Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi


Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad


Download 17.79 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi17.79 Kb.
#1484017
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish

Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad.
- Tegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini oshirish;
- Universitet talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, ularning universitet doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlashni nazarda tutadi
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish.
- Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga ko‘maklashish.
Universitetda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish tamoyillari.
- O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va uzviy olib borilishi;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarning shakllantirilishi;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi (bakalavr, magistr);
- Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘quv dasturlari va o‘quv jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi;
- Ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo‘llaniladigan usul va shakllarni talabaning bilim darajasi (kursi)ga ko‘ra murakkablashtirib borish.
- Talabalarning Universitet doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etishi; 
- Talabalar ilmiy-ijodiy nashrlari.

Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling