Iqtisod-moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. Dars o‘tishda auditoriya oldiga savol qo‘yishning qanday ahamiyati bor? Savol-javob eng ko‘hna, keng tarqalgan va hech eskirmaydigan metod deb ayta olamizmi? 2. Nima sababdan har qanday bilish faoliyatining asosida savol yotadi, deymiz? 3. Suhbat metodi qanday metod, u aniq yo‘naltirilgan savollar metodidan nimasi bilan farqlanadi? 4. Juftlik va kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tish qaysi jihatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi? 5. Talabalarning samarali ishlashi uchun kichik guruhlarda qanday qoidalarga amal qilish kerak? 6. Dars o‘tish metodlari orasida modellashtiruvchi o‘yin metodi, sizningcha, qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? 7. Siz loyiha taqdimotida nimalarga ahamiyat bergan bo‘lardingiz? Loyiha uchun berilgan baholash mezonlari sizni qoniqtiradimi, yana nimalarni qo‘shish mumkin? 8. Iqtisodiy fanlardan dars o‘tganda “case stady method”ini qo‘llashning imkoni ham, ahamiyati ham katta degan fikr to‘g‘rimi? 9. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda masala, mashq yechish nima sababdan asosiy o‘rinda turadi? 10. Kitob bilan mustaqil ishlashni bilish qanday ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz? Siz o‘zingiz adabiyotlar bilan qanday ishlaysiz? 166 IV BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISHNING KO‘RGAZMALI, TEXNIK VA INFORMATSION TA’MINOTI Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda dars o‘tish metodlarigina emas, dars jarayonida foydalaniladigan namoyish etiluvchi va tarqatma materiallardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir insonning o‘ziga xos xislati axborot qabul qilishda ham namoyon bo‘ladi. O‘quvchi-talabalarni chuqur bilim olishlari uchun axborotlarni turli tarzda berish muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o‘tishda qanday ta’lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa texnik vositalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchi-talabalarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o‘zlash- tirishga katta yordam beradi. Navbatdagi bob ana shu masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling