hammaga ham yoqimli kelmasligi mumkin. Sababi, ko‘plab insonlar xilma-xil taomlarning hazm bo‘lmasligi va noto‘g‘ri ovqatlanishdan aziyat chekib, oshqozon og‘rig‘iga duchor bo‘lishlari mumkin. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yangicha ta’mdagi Aloe Health ichimligi o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan organizmda vujudga keladigan ayrim ko‘ngilsizliklarni oldini olishga yordam beradi. Ichimlik suvining sotuvga chiqarilayotganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa ham, Aloe Health ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olishga ulgurdi. Kompaniya mijozlar tomonidan bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Aloe Health – toza aloe vera o‘simligining sharbatidan tayyorlangan tabiiy ichimlik. Endilikda mazkur ichimlik nafaqat dasturxonimizga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki organizmingiz uchun bir necha foydali minerallarni ham ulashadi. Mo‘jizaviy ichimlik ortiqcha toksinlarni chiqarib tashlaydi va organizmni tozalaydi. Hozir bu suvning bir necha foydali xususiyatlarini sanab o‘tamiz: • Oshqozon-ichak trakti ishini yaxshilaydi; • Hazm qilish tizimini engillashtiradi; • Ortiqcha vazn yig‘ishga yo‘l qo‘ymaydi; • Diareya, qabziyat, gaz yig‘ilishi muammolarini bartaraf etadi; • Insonni tetiklashtiradi va yaxshi kayfiyat ulashadi. Download 105.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling