Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

 

 


Iqtisod  9- sinflar 

MAVZU: Aksiyadorlar jamiyati 

Sana 

Ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarni tadbirkorlik haqidagi malaka va ko‘nikmalarini  hosil qilish. 

Tarbiyaviy  maqsadi: O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish. 

DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish 

Darsning uslibi: Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash. 

Darsning jixozi: Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar. 

Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni. 

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

Oilaviy "Ziyo-Ltd" aksiyadorlar jamiyati qiymati 1000 so'mdan bo'lgan 40000 dona aksiyasini sotib, ishlab chiqarish resurslari sotib oldi 

va mahsulot ishlab chiqara boshladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sotilgach, biryilda 10000 000 so'm sof foyda olindi. Firmaning aksiyadorlari yillik 

sof foydani taqsimlash masalasini muhokama qilishmoqda. Diloromning fikricha, foydaning hammasini dividend sifatida taqsimlash kerak. Dilshod 

ham shu fikrda. Botirning fikricha, foydaning yarmini ishlab chiqarishni kengaytirishga yo'naltirib, yarmini esa aksiyadorlar o'rtasida taqsimlash 

kerak. 

1. Sizningcha, kimning fikri ko'proq muhim deb o'ylaysiz? Nega? 

2. Foydaning hammasi taqsimlansa, jamiyat asosiy aksiyadorlarining har biri qanchadan dividend oladi? 

3 Har bir aksiya qanchadan dividend ko'rinishdagi daromadni olib keladi? 4. Bu korxona aksiyalarining bozor narxi haqida nima deya olasiz? 

AKSIYADORLAR JAMIYATINING TUZILISHI 

Mas'uliyati cheklangan firmalar yirik korxonalar miqyosida — aksiyadorlar jamiyati ko'rinishida tashkil qilinadi. Aksiyadorlar jamiyati 

boshlang'ich nizom jamg'armasi hajmiga teng miqdorda o'z aksiyalarini chiqaradi va sotadi. Bu aksiyani sotib olgan har bu kis hi jamiyatning 

aksiyadoriga aylanadi. Jamiyat aksiyadorga har yilgi foydasidan sotib Olgan aksiyasiga mos ravishda haq — dividend to'laydi. Aksiyadorlar 

jamiyatini chet ellarda  aksiyadorlar kompaniyasi yoki korporatsiyalar deb ham atashadi. Agar aksiyadorlar lanuvatining aksiyalari istalgan 

shaxsga sotilsa, bunday jamiyat ochiq turdagi aksiyadorlar famtyati deb, agar faqat oldindan belgilab qo'yilgan shaxslar guruhiga (masalan, 

jamiyatning ta'sisc iiilari yoki xodimlariga) sotilsa, u yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati deb ataladi. mrinchi aksiyadorlar jamiyati XVI asrda 

Niderlandiyada tashkil qilingan "Ostind" kompaniyasi bo'lib, u Hindiston bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. 

AKSIYANING NOMINAL QIYMATI VA KURSI 

Aksiya — qimmatli qog'oz bo'lib, uning ustiga bahosi — nominal qiymati yozib qo'yilgan bo'ladi. Aksiyani aksiyador boshqa kishiga sotishi yoki 

hadya qilishi mumkin. DOdatda, iksiyalar fond birjalarida sotiladi va sotib olinadi. Aksiyadan uning egasiga  kelayotgan laxomad dividendmng ko'p 

yoki kamligiga qarab, aksiyaning fond birjasidagi bozor 

I

.

IIM 

-

 

aksiyaning kursi o'zgarib turadi. Masalan, aksiyaning nominal qiymati 1000 somma 

bo'lgani holda, aksiya 1200 so'mga yoki 900 so'mga sotilishi mumkin. Bunday lOllarda, aksiyaning kursi oshganligi yoki tushga nligi haqida 

gapiriladi. Aksiya kursiningi Zgarishi, uning bozor narxi nominal qiymatiga nisbatan foiz miqdori bilan aniqlanadi. Yuqoridagi misolda, birihchi 

holatda aksiya kursi 120% ni, ikkinchi holatda esa 90% ni tashkil qilganinj ko'rish mumkin. 

Aksiyaning nominal qiymati _ 

a

ksiya ustiga yozib qo'yilgan baho. Aksiya kursi _ aksiyaning bozordagi narxi. Dividend _ aksiya egasining 

firma foydasidan oladigan ulushi. 

Mashqla.Abdullayev aksiyadorlar jamiyatining 16 ta oddiy aksiyasi sohibi. Yil yakuniga ko'ra jamiyat 2000000 so'm foyda ko'rdi va uning 

hammasini dividend sifatida taq-simlamoqchi. Agar jamiyatning jami 2000 dona oddiy aksiya sotgani ma'lum bo'lsa, Abdullayev aksiyalaridan 

qancha dividend oladi? 

AKSIYANING TURLARI 

Aksiyador sotib olgan aksiyalari soniga qarab, aksiyadorlar jamiyatini boshqarishda ovoz berish yo'li bilan qatnashishi mumkin. U qancha 

aksiya sotib olgan bo'lsa, aksiyadorlar jamiyati umumiy majlisida shuncha ovozga ega bo'lib, u yoki bu qarorni qabul qilishda , jamiyat rahbarlarini 

saylashda o'z ovozlari bilan ta'sir etishi mumkin. Shu sabab, aksiyadorda aksiya qancha ko'p bo'lsa, u korxonani boshqarish masalalariga shuncha 

ko'proq ta'sir o'tkaza oladi. Agar aksiyador aksiyalarning yarmidan ko'pini, ya'ni aksiyalar nazorat paketini qo'lga kiritsa, u korxonaning yakka 

xo'jayiniga aylanadi. ( luinki, aksiyadorlar umumiy majlisida har qanday qarorning qabul qilinishida uning likri — ovozi hal qiluvchi bo'lib qoladi. 

Aksiyalar ikki xil — oddiy va imtiyozli bo'ladi. Oddiy aksiyalar ulardan keladigan daromad — dividendni kafolatlamaydi. Imtiyozli 

aksiyalar esa ulardan keladigan har yilgi dividendni aksiya narxining ma'lum foizi miqdorida kafolatlaydi. Imtiyozh aksiya egasi aksiyadorlar 

jamiyatini boshqarishda qatnasha olmaydi, chunki u aksiyadorlar umumiy majlisida ovozga ega bo'lmaydi. Aksiyadorlar jamiyati faoliyati bilan 

bog'liq muhim masalalarni umumiy majlisda saylanadigan direktorlar kengashi hal qiladi. Jamiyatni boshqarish esa yollangan menejerlar 

tomonidan amalga oshiriladi. 

Buni vodda tutinag 

Aksiyadorlar jamiyati — nizom jamg'armasi aksiyalar sotishdan shakllanadigan, mas'uliyati cheklangan yirik firma. 

Aksiya — firma nizom jamg'rmasiga hissa qo'shilganini tasdiqlovchi va egasiga firma foydasidan ma'lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat — 

qimmatbaho qog'oz. 

Ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati _ aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan jamiyat. 

Yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati _ aksiyalari faqat oldindan belgilab qo'yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat. 

• Aksiyadorlar jamiyati — nizom jamg'armasi aksiyalarijsotishdan shakllanadigar mas'uliyati cheklangan yirik firma bo'lib, u ochiq yoki yopfe turda 

tashkil qilinadi. 

MUSTAHKAMLASH 

1. Aksiyadorlar jamiyatini to'la tavsiflab bering. 

2. Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyatlarining bir-biridan farqi nimada? 

3. Oddiy va imtiyozh aksiyalarning afzallik hamda kamchilik tomonlarini ayting. 

4. Aksiyadorlar jamiyatining mas'uliyati cheklangan sherikchilik firmasidan qanday afzalliklari va kamchiliklari bor? 

5. Hududingizdagi qanday aksiyadorlar jamiyatlarini bilasiz? 

6. Aksiyadorlar jarniyatining aksiyalarini davlat yoki chet el firmalari sotib olish munikinrni? 

7. Aksiyador jamiyatni boshqarishda qanday ta'sir ko'rsatishi mumkin? 

8. Aksiyadorlar jamiyatining katta foyda ko'rishidan kim ko'proqfmaiffaatdor: oddiy a egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi? 

9. Aksiyadorlar jamiyatining sinishidan kim ko'proq zarar ko'radi: oddiy aksiya egas yoki imtiyozli aksiya egasimi?  

Aktiv qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantiraman. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling