Firmaning ta'sis shartnomasi - firma ta'sischilari o'rtasida o'zaro faoliyat yuritish bo'yicha tuziladigan kelishuv hujjati.
Bilasizmi? Tadbirkorlik insonni nafaqat bandlik va daromad bilan, balki o'z kelajagini yaxshiroq boshqarish, ish va
shaxsiy hayotini yanada yaxlitroq uyg'unlashtirish, o'z ishini mustaqil tashkil etish, o'z qobiliyati va iste'dodini namoyon
qilish imkoniyati bilan ta'minlaydi.
FIRMANING TANIQLILIK BELGILARI
Firmaning nomi, tamg'asi yoki tovar belgisi uning taniqlilik belgilari hisoblanadi. Ularni tanlashda firmaning
o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Firmaning tamg'asi yoki tovar belgisi uning mahsulotlari boshqa firma
mahsulotlaridan ajralib turishi uchun xi/mat qiladi. Firmaning tovar belgisi iste'molchilar uchun ham qulaylik yaratadi.
Ular prslitaxtalardan, reklama va e'lonlardan u yoki bu firmaning mahsulotlarini tovar belgilariga qarab tezda ajratib
olishadi. Shuningdek, firma o'z nomi, tovar belgisini ham belgilangan i.mibda tegishli tashkilotlarda ro'yxatdan o'tkazishi
lozim. Chunki boshqa mavjud Imiialarning nomini qo'yish, tovar belgilaridan foydalanish dunyo bo'yicha taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |