FOYDANING AHAMIYATI VA UNI KO'PAYTIRISH USULLARI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda firma faoliyatini baholov-chi va o'lchovchi muhim iqtisodiy ko'rsatkich
hisoblanadi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanishning asosiy maqsadlaridan biri—bu foyda olish ekanligini eslatishning o'zi
kifoya. Foydani tadbirkorning tavakkalchilik qilib, o'z mablag'ini ishga solgani uchun berilgan mukofot deb atash
mumkin. Ikkinchi tomondan, 'da korxonaning o'ziga xos "termometri" vazifasini o'taydi. Korxona katta miqdorda 'da
olyaptimi, demak, korxona "sog'lom", yaxshi ishlayapti. Korxona zarar ko'ryaptimi, demak, "ishlar chatoq". Uchinchi
tomondan, foyda nimani, qancha va qanday ishlab chiqarish kerakligini ham ko'rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
nima ko'proq foyda keltirsa, shu narsa ko'proq ishlab chiqariladi va aksincha. Iqtisodchilar biror sohani rivojlantirishga
mablag' sarflashni investitsiya qilish yoki sarmoyalash deb atashadi.
Iovestitsiya qilish (sarmoyalash) — mablag'ni ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflash.
Har bir firmaning maqsadi shunchaki foyda olish emas, balki imkoni boricha ko'proq foyda olish, ya'ni foydani
maksimallashtirishdan iborat. Foydani esa ikki xil usulda ko'paytirish mumkin. Birinchisi, yalpi daromadni ko'paytirish
evaziga, ikkinchisi esa umumiy xarajatni kamaytirish hisobiga.
Firmaning foydasi quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
— foydaning tegishli qismi davlatga soliq tariqasida majburiy ravishda to'lanadi;
— firma faoliyatini rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga, turli xil asbob-uskunalar sotib olishga, yangi
bino va inshootlar qurishga sarflanadi;
— foydaning qolgan qismi esa korxona egalarining foydasi sifatida o'zlashtiriladi, aksiyadorlarga dividend sifatida
taqsimlab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |