180
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani,
mavzuni yoritishga
qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga
oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni
tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon,
radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, videomagnitofon,
kompyuter kabilarga bo‘lish mumkin.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar
ta’lim vositalari deb ataladi.
Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi.
Real ta’lim vositalari
odatda, iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha ta’lim
olish
jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o‘quv
materiallari juda keng qo‘llaniladi.
Tа’limning texnik vositalari (TTV) –
o‘quv materialini
ko‘gazmali namoyish etishga, uni tizimli
yetkazib berishga yordam
beradi; talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab
qolishlariga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: