FIRMANING TA'SIS SHARTNOMASI
Ta'sis shartnomasi firma ta'sischilari ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat bo'lganda tuziladi. Firmaning ta'sis
shartnomasida firmani tashkil qilish, faoliyat yurgizish, firmani boshqarish tamoyili va mexanizmlari, nizom
jamg'armasining tarkibi va unga qo'shiladigan Ulushlar, firma foydasini ta'sischilar o'rtasida taqsimlash qoidalari,
firmaning ichki boshqaruv tuzilmalari, firma maqomini o'zgartirish va uni tugatish bilan bog'liq yo'l- yo‘riqlar va o'zaro
kelishuvlar o'z aksini topgan bo'lishi kerak. Bu hujjatlar tuman (shahar) hmkimligiga firmani davlat ro'yxatidan o'tkazish
uchun topshiriladi. Hokimlik topshirilgan hujjatlar asosida firma davlat ro'yxatiga olingani haqida qarorni qabul qiladi
va maxsus guvohnoma beradi. Bu qarorning chiqishi firma ochilganligidan dalolatdir. Endi bu qaror aosida 30 kun
ichida firma biror bankda o'z hisob raqamini ochishi, hisob raqamiga nizom jamg'armasida ko'zda tutilgan mablag'ni
qo'yib, o'z moliyaviy faoliyatini boshlashi imimkin. Shu bilan bir qatorda, firmani soliq inspeksiyasi va kelajakdagi
faoliyati bevosita bog'liq bo'ladigan tashkilotlar o'z ro'yxatiga kiritishi kerak. Firmaning o'z nomi, muhri va belgilari
bo'lib, ular davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida yuridik shaxs maqomi
beriladi. Firma nomi tushirilgan dumaloq va burchakli muhrlari, ish qog'ozlarini tayyorlatib, to'la ma'noda o'z faoliyatini
amalga oshirishga klrishadi. Firmaning pul bilan bog'liq barcha ishlari bank orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |