Jahon iqtisodiyoti muammolari - jahon iqtisodiyoti keltirib chiqargan, har bir davlat iqtisodiyotiga taalluqli, faqat birgalashib
hamkorlikda yechilishi mumkin boMgan muammolar.
Yer yuzasida tinchlikni saqlash: Shunday iqtisodiy muammolar borki, ular barcha davlatlarga tegishli. Yer yuzida tinchlikni saqlash
insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biridir. Bir qarashda siyosiy masaladek bo‗lib ko‗ringan bu muammo, bevosita
iqtisodiyot bilan ham bog‗liqdir. Insoniyat tarixi shundan dalolat berlb turibdiki, har qanday urush jahon xalqlarining yillar, asrlar
davomida yaratgan iqtisodiy ne‘matlarini bir zumda yakson qiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojini esa o‗nlab, yuzlab yillar orqaga
suradi. Hozirda, Yer yuzida har kuni 3 milliard dollar mablag‗ harbiy maqsadlar uchun sarflanmoqda. Ayni shu kunlarda esa,
dunyoning turli burchaklarida har sakkiz kishidan biri och-nahor kun kechirmoqda. Insoniyat insofga kelib, harbiy xarajatlami
tinchlik maqsadlarida ishlatsa, bundan hamma manfaatdorbo‗lishi mumkinligiga hech kim shubha qilmasa kerak. Afsuski,
muammoning yechimi bunchalik sodda emas. Bu masalada harbiy xarajatlarga juda kam mablag‗ sarflab, iqtisodiy rivojlanishda
oldingi o‗rinlarga chiqib olgan Yaponiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi davlatlar yo‗lidan borish yagona yechim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |