diagramma va grafiklarni qo‘llash metodiga
mashhur iqtisodchi Alfred Marshall
asos solgan. Yaxshi o‘ylangan
va to‘g‘ri tanlangan diagramma jadvallarga qaraganda axborotni aniq
yetkazish va tezroq o‘zlashtirishga katta yordam beradi. Ular yordamida
o‘quvchi talabalar diqqati o‘rganilayotgan masalaga jalb qilinadi va shu
bilan birga ularni ham kelgusida o‘z fikrlarini turli diagrammalar
yordamida tushunarli, esda qoladigan darajada bayon qilish ko‘nikmalari
hosil qilinadi. Odatda fikrlarni bayon qilishda asosan 5 tipdagi
diagrammalar ishlatiladi.
79
Ular quyidagilar:
U yoki bu axborotni diagramma orqali yetkazishni maqsad qilib
qo‘yar ekanmiz, uni to‘g‘ri tanlash uchun birinchi navbatda tinglovchiga
qanday fikrni yetkazmoqchimiz, diqqat qaratishimiz kerak.
Birinchi qadam, g‘oyani shakllantirish kerak, ya’ni raqamlar,
ma’lumotlardan g‘oyaga;
Ikkinchi qadam, raqamlar, ma’lumotlarni taqqoslash tipini aniqlash
darkor, ularning besh xili mavjud: ulushli (komponentli), pozitsion, vaqt,
chastotali, korrelyasion.
80
1.
Komponentli taqqoslash
. U butunning, 100 foizning ulushlari.
Bunda biz har bir komponentning butunga nisbatan ulushlarini
ko‘rsatamiz. Taqqoslashda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar; ulushi,
jamiga nisbatan, tashkil etadi.
2.
Pozitsion taqqoslash
. O‘rganilayotgan obyektlarning tutgan
o‘rni. Bunda o‘rganilayotgan obyektlar bir-biriga nisbatan qanday o‘rin
tutadi, ular tengmi, o‘zaro yoki boshqalarga nisbatan kattami yoki
kichikmi, ko‘pmi, ozmi va shunga o‘xshash, ko‘rsatiladi. Eng ko‘p
ishlatiladigan so‘zlar; nisbatan ko‘p, nisbatan kam, teng kabilar.
79
Джин Желязны. Говори на языке диаграмм. Пособие по визуальным коммуникациям для
руководителей (Перевод с английского) Институт комплексных стратегических исследований. М., 2004. C.
29.
80
Tojiboeva D., Yo‘ldoshev A. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Darslik. T.: Aloqachi, 2009. 399-402 b.
Chiziqli diagramma
Nuqtali diagramma
Grafik
Gistogramma
Doiraviy
diagramma
176
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |