Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodir bo‘lish, takrorlanish darajasiga (chastotasi) ko‘ra taqqoslash
- Korrelyasion taqqoslash
- TAQQOSLASH TIPLARI
Vaqtga ko‘ra taqqoslash
. Bunday taqqoslash eng ko‘p tarqalgan, qo‘llaniladigan taqqoslash bo‘lib, diqqat o‘rganilayotgan obyektning vaqt davomida o‘zgarishiga qaratidadi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar hafta, oy, kvartal, yil davomida qanday o‘zgarishini: o‘sadimi, pasayadimi, tebranadimi, o‘zgarmay qoladimi, ko‘rsatiladi. Unda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar; o‘sgan, pasaygan, o‘zgarmay qolgan, atrofida kabilar. 4. Sodir bo‘lish, takrorlanish darajasiga (chastotasi) ko‘ra taqqoslash . Bunday taqqoslashda qanday miqdordagi obyektlar taqqoslanishini aniqlanadi. Misol, qancha ishchilar150-200 ming so‘mdan kam ish haqi oladi yoki aholining qanday qismi 5-10 yoshgacha, qanday qismi 15- 20 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil etadi va hokazo. Eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar; …dan … gacha, diapazon, konsentratsiya, farqi kabilar. 5. Korrelyasion taqqoslash . U ikki o‘zgaruvchi o‘rtasida bog‘liqlik bormi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, sotish hajmining ortishi foydaning ko‘payishiga olib keladi yoki skidkalar belgilanishi sotish hajmini ko‘paytiradi. Tahlilda ishlatiladigan so‘zlar: natija ko‘rsatadiki, … bo‘lganda … o‘zgaradi va boshqalar. Uchinchi qadam, diagramma tipini aniqlash. Har qanday axborotni yuqorida ko‘rsatilganidek, 5 turdagi diagrammadan birortasi yoki biron tarzdagi interpretatsiyasi orqali ifodalash mumkin. TAQQOSLASH TIPLARI Komponentli Pozitsion Vaqtgа кўра Diapazon Korelyatsion DIAGR
MAN ING AS
Y
L
Nu
tali
fik
is
g ra
m a
irav iy
iz
li 177 Diagrammalardan qaysi birini tanlashni quyidagi matritsa asosida ko‘rib chiqishimiz mumkin. Uning vertikali bo‘yicha asosiy 5 tipdagi diagrammalar, gorizontal bo‘yicha 5 tipdagi taqqoslash keltirilgan. Vaqtga ko‘ra, chastotali, korrelyatsion taqqoslashda asosan ikki tipdagi diagrammadan foydalanamiz. Ular aks ettirilgan axborot hajmi bilan farqlanadi. Agarda axborot oz (olti yoki yetti) bo‘lsa yaxshisi gistogrammada, agarda ko‘proq bo‘lsa grafikda ifodalagan ma’qul. Korrelyasion taqqoslashda esa kamroq axborot taqqoslansa chiziqli diagramma, ko‘proq bo‘lsa nuqtali diagrammani qo‘llagan ma’qul. Lekin qachon, qanday tipdagi diagrammadan foydalanish bu qabul qilingan qoida emas. Har bir kishi qo‘yilgan maqsad, vazifadan kelib chiqib, diagrammaning asosiy tiplari va uning turli variantlaridan foydalanishi mumkin. O‘qituvchi biror-bir mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurol tayyorlar ekan, o‘quvchi-talabalar mavzuning mazmunini tushunib yetishlari uchun uni qanday tasvirlashni ko‘rib chiqadi. Masalan, iqtisodiyotni o‘rganishda sarf-xarajatlarni, ularni o‘zgarishini o‘rganish o‘ta muhim. Umumiy xarajatlar, doimiy xarajatlar, o‘zgaruvchi xarajatlar, me’yoriy xarajatlar, umumiy tushum, xarajatlarni qoplash nuqtasi, yalpi foyda va boshqalarni og‘zaki gapirib o‘tgandan mana bunday chizmani slayd qilib tayyorlab, foydalanish talabalarning mavzuning mohiyatiga tushunishi hamda yodida qolishiga yordam beradi. Ko‘p miqdorda raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni, taqqoslanishi lozim bo‘lgan har xil qarashlarni turlicha jadvallarda bergan ma’qul. Ularni tushunish, tahlil qilish osonlashadi. Bularni avvalgi boblarda ko‘rib o‘tganmiz. Agarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ulushini yoki tarkibini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, doira shaklidagi diagrammalardan foydalangan ma’qul. Masalan, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi yoki mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi, korxonaning asosiy kapitali tarkibi va hokazo. Chunki bunday diagrammada bu ko‘rsatkichlarning salmog‘i aniq ko‘rinadi. Ularni taqqoslash, xulosa chiqarish oson bo‘ladi. 178 Agarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar taqqoslanishi kerak bo‘lsa, ustun tarzidagi diagramma yoki grafik tarzda tasvirlagan ma’qul. Chunki bunday shaklda ko‘rsatkichlarni taqqoslash qulay, ularni qay darajada farqlanishi yaqqol ko‘rinib turadi. Ayniqsa, POWER POINT, Microsoft Office Excel dasturlari mehnatni ancha yengillashtiradi va ularni nihoyatda turli-tuman tarzda tasvirlash imkonini beradi. Dasturdan foydalanilganda o‘quvchi-talabalar diqqatini mavzuga qaratish uchun turlicha dizayndan foydalanish mumkin. Slaydlarda mavzuning nomi, rejasi, o‘rganiladigan asosiy tushunchalar, ularni tushunish uchun zarur bo‘lgan tasvirlar, jadval, grafik, diagramma va boshqalarni berish mumkin. Muhim afzalligi ularni rang tasvirda berish imkoniyati katta. Slaydlarni tayyorlashda shriftlarga, ularning katta-kichikligiga, ranglarning didaktik funksiyasiga, ularning ishlatilishiga, matn beriladigan fon, unda qanday tasvirlardan foydalanishga, ularni o‘quvchi-talabalar kayfiyatiga qanday ta’sir qilishiga, ishlanish usullariga, mantiqiy xarakteriga mosligiga ham ahamiyat berish zarur. O‘qituvchi tarqatma materiallar tayyorlayotganda, ma’lum qoidalarga rioya qilishi lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling