Iqtisod-moliya
Download 248.29 Kb.
|
Iqtisod-moliya-fayllar.org
Harakatli o‘yinlar. O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari haqida olim- lardan M.Murodov, T.S.Usmonxo‘jayev, F.Xo‘jayev va boshqalar fikr-mulo- hazalar bildirishgan. Mutaxassis-olimlar ularning e’tirof etishicha, harakatli o‘yinlar mavsum, mehnat, ijtimoiy-madaniy turmush, jangovarlik va boshqa sohalarga qaratilib, asosan insonning jismoniy rivojlanish hamda chiniqishini ta’minlaydi. T.S.Usmonxo‘jayev, F.X. Xo‘jayevlarning “Harakatli o‘yinlar”, “1001 o‘yin” (1991) va boshqa kitoblarida milliy harakatli o‘yinlar o‘z ifodasini top-ganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Xalq harakatli o‘yinlarining ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyaviy aha- miyati va undagi o‘ziga xos pedagogik xususiyatlar haqida F.N.Nasriddinov, J.T.Toshpo‘latov, A.Q.Atoyev va boshqa juda ko‘p taniqli olimlar hamda yosh ijodkor mutaxassislar o‘z mulohazalarini izhor etishgan. Bunday mu- nosabatlar R.Abdumalikov, R.Q.Qudratov, K.D.Yarashevlarining “Ko‘pkari” ilmiy-ommabop risolasida (1997) atroflicha bayon etilganligi e’tiborga lo- yiqdir. Umumta’lim maktablar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari va hatto bolalar bog‘chalarining “Jismoniy tarbiya” dasturlariga ba’zi bir milliy harakatli o‘yinlar kiritilgan. Bu o‘yinlar orqali bolalar, o‘quvchi-yoshlar va talabalarga milliy qadriyatlarimiz mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimiz boyligi va eng muhimi, milliy g‘urur, iftixor his-tuyg‘ularini singdirib borishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu asosda xalq milliy o‘yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari va mohiyatlari amalda o‘z ifodasini topmoqda. Ba’zi bir harakatli o‘yinlar haqida qisqacha ma’lumotlar berish zarur.
Bu o‘yin, asosan keng maydon, futbol maydoni va dalalarda o‘ynaladi. O‘yindagi xatti-harakatlar, asosan tez yugurish, burilib, qochish, raqiblar ustidan (yiqilsa) sakrab o‘tish, to‘p bo‘lib suyakni bosib yotganda undan chiqa olish (chidash) kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiladi. Download 248.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling