Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

 

Iqtisod  9-- sinflar 

SANA 

MAVZU:ISHLAB  CHIQARISH VA EKALOGIYA 

Ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarni Ishlab  chiqarish va ekalogiya haqidagi malaka va ko‘nikmalarini  hosil qilish. 

Tarbiyaviy  maqsadi: O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish. 

DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish 

Darsning uslibi: Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash. 

Darsning jixozi: Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar. 

Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni. 

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

1. Rasmda tasvirlangan zavod faoliyatining jamiyat va iqtisodiyotga j sinning ijobty va salbiy tomonlarini alohida-alohida ustun qilib yozing. 

2. Shuncha salbiy oqibatlari bo'lsa-da. zavodning faoliyat ko'rsatayotganini qanday izoh laysiz? 

3. Bu oqibatlarning kelib chiqishida kim aybdor deb o'yiaysiz? 

4. Bu oqibatlarning qay tarzda oidi olinishi mumkin? 

5. Turli ishlab chiqarish muassasalarining iqtisodiyotga, jamiyatga ko'rsatgan salbiy ta'sirining oldini olish uchun qilinadigan ishlarni 

iqtisodiyjihatdan tahlil qiling. Bu ta'sirning oldini olish ham qandaydir moliyaviy mablag' talab qilishini izohlab bering. 

6. Ishlab chiqarish va ekologiyaning bir-biriga ta'sirini yaqqol ko'rsatadigan yana qanday misollar keltira olasiz? 

EKOLOGIYA  Ekologiya insoniyatning uni o'rab turgan tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlari haqidagi fandir. U tabiatdagi resurslardan tejab-

tergab oqilona foydalanish, ularni avaylab asrash, qayta tiklash muammolarini o'rganadi. Ma'lumki, insoniyatning ehtiyojlari cheksiz bo'lib, 

odamlar ularni qondirish jarayonida tabiiy resurslardan foydalanadilar. 

EKOLOGIK MUAMMOLAR  Dastlabki paytlarda odamlarning bunday faoliyati natijasida tabiatdagi muvozanatning buzilishi, unga yetkazilgan 

ziyonni tabiat qoplashga, o'rnini qaytadan tiklashga, asosan, muvaffaq bo'lgan. 

-cyingi yuz yilliklarga kelib, insoniyatning tabiatdagi jarayonlarga aralashuvi, tabiiy slardan foydalanish miqyosi mislsiz darajaga borib yetdi va 

tabiat o'zini o'zi tiklay у qoldi. Bugungi kunda odamzod tabiatni himoya qilish, resurslardan tejab-tergab ilanish va ularni qayta tiklash kabi 

quyidagi dolzarb ekologik muammolarga duch qoldi: havoning zaharlanishi; daryo va suv havzalarining ifloslanishi; tuproq tarkibining o'zgarishi 

va yerlarning sho'rlanib borishi; -  ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining kamayib borishi; atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi; 

inson salomatligiga zarar yetkazadigan shovqinli texnika moslamalarining ab ishlatilishi. 

 Bilasizmi? Olimlarning fikricha, sanoatda, sovitish qurilmalarida ishlatiladigan freon gazi bizni quyosh nuri radiatsiyasidan himoya qiluvchi 

atmosferaning ozon qatlamini yemirib noqda. Agar ahvol shu tariqa davom etaversa, yaqin kelajakda Yer atmosferasi hrati ko'tarilib, tabiatdagi 

muvozanat buzilishi, quruqlikning ko'p qismi suv ostida qolihi taxmin qilinmoqda. 

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH  Tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan, asosan, davlat nazorat organlari shug'ullanadi. Har davlatda 

atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan turli xil chora-tadbirlar ko'riladi,qonunlar qabul qilinadi. Masalan, zavod va fabrika mo'rilariga turli xil 

zaharli moddalarni ushlab qoladigan, havoni tozalaydigan moslamalar o'rnatish, oqova suvlarni daryolarga oqizishni taqiqlash kabi chora-tadbirlar 

amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari bilan bir  qatorda, nodavlat, jamoat tashkilotlari ham borki, ular nafaqat bir mamlakat hududida, butun 

dunyoda atrofmuhit muhofazasi muammolari bilan shug'ullanadi. Masalan, ―Green ptace‖ xalqaro jamiyati, "Ekosan" xalqaro ekologiya va 

salomatlik jamg'armasi shular jumlasidandir. "Ekosan" jamg'armasi respublikamiz va umuman butun Markaziy mintaqasida ekologik holatni 

sog'lomlashtirishga, atrofmuhitni muhofaza qilishga, aholoning salomatligini himoya qilishga qaratilgan qator amaliy ishlarni bajarib kelmoqda. in 

bilan birga, atrofmuhit muhofazasi — har bir fuqaroning burchi hisoblanadi Buning uchun har birimiz kundalik turmushimizda orasta yurish, o'zimiz 

yashayotgan joyni ozodz tutish kabi oddiy qoidalarga rioya qilishimiz zarur. 

Topshiriq  Ekologik muammolarni bartaraf etishga xizrnat qiladigan xalqaro tashkilotlar haqida umot yig'ing. Ularning ekologik muammolarni 

bartaraf etish faoliyatini tahhl qiling. ashkilotlarga davlatlarning munosabati haqida gapirib bering. 

Bundan yarim asr oldin Orol dengizi chuqurligi 67 metr, shimoldan janubga 400 kilometrga cho'zilgan ajoyib dengiz edi. Dengizda o'nlab turdagi 

baliqlar bo'lib, dengiz bo'yidagi Mo'ynoq shahrida baliqdan konserva tayyorlaydigan zavod qurilgandi. Dengiz atrofidagi chakalakzorlar va 

to'qaylarda jayronlar, tulkilar, quyonlar, o'rdaklar va boshqa turli-tuman parrandalar, hayvonlar yashagan. Orol va Orolbo'yi hududining 

iqtisodiyotdagi ahamiyati ham katta bo'lgan. Baliqchilik katta daromad keltirib turgan, dengiz va uning atrofida yashaydigan hayvon va 

parrandalardan oziq-ovqat mahsulotlari va mo'ynalar tayyorlangan. Shuningdek, dengiz atrofidagi maydonlarda chorva mollari boqilgan, serhosil 

yerlarda esa dehqonchilik rivojlangan. 

Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori kamayib, dengiz hozirgi kunda ikki kichkina ko'lga bo'linib ketgan. Dengizdagi suvning kamayishi hisobiga 

suvning sho'riik darajasi 3 baravar oshdi. 

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

1. Orol muammosining paydo bo'lishiga nimalar sabab bo'lgan deb o'ylaysiz? 

2. Orol muammosi respublikamiz iqtisodiyotining qaysi sohalariga salbiy ta'sir ko'rsatdi? 

3. Orol muammosining inson iqtisodiy faoliyati natijasi sifatidagi muqobil qiymatini baholang. Bu muammo nimaning evaziga paydo bo'ldi? 

Topshiriq Orol dengizi haqidagi ma'lumotlarni taqqoslang. Orol muammosi mavzusiga oid referat tayyorlang va undagi ma'lumotlarni 

sinfdoshlaringiz bilan o'rtoqlashing. Vustahkamlash uchun topshiriq 

1. Tumaningizda mavjud ekologik muammolarni aniqlab, ular haqida qisqa referat yozing. Bu muammolarning kelib chiqish sababla rini toping va 

uni oldini olish yo'l-yo'riqlarini taklif qiling. Bu muammolarni bartaraf qilishda siz va tengdoshlaringiz qanday hissa qo'shishi mumkinligini 

aniqlang. 

2. "Orol muammosi va uni hal qilish yo'llari" mavzusida kichik loyiha tuzing va uni sinfda himoya qiling. 

Auof-muhitni himoya qilish bilan nega, asosan, davlat shug'ullanadi?  

Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlat qanday vositalardan foydalanadi?  

Atrof-muhitni muhofaza qilish ishida siz qaysi xatti-harakatlaringiz bilan hissa qo'shishingiz mumkin? 

Buni yodda tuting! 

• Barcha ekologik muammolar, asosan, inson iqtisodiy faoliyatining mahsuli lisoblanadi. 

• Iqtisodiyot va ekologiya orasidagi ziddiyatni yumshatish va atrof-muhit muhofazasi lavlat zimmasiga yuklatilgan. 

• Atrof-muhit muhofazasi har birimizning muqaddas burchimiz bo'lishi lozim. 

 

Aktiv qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantiraman. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling