Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi


Iqtidorli talabalarni tanlash tamoyillari


Download 17.79 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi17.79 Kb.
#1484017
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish

Iqtidorli talabalarni tanlash tamoyillari
Iqtidorli talabalarni izlash o‘qishning dastlabki kunlaridan va kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi.
Barcha fanlardan yuqori reyting ko‘rsatkichiga erishgan va maxsus dastur asosida o‘qishga xohishi bor talabalar maxsus (ixtisosliklar bo‘yicha) sinovlardan o‘tadilar.
Maxsus sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va o‘zlarining xohishlariga ko‘ra ilmiy ishlar bajarishga, chet tili, axborot texnologiyalari, fundamental va maxsus fanlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qishga moyilligi bor talabalar «Iqtidorli talaba» deb tan olinadi.
Iqtidorli talabalar quyidagi talablarga javob berishlari zarur:
• fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishi;
• chet tillaridan biri (bir nechtasi)ni puxta egallashi;
• yuqori darajadagi kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi;
mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohazalarni bildirish, amalda tadbiq etish xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• sohasi bo‘yicha mustaqil bilim olishga yo‘naltirilgan va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlari shakllangan bo‘lishi lozim.
Iqtidorli talaba o‘zining maxsus o‘quv va ijodiy ishlarini to‘la va belgilangan muddatlarda bajarishi, o‘qishda, ijodiy ishlarni bajarishda boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lishi zarur.
Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling