Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi
Firma faoliyatining samaradorligi
Download 437.92 Kb. Pdf ko'rish
|
9sinf kanspekti iqtisod yillik
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIRMANING SINISHI (BANKROTLIK)
- Bankrotlik
Firma faoliyatining samaradorligi - firmaning muayyan davrda olgan foydasi miqdorining shu davrda
sarflangan jami xarajatlari miqdoriga nisbati. Formula Firma faoliyatining samaradorligini aniqlash % 100 TC P R
P - foyda miqdori; TC - xarajatlar miqdori. Mashq ; Firma birinchi yilda 2000000 so'm xarajat qilib, 2500000 so'm daromad qildi. Ikkinchi yilda esa 2500000 so'm xarajat qilib, 3000000 so'm daromad qildi. Qaysi yili firma faoliyatining samaradorligi yuqori bo'lgan? FIRMANING SINISHI (BANKROTLIK) Shunday qilib, har bir tadbirkorning eng katta muammosi aylanma mablag'ning bir laromda aylanib turishini ta'minlashdan, imkon bo'lsa lining miqdorini ko'paytirish va aylanishini tezlatishdan iborat deyish mumkin. Lekin ko'p hollarda uzoqni ko'zlab ish itmaslik oqibatida korxona o'z aylanma mablag'idan ajralib qoladi. Bunday holatlarda keskin chora-tadbirlar ko'rilmasa, boshqa moliyaviy manbalar ishga solinmasa, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati to'xtab qolishi mumkin. Ma'lumki, korxona mahsulot ishlab chiqaradimi, yo'qrni, n ma'lum xarajatlar uchun mablablag' sarflashga majbur. Shu bois, korxonada ishlab chiqarish jarayonining to'xtashi, vaqt o'tgan sari uning qarzga botishiga olib keladi. Qarzlar o'sib shu darajaga boradiki, natijada korxona bu qarzlarni to'lash imkoniyatiga ega bo'lmay qoladi. Bunday holatlarda korxona bankrot ("sindi") deb e'lon qilinadi. Korxonaga tegishli mol- mulk sotuvga, odatda, moshdi savdosiga qo'yiladi. Sotishdan tushgan pullar davlal va boshqa firmalar oldidagi qarzlarni qoplashga ishlatiladi. Respublikamizda "Bankrotlik to'g'risida"gi qonun 1994- yilda qabul qilingan. Unda qarzlarini to'lashga qodir bo'lmagan korxonalarni "bankrot" deb e'lon qilish уо'1-yo'riqlari belgilangan. Korxonalar, firmalar ta'sischilar kengashi qaroriga ko'ra yoki bankrot deb e'lon qilingan taqdirda tugatilishi mumkin. Firmalarni tugatish firma nizomida va amaldagi qonunlarda ko'zda tutilgan уо'1-yo'riqlar asosida amalga oshiriladi. Korxona tugatilayotgan paytda, uning davlat va boshqa firmalar hamda tashkilotlar oldidagi qarzlari to'langandan so'ng, qolgan mol-mulk va pul mablag'lari ta'sischilar o'rtasida korxona nizomida ko'zda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Korxona shahar (tuman) hokimligi tomonidan tugatilishi haqidagi qaror chiqqandan keyingina tugatilgan hisoblanadi. Bankrotlik - firmaning boshqa firmalar va davlat oldidagi qarzlarni to'lay olmaslik holati. Download 437.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling