Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqlardan foydalanish metodi
- Aytsang
Mashq
- inson oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish, ijobiy natijaga ega bo‘lish uchun qilingan mashaqqatli mehnat hamdir. Mashq - o‘zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, mahoratni oshirish maqsadida harakatlarni og‘zaki va yozma, amaliy ravishda takror va takror amalga oshirishdir. Mashqlardan foydalanish metodi – fanni o‘rganish, malaka, ko‘nikmalar hosil qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish, takrorlash va sinab ko‘rishni o‘rganishga qaratilgan metod. Mashq qilish buyuk Xitoy faylasufi Konfutsiyning “Aytsang, unutaman! Ko‘rsatsang, eslab qolaman! O‘zim bajarsam, anglab etaman!” degan o‘giti, “Takrorlash – bilimning onasidir” degan xalqimiz naqlini ifodalaydi. Mashq qilmay o‘quv va amaliy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lib bo‘lmaydi. Chunki, аynаn mаshq оrqаliginа 158 ko‘nikmа, mаlаkа, mаhоrаt shаkllаnаdi. Ular yordamida nazariya amaliyot bilan bog‘lanadi. Fanni nazariy jihatdan o‘rganayotganda a) formulani tahlil qilish bilan bog‘liq; b) iqtisodiy kategoriya, qonun-qoidalarni tahlil qilish; d) axborot, raqamlar, faktlarda ifodalangan ma’lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan mashqlardan foydalanish mumkin. Mashqlar sxema, grafiklarga asoslangan bo‘lishi, keng ravishda jadval ma’lumotlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. Ular orqali u yoki bu kategoriya, tushnchani o‘zlashtirish oson bo‘ladi. Mashqlar masaladan farqli ravishda barcha fanlarni o‘rganishda o‘quv jarayonining turli bosqichlarida qo‘llaniladi. Ularni qo‘llash metodikasi o‘quv predmetini o‘ziga xos xususiyatlariga, o‘rganiladigan masalalar, mavjud materialga o‘quvchi-talabalarning yoshiga bog‘liq. Mashqlarni ularni bajarishdan qo‘yilgan maqsadga ko‘ra: maxsus, avval bajarilganlarini yodga tushiruvchi, o‘qish, o‘rganish jarayonini faollashtiruvchi mashqlarga bo‘lish mumkin. Mashqlarni bajarishga ko‘ra esa: amaliy, og‘zaki va yozma mashqlarga bo‘lish mumkin. Mashqlar oqzakimi, yozmami yoki amaliy bo‘lishidan qat’iy nazar aqliy va amaliy ish bajariladi Og‘zaki mashqlar mantiqiy fiklash, xotira, diqqat va nutq ravonli- gini rivojlantirishga olib keladi. Ular dinamikligi bilan ajralib turadi, yozish uchun vaqt sarflanmaydi. Xullas masala, mashqlar, bir tomondan sinalgan, qadimiy dars o‘tish uslubi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, imkoniyatlari nihoyatda ko‘pligi tufayli eskirmaydigan, doimo zamonaviy, uchinchidan, universal, barcha iqtisodiy fanlarni o‘rganishda qo‘llash mumkin bo‘lgan metoddir. Masalalarning muntazam yechib turilishi, mashq bajarish hamda uni muhokama qilish, talabalarning olgan bilimini uzluksiz nazorat qilish, tushunmagan kategoriyalarni tushnib olish imkoniyatini beradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling