Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 32.62 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi32.62 Kb.
#1477205
Bog'liq
media texnalogiyalar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarorida bir qator vazifalar belgilangan bo‘lib, jumladan, akademik litseylarda ta’lim sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, ularni “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish vazifalari xam ko‘rsatilgan. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi va Qarshi davlat universiteti qoshidagi akademik litseyning Aniq fanlar kafedrasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yilning 24 fevral kuni Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Nodira Begmatova Qarshi davlat universiteti qoshidagi akademik litseyning Aniq fanlar yo‘nalishi 1-kurs 20-05-guruhida “Multimedia texnologiyasi-innovatsion texnologiya sifatida” mavzusida seminar tashkil etdi. Unda multimedia texnologiyasidan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari, multimediali ta’lim vositalari va ularni tayyorlash usullari, multimedia texnologiyasining an’anaviy uslublarga nisbatan afzalliklari, an’anaviy usulga nisbatan o‘rgatiladigan materiallarning hajmini ortishi, ta’lim oluvchining fikrlash qobiliyatini oshirishi, bir vaqtning o‘zida ham ko‘rish, ham eshitish orqali ta’lim materalini qabul qilish va didaktik materiallarni animatsiyalar orqali ko‘rsatish imkoniyati mavjudligi haqida ma’lumot berildi. Seminar davomida namoyish etilgan multimediali taqdimotlar o‘quvchi yoshlarda alohida taassurot qoldirdi. Akademik litsey o‘quvchilari ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologiyalar, jumladan, multimedia texnologiyasidan foydalanish afzalliklariga oid savollar berishdi. Tashkil etilayotgan bunday seminarlar litsey o‘quvchilari uchun axborot bilan ishlashning yangi usullarini o‘zlashtirish imkoniyati uchun o‘ziga xos zamin bo‘ladi.
Zamonaviy Axborot Texnologiyalarining asosiy jihatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qo‘lyozmalar yaratilganidan keyin, elektr telegrafi, so‘ngra esa telefon va radiotelefonning yuzaga kelishi axborot hamjamiyatining yaratilishi uchun ilk qadamlar sifatida qayd etilgan bo‘lsa,[1] televidenie, Internet, bundan keyin esa uyali aloqa va GPSning paydo bo‘lishi tasvir, matn va «simsiz aloqa» so‘zlarini o‘zaro bog‘lab berdi. 1971 yilda AT uchun ahamiyatli voqea ro‘y berdi – ikkita meynfreym o‘rtasida ilk elektron pochta xabari yuborildi.[2] Bugungi kunda Internet va televideniedan mobil telefonlarda ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunda telefondan kamera sifatida ham foydalansa bo‘ladi. 20 asrning so‘nggi o‘n yilligida informatika va telekommunikatsiyalarning birlashuvi komponentlarning kichrayib ketishiga olib keldi, bu holat 2000 yildan boshlab hamyonbop narxlarda «ko‘p funksiyali» qurilmalarni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib berdi. AKTdan foydalanish qamrovi, ayniqda boy mamlakatlarda yanada kengayib bormoqda, lekin diqqatni ijtimoiy va raqamli qoidabuzarliklarda jamlash, shuningdek avlodlar o‘rtasidagi uzilish kabi qaltisliklar doim mavjud bo‘lib kelmoqda. Insoniyat faoliyatining turli sohalarida, qishloq va o‘rmon xo‘jaligini boshqarishdan (o‘rmonni noqonuniy kesilishiga qarish kurashish uchun ularni chegaralash) boshlab atrof-muhitni yoxud biologik hilma-hillikni kompleks tarzda monitoring qilish (monitoring faoliyati), faol demokratiya, savdo-sotiq, telemeditsina, axborot, ma’lumotlar bazasini boshqarish, tarmoqlarni tashkil qilish, harbiy sohalarni avtomatlashtirish, nogironlarni qo‘llab-quvvatlash (ko‘zi ojizlar zamonaviy ovozli sintezatorlardan foydalanmoqdalar) va boshqa Axborot-Kommunikatsiya Texnologiyalari insonning hayotida va ijtimoiy faoliyatida o‘ziga xos o‘rin olishi shubhasiz. Axborot Texnologiyalari jiddiy tayyorgarlik, katta mablag‘ hamda murakkab ilmiy qurilmalar bo‘lishini talab etadi.[3] Axborot Texnologiyalarining joriy etilishi matematik va dasturiy ta’minotni yaratish, tizimlarda axborot oqimlarini shakllantirishdan hamda mutaxassislarini tayyorlashdan boshlanishi lozim. Zamonaviy Axborot Texnologiyalarining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
Download 32.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling